‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


«tarbiya»  so‘zini turlicha izohlagan. Tarbiya — arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish qilmoq



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

«tarbiya» 
so‘zini turlicha izohlagan.
Tarbiya — arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish qilmoq,
ta’lim bermoq, o ‘rganish, odob о ‘rgatish, mehribonlikко‘rsatish,
himoya qilish singari ma’nolarni anglatadl
Shu o‘rinda 
Zardushtlik draining muqaddas kitobi boimish “Avesto” katta 
ahamiyatga ega. “Avesto”da insonning barkamol bo‘lib yetishi- 
shida uning 
so ‘zi, fikri, ishi,
birligiga katta e’tibor berilgan. Bu 
axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yara- 
tilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos boigan desak xato qilmagan 
bo‘lamiz. Ayniqsa, “Avesto”da inson tarbiyasiga, insonlaming 
jamiyatda tutgan o‘miga munosabati to‘liq yoritilgan. Zardusht 
ta’limotida tarbiya haqida quyidagicha fikr bildirilgan.
Tarbiya — hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib 
hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u 
awalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganishi bilan eng 
yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin deb aytadi va yana yaxshi 
ovqatlanadigan xalqdan yaxshi nasi - sog‘lom avlod qoladi” - deb 
ta’kidlaydi. Tarbiya ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishilik jamiyatining 
paydo bo‘lishi bilan vujudga keladi, taraqqiy etdi, jamiyatning 
o‘zgarishi bilan tarbiya ham o‘zgarib bordi. Tarbiya xulqni 
boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan 
tarkibiy qismlar — axloqiy ong axloqiy faoliyat va axloqiy 
mimosabatlarning murakkab yig‘indisidir. Tarbiya shaxsni 
maqsadga muvofiq takomillashtirishning pedagogik jarayoni 
bo‘lib, tarbiyalanuvchilaming shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir 
etish imkoniyatini beradi. Tarbiya - о‘sib kelayotgan yosh avlodda
224


hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot - dunyoqarashni, 
insoniy e’tiqodni, burch va mas’uliyatni, jamiyatimiz kishilariga 
xos boigan axloqiy fazilatlami yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.
Tarbiya deb - tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarini tarbiya- 
lanuvchilarning ongiga singdirishi uchun ulaming ruhiyatiga 
ma’luxn maqsadgako‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. Tarbiya 
bola tug‘ilganidan umxining oxirigacha davom etadigan j arayondir.
Tarbiya - biror maqsadga qaratiigan jarayon, u doimo muayyan 
rejaga ega bo‘ladi va buning uchun maxsus vakolatga ega bo‘lgan 
kishilar tomonidan amalga oshiriladi. Hamma davrlarda ham 
tarbiyachilar yoshlaming axloqi va odobi, iy’moni va vijdoni, 
bilimi - malakasi, xatti-harakati, yo‘nalishi, tarixiy tajribasi, davr 
talablari va ehtiyojlari, istiqlol vazifalari bilan uyg‘unlashtirib 
shakllantirishga, rivojlantirishga harakat qilganlar. 0 ‘z oldiga 
inson kuchi, bilimi va irodasi bilan bajarilishi mumkin bo‘lgan 
muayyan maqsadlami qo‘ygan davlatlar ham ta’lim-tarbiya 
ishlariga befarq qaramagan.
O'rta Osiyo mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari -
o'gitlari. shunday kuchga egaki, ular yoshlar qalbida insoniylik urag‘- 
larining unishiga, katta hayot yo‘liga olib chiqishiga yordam beradi.
Shu bois mutafakkir allomalarimizdan Bahovuddin Naqsh- 
band, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Xojib, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu AH ibn Sino, Umar Xayyom, Munawarqori, Abdulla Avloniy 
va boshqalaming ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g‘oyalaridan 
keng foydalanib bugungi kun talabiga javob bera oladigan 
yoshlami tarbiyalashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Bahovuddin Naqshbandiyning tarbiya haqidagi fikr mulo- 
hazalari va pandu nasihatlari g‘oyat qimmatlidir. U barkamol 
insonni tarbiyalash dastlab odobdan boshlanishini ta’kidlab 
Shunday degan edi: “Adab hulqni chiroyli qilish, so‘z va fe’Ini soz 
qilishdir... Adab saqlash - muhabbat samarasi, у ana muhabbat 
daraxtining urug‘i hamdir. Agar adabdan ozgina nuqsonga yo‘l 
qo‘ysangiz ham, nimaiki qilsang, beadablik ko‘rinadi. Odam 
o‘zining bir xil sifat va ko‘rinishida olib yurishi lozimki, toki 
odamlarda unga tasarruf (ta’sir qilish) ta’masi paydo bo'lmasin”.
Abu Nasr Forobiy birinchi bo‘lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif
225


bergan olimdir. Ta’lim - so‘z va o‘rganish bilangina amalga 
oshiriladi. Tartrya - esa amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo‘l 
orqali amalga oshiriladi, deydi.
Abu Nasr Forobiyning fikricha, har bir shaxs munosib odam 
bo‘lishi uchun unga ta’lim va tarbiya zarurdir. U ta’lim orqali 
nazariy kamolotga erishadi. Tarbiya orqali esa kishilar bilan mulo- 
qotni, axloqiy qadr qimmatni va amaliy faoliyatni o'rganadi. Foro- 
biy bolalaining fe’l - atvoriga qarab tarbiya jarayonida “ qattiq” 
yoki “yumshoq” usullardan foydalanish kerak deb hisoblaydi:
1 .T arbiyalanuvchilar o‘qish - o‘rganishga moyil bo‘ Isa, ta’lim- 
tarbiya jarayonida yumshoq usul qo‘llanadi.
2.Tarbiyalanuvchilar o‘zboshimcha, itoatiz boisa, qattiq usul 
qo‘llanilishi lozim degan fikmi bildiradi.
Yusuf Xos Xojib - tarbiya kishini ezgulikka o‘rgatmog‘i 
kerak. Ezguning har ishi chiroyli, har bir qadami go‘zal. Ezgulik 
aslo qarimaydi.
Yusuf Xos Xojib tarbiyani juda murakkab jar ay on deb 
tushunadi. U beldan madomi, tandan quvvatni, ko‘zdan numi, 
dildan oromni talab qiladi degan fikmi bildiradi.
Abu Rayhon Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr 
yuritar ekan, «insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib 
turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun har bir inson 
yuksak axloqli bo‘lishi lozim», - deydi.
Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi haqida fikr bildirar ekan, 
bola tarbiyasini unga ism qo‘yishdan boshlashni lozim deb topadi. 
Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki olijanob vazifasi 
deb biladi. Ibn Sino bola tarbiyasi bilan awalo ota-ona 
shug‘ullanishi kerak deydi.
Umar Xayyomning ta’kidlashicha tarbiyaning maqsadi 
“sog‘lom fikr, ziyrak aql va o‘tkir zehnga ega bo‘Igan insonni 
shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak”. Faqat chuqur zehngina, 
barkamol xalqni qondira oladigan ilhomga erishishi va uning 
yordami bilan yuksak aql-idrok farog‘atni hosil qilish mumkin, 
lekin shuning o‘zi kifoya qilmaydi, inson yuksak axloqqa ega 
bo‘lishi, yaqinlarini sevishi lozim.
Jaloliddin Devoniy bolaning tarbiya olishi, odob axloqli
226


boiislii, uning keyingi tarbiyasiga bog‘liq. Chunki hayotda har 
kuni bola ko'radigan, muloqotda bo‘ladigan narsaiar uning xulqiga 
yaxshi va yomon tomondan ta’sir etadi. Bolada har kuni insoniy 
xislatlar: 
yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, ota-ona va 
boshqa katta yoshdagilarni hurmat qilish, to‘g‘rilik va rostgo‘ylikni 
o'rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so'zlashuv odobiga rioya 
qilish kundalik turmushda o‘rganiladi.
Munavvarqori bolalar tarbiyasida faqat ota-onalar emas, balki 
muallim vakeng jamoa javobgar ekanligini aytib, ulardan bolalami 
axloqli qilib tarbiyalashni talab etdi. U yoshlami bilimi arni puxta 
egallashga; mehnat qilishga, umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli 
bo'lishga chorladi, ota-onalami farzandlarida ma’naviyat, nafosat, 
go‘zallik tuyg‘usini rivojlantirishga da’vat qildi. Munawarqo- 
rining fikricha, yosh avlodni tarbiyalash bilangina millatni uyg‘o- 
tish, Vatanni ozod qilish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish, turmush- 
ni farovonlashtirish mumkin. Adib yoshligidan bolalar da melmatga 
qiziqish, g'ayrat, jasorat fazilatlarini tarbiyalashni tavsiya etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy 
shunday deydi: Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, 
yo najot - yo falokat, yo saodat yo falokat masalasidur1. Ushbu 
fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi hususiy ish emas, balki ij- 
timoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlat- 
larning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bogiiq.
Shu o‘rinda yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlagamdek 
“Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega 
boigan, ongli yashaydigankomil insonlar etib voyaga yelkazish— 
ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi 
bo‘lishi 
lozim, deb qabul qilishimiz kerak ”. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini 
uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Jamiyatimiz komil insonni 
tarbiyalashda, uning ma’naviyatini shakllantirishda eng asosiy 
o‘rinni egallaydi. Komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustivor 
sohasi hisoblanadi. Komil inson deganda biz, awalo yuksak ongli, 
mustaqil fikrlaydigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo‘ladigan 
bilimli, ma’rifatli kishilami tushunamiz.
1 Abdulla Avloniy, Turkiy guliston yoxud ahloq. Tosbkent, O’qituvchi, 1992.
227


Tarbiya qoidasi - pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini 
yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich 
holat, rahbarlik asosidir.
Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish 
vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy 
Osiyo faylasuf-donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika 
erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil 
xarakterga ega bo‘lib, tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini va 
qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga 
rioya qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib 
keladi. Tarbiya qoidalariga quyidagilami kiritish mumkin:
- tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi.
- tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi.
- tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi 
qoidasi.
- tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlaming 
hisobga olish qoidasi
- izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlaming birligi va 
uzluksizligi qoidasi va boshqalar.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin