‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi
qoidasi.
0 ‘zbek xalqining madaniy merosini o‘rganishda va rivoj- 
lantirishda milliy o‘ziga xosligi, ma'naviy xususiyatlari hisobga 
olinib, xalq pedagogika an'analariga suyangan holda ish ko‘rilishi 
maqsadga muvofiq. Xalq pedagogikasining bola tarbiyasidagi boy 
tajribalari hayotga to‘la tadbiq etilmaganligi, buyuk allomalaming 
pedagogik qarashlari, Sharqona urf-odatlar, boy an'analari hayotga 
joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay qusurlaming yuzaga 
kelishiga sabab bo‘lgan. Xalqimizning ko‘p asrli qadriyatlarini, 
ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni 
anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. 
0 ‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni 
yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita 
bo‘lib xizmat qiladi. Ismoil-al Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, 
Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, 
Sa'di Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Farididdin 
Attor, Abdurahman Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk 
mutafakkirlaming asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq, baxt, 
insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, sihat-salomatlik, 
ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasawurga ega 
bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy 
xususiyatlarini, ya'ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda 
bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik 
kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlik- 
dan ana shu go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga ahamiyat berganlar.
Tarbiyada o ‘quvchilarning yosh va o ‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish qoidasi
Bolalar maktabda rivojlanishning turli 
davrlarini bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik pallalarini bosib o‘tadilar. 
Shu davrlar ichida ular hayot, inson va tabiat, umuman atrofimizni 
o‘rab olgan duoyo haqida aniq bilimlarga ega bo’ladilar. Ulamig 
axloqi ham o‘zgarib boradi. Shu yillar ichida bolaning axloqiy 
tuyg‘ulari rivojlanadi, ongi bilan xulqi o‘rtasida uyg‘unlik vujudga
230


keladi, xarakteri tarkib topadi, o‘z xulqi va xatti-harakatlarini ehti- 
yojga va sharoitga muvofiqlashtirishga intilish odatlari tarbiya- 
lanadi.
Bolalaming yoshi rivojlanish darajasiga ko‘ra ularga beriladi- 
gan tarbiyaning mazmuni, pedagogik rahbarlikning xarakteri ham 
o‘zgarib boradi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchi!ari maktab- 
dagi o‘z asosiy vazifalarini: o‘zini maktabda, uyda, ko‘chada 
qanday tutish qoidalarini bilib oladilar. Bunday odatlar ularga 
namuna ko‘ rsatish, tushuntirishyo‘li bilan singdiriladi. Bolalaming 
yoshi ulg‘aygan sari ularga talab ham orta boradi. Shu tufayli o‘rta 
va katta yoshdagi bolalami tarbiyalashda ulaming mustaqilligiga 
suyanib ish ko‘rish yaxshi natija beradi. Tarbiyada bolalaming 
kuchi va imkoniyatlarini tola ishga solish yaxshi, lekin ulaming 
kuchiga ortiqcha baho berib yuborish ham yaramaydi.
Tarbiya berishda о‘quvchilaming yosh xususiyatlaridan 
tashqari, har qaysi bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish 
ham katta ahamiyatga ega. Bolalaming yoshi, bo‘yi bir xil bo‘lsa- 
da, ulamig mijozi, fazilatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari har 
xil boiadi. Bu farqlar bolalaming xulqida, o‘qish va mehnatida aks 
etadi. Bir o‘quvchiga nisbatan muvofiq boigan tarbiya uslubini 
boshqa bir o‘quvchiga nisbatan qo‘llaganda u kutilgan natijani 
bermasligi mumkin. Sinfdagi o‘quvchilaming ba’zilariga oddiy 
tanbehning o‘ziyoq samarali ta’sir ko‘rsatadi, ammo boshqa 
o‘quvchilarga tanbeh berishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ba’zi bir 
o‘quvchi ayrim axloqiy fazilatlami tezda uqib oladi va unga amal 
qiladi, ikkinchisi esa unga amal qilmaydi, ayrim bolalar esa bu xil 
sifatlami o‘zlariga juda sekinlik bilan singdiradilar.
Ayrim о‘quvchilar o'zlarining faolliklari, saranjom-sarishta- 
ligi, intizomliligi, fahm-farosati bilan o‘qituvchi va bolalar jamoa- 
sining ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘ladi!ar, boshqalari esa 
intizomsizligi, pala-partishligi, betgachoparligi, bema’ni qiliqlari 
bilan tezda “tanilib” qoladilar. Demak, har bir o‘quvchining qobi­
liyati, qiziqishi, his-tuyg‘ulari, kuchli va zaif jihatlarini aniqlab, 
tarbiyaviy ishlarda ulami hisobga olish tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga 
qo ‘ yish imkoniyatmi beradi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin