‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi
Tarbiyadan 
ko‘zlangan asosiy maqsad, har tomonlama ma’naviy rivojlangan 
aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga 
ko‘ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va 
usullari shu maqsadga erishishni ko‘zda tutadi. Umumiy ta'lim 
maktabining asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, axloqiy, his-tuyg‘uli 
va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol 
toptirish imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iboratdir. 
Shuningdek. o‘quvchilarda milliy g'urur va milliy axloq-odobni 
shakllamtirishni ko‘zda tutadi.
Shaxsning shakllanish manfaatlari har bir pedagogik tadbimi 
tarbiyaning umumiy maqsadlari bilan bogclashni, uni rejali tarzda 
va qat’iy suratda amalga oshirishga harakat qilishini talab etadi.
2.Tarbiya qoidalari
228


Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi bolalar jamoa- 
sining rivojlanish istiqbollarini ko‘ra bilishga yordam beradi. Har 
bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta 
0
‘ylangan, muayyan maqsadni 
amalga oshirishga bo'ysundirilgan bo‘lsa, uning g‘oyaviy-siyosiy 
darajasini ko‘taradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq 
keladi, ulaming tarbiyaviy ta'siri yuqori bo‘ladi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi.
G‘quv 
yurtlari yangi pedagogik tafakkur egasi, munosib shaxs, o‘z 
ishining ustasi bo‘lgan o‘qituvchiga muhtpj.
0 ‘qituvchining bilim saviyasi, ma'naviyati jamiyatm harakatga 
keltiruvchi, taraqqiyotga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. 
0 ‘qituvchi yurish-turishi, xatti-harakati, kiyinishi, muomalasi bilan 
o‘quvchi qalbiga kirishi, uni ezgulik sari yo‘naltirishi kerak. O'quv 
yurtlarida ruhiy xizmatdan foydalanib bolalar kayfiyatini, 
intilishini va qobiliyatlarini aniqlash ta’lim-tarbiya jarayonlariga 
ijodiy
yondoshishga imkon beradi.
Yoshlami insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas 
kitob Qur'oni Karim, Hadisi sharifdan foydaJanish juda muhim. 
Shunday ekan, o‘quv yurtlarida o‘quvchilarga gumanitar - ijtimoiy 
fanlardan ta'lim berishda tarbiyaga ko‘proq e’tibomi qaratmoq 
lozim. Ayniqsa hozirgi sharoitda 0 ‘zbekiston tarixi, adabiyotini 
o‘qitish jarayonida bevosita tarbiyaga oid bo‘lgan milliy mana- 
viyatga, milliy ruh, urf-odat va, shuningdek, umumbashariy 
qadriyatlarga alohida urg‘u berish zarur. Yaxshi o‘qituvchi o‘quv- 
chilarning so‘zini diqqat bilan tinglaydi ularga dalda beradi, 
tinchlantiradi, to4g'ri baho qo‘yadi, hammani teng ko£radi, 
bolalarni sevadi. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani 
ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlaridan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchi o ‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkoriik asosida 
pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. 
0 ‘qituvchi o‘quvchiga, awalgidek, tarbiya obyekti etnas, xuddi 
o‘zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya'ni o‘quvchiga faqat 
mening buyrug‘imni bajaruvchi emas, balki mening o‘zim bilan 
teng huquqli, birga ishlovchi, hamkoriik qiluvchi deb qarashi 
lozim. Bola butun qalbini darsga bag‘ishlasa, uni og‘ir ahvolga 
solib qo‘ygan bo‘lamiz, u faqat o‘quvchigina emas, awalo, rang-
22 9


barang qiziqishlar, ehtiyojlar, intilishlarga ega bo‘lgan insondir.
Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish 
uning mohiyati va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi, 
shaxsning rivojlanish va o‘zligini anglash huquqini ta'minlaydi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin