‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Mustaqil izlanuvchi 
- OTM yoki ITMga mustaqil izla- 
nuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
Izlanuvchi 
- falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy 
darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan 
shaxs.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qitish qo‘yila- 
digan umumiy talablar va shakllarda amalga oshiriladi:
tayanch doktorantura;
doktorantura;
mustaqil izlanuvchilik.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlarida o‘qish uch 
yilgacha davom etadi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutini tashkil etish va 
faoliyat ko‘rsatishi uchun OTM va ITMlar doimiy faoliyat ko'rsata- 
digan muvofiqlashtiruvchi-kollegial organga (ilmiy kengash, ken­
gash, ilmiy-texnikaviy kengash, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash 
va bopsha shakllarda) (keyingi o‘rinlarda Kollegial organ deb ataladi) 
ega boiishi lozim.
7. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
ta’lim tizimi
Mutaxassislaming kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash 
va chuqurlashtirish, ulami zamon talablariga javob bera oladigan 
qilib qayta tayyorlash.
Mutaxassislaming malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash 
universitetlarida malaka oshirish institutlarida va professional qayta 
tayyorlash huquqiga ega boigan o‘quv markazlarida amalga oshiria- 
di. Bu muassasa tinglovchilari o‘qish natijalariga ko‘ra davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga 
ega boladilar.
Malaka oshirish va qayta tayyorlashdagi taiimning davlat
standartlari.
56


Standartni joriy etishning zarurligi rahbar va pedagog kadr- 
laming kasbiy salohiyatini oshirish, malaka oshirish tizimini xalqaro 
darajaga olib chiqish, o‘quv dasturlari va o‘quv-metodik majmualarni 
yangi mazmun bilan boyitish, o‘quv jarayonini demokratik va 
gumanistik tamoyillar asosida takomillashtirish zaruriyatlari bilan 
shartlanadi.
Ushbu standart rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va 
qayta tayyorlash tizimining maqsad hamda vazifalarini hisobga 
olgan, ta’lim oluvchilaming ehtiyojini qondirish va o‘quv-tarbiya 
jarayonini demokratlashtirishni ko‘zda tutgan holda yaratilgan.
Mazkur standart rahbar va pedagog shaxsini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni, shakllari, metodlari va vosita- 
larini takomillashtirish maqsadini nazarda tutadi.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi ta’limning 
mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan talablami joriy etish quyi- 
dagilarga yordam beradi:
1. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi muassasalarining 
turlari va ulardagi 
ta’lim shakllarining xilma-xilligi sharoitida 
ta’limiy makon yaxlitligini ta’minlashga;
2. Ta’lim oluvchilaming o‘zlari ustida ishlashga va bilim 
hamda mahorat saviyalarini oshirishga boigan motivlami (o‘quv 
materiallari tushunarliligini oshirish, o‘quv yuklamasini me’yor- 
lashtirish, tinglovchilaming tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan 
natijaviy talablar va baholash mezonlarini anglash) shakllantirishga;
3. Malaka oshirish va qayta tayyorlashdagi taiimning samara- 
dorligini ta’lim oluvchilardagi bilim va kasbiy mahorat saviyasining 
natijaviy ko‘rsatkichlari orqali baholashga;
4. Tinglovchilardagi boshlangich bilim, ko‘nikma va malaka 
saviyasidan kelib chiqqan holda taiimning differensiallashgan va 
individuallashgan shakllarini joriy etishga.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi ta’limning maz­
muni hamda sifatiga qo‘yiladigan o‘quv rejalari va dasturlarini, 
shuningdek malaka oshirish ta’lim muassasalarining o‘quv jara- 
yonini, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini, ular 
faoliyatini attestatsiyadan oikazish tartib-qoidalarini tartibga soladi- 
gan boshqa hujjatlami ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
57



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin