‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Rahbar va pedagog kadrlarmi qayta tayyorlash



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Rahbar va pedagog kadrlarmi qayta tayyorlash 
bo‘sh (yoki 
yangi tayinlangan) lavozimni egallash va mutaxassislikning malaka 
tasnifiga muvofiq keyinchalik professional faoliyatning yangi turini 
bajarish maqsadida yangi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni 
o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.
Tegishli lavozimga tayinlash uchun zaxiraga olingan yoki 
mazkur lavozimni egallaganiga 3 yildan oshmagan ta’limning rahbar 
va mutaxassis xodimlari qayta tayyorlov kurslariga majburiy tarzda 
jalb etiladilar. Xodimning lavozimga tayinlangan muddatidan kelib 
chiqib, qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi 2 oydan 4 oygacha 
etib belgilanishi mumkin. Zaxiradagi va tayinlanganiga bir yildan 
oshmagan xodimlar uchun qayta tayyorlash kursining davomiyligi 4 
oy (576 soat), tayinlanganiga 2 yildan oshmaganlar uchun - 3 oy (432 
soat) va 3 yildan oshmaganlar uchun - 2 oyni (288 soatni) tashkil 
etadi. Bajaradigan vazifaiari va lavozim tavsiflaridan kelib chiqib 
ayrim lavozimlarga qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi 4 
oydan ortiq etib belgilanishi ham mumkin.
Rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta
tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar
61


Malaka oshirish va qayta tayyorlash sifati rahbar va pedagog 
kadrlar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ulardagi bilim va 
amaliy mahoratning mazkur kadrlarga qo‘yiladigan malaka 
talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’limi mazkur Davlat 
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan na’munaviy (tayanch) o‘quv 
rejalar va dasturlar asosida tashkil etiladi. Malaka oshirish va qayta 
tayyorlash kurslaridagi о‘quv jarayoni na’munaviy (tayanch) о‘quv 
rejalar va dasturlar asosida ishlab chiqilgan maqsadli ishchi o‘quv 
rejalari va ishchi dasturlari asosida amalga oshiriladi. Malaka oshirish 
kurslaridan o‘tishning davriyligi taiim muassasalarining rahbar 
kadrlari uchun 3 yilda kamida bir martani, pedagog kadrlari uchun 
esa 4 yilda kamida bir martani tashkil qiladi.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash mazmuni va sifatiga 
qo‘yiladigan talablar tegishli taiim dasturlari bilan belgilanadi. 
Quyidagilar malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha 
ta ’lim
dasturlari mazmuniga qo ‘yiladigan bazaviy talablar
hisoblanadi:
- kasblar va lavozimlarga boigan kasbiy malaka talablariga 
muvofiqlik;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining 
asosiy yo‘nalishlarini bilishga qaratilganlik;
- qayta tayyorlash va malaka oshirishga jamiyat buyurtmasi va 
shaxs ehtiyojining uyg‘unligi;
- ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha davlat talablari (davlat 
taiim standartlari)ning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga 
qaratilganlik;
- tinglovchilaming kasbiy bilimlarini yangilash va chuqur- 
lashtirishga qaratilganlik;
- yangi, qo‘shimcha kasbiy malaka va ko‘nikmalami hosil qilish 
va takomillashtirishga qaratilganlik;
- ta’lim-tarbiyaning samarali usullari, texnologiyalarini egallash, 
takomillashtirishga qaratilganlik;
- zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishni 
nazarda tutish;
62


-
davlat talablari hajm va mazmunining qayta tayyorlash va 
malaka oshirish muddatlariga muvofiqligi.
Malaka oshirish (qayta tayyorlash) bo‘yicha ta’lim dasturlari 
tegishli bazaviy maqsadlar va malakaviy (bitiruv) ishlar mazmuni 
bilan tugallanadi.
0 ‘quv yuklamasining hajmi
Rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
shakllarining umumiy davom etish muddati, asosiy ishdan ajralgan 
holda o‘qitishda, kamida 144 soat etib belgilanadi.
Malaka oshirishning bevosita shakllarinmg davriyligi rahbar va 
pedagog kadrlar uchun 3 yilda kamida bir marta etib belgilanadi.
Kursning maqsadi va vazifaiari, shuningdek tinglovchilarning 
malaka saviyalaridan kelib chiqib, qayta tayyorlash kurslarining 
davomiyligi 2 oy (288 soat)dan 4 oy(576 soat)gacha etib belgilanishi 
mumkin. Bajaradigan vazifaiari va lavozim tavsiflaridan kelib chiqib 
ayrim Javozimlarga qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi 4 
oydan ortiq etib belgilanishi ham mumkin. Malaka oshirish va qayta 
tayyorlashning 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
shakllari 
uchun 
о‘quv 
yuklamasining eng ko‘p hajmi haftasiga 36 (54 akademik) soatni, 
auditoriya mashg‘ulotlarining eng ko‘p hajmi har haftada 24 (36 
akademik) soatni tashkil qiladi.
Rahbar va pedagog kadrlari malakasini 
oshirish va qayta 
tayyorlash ta’limi mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan talablar 
majmuasi ta’lim oluvchilar (tinglovchilar) tayyorgarligining yetarli, 
minimal zarur saviyasini belgilab beradi. Uning mazmuni ta’lim 
tizimiga "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun, "Kadrlar Tayyorlash Milliy 
Dasturi", jamiyat va davlatning davr talabiga mos taraqqiyoti 
shakllantirayotgan ijtimoiy buyurtmasi bilan belgilanadi va malaka 
oshirish tizimiga kiruvchi ta’lim 
muassasalari tomonidan 
kafolatlanadi.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga kiruvchi ta’lim 
muassasalaridagi o‘quv-tarbiya ishlari malaka oshirish va qayta 
tayyorlash ta’limining namunaviy (tayanch) o‘quv rejalari va 
dasturlari asosida amalga oshiriladi. Mazkur talablar о‘quv fanlari 
(modullari) ro‘yxatini, malaka oshirish va qayta tayyorlash
63


ta’limining minimal mazmunini, na’munaviy (tayanch) o‘quv rejasi 
vositasida o‘qish davri davomiyligini belgilab beradi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin