‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Dars bloklari
Qisqart-
ma belgi-
lanishi
V
aq
t
i
• S
1
1.
Motivlash («Mo‘jiza bilan 
uchrashuv»)
M
5
1 aka- 
demik 
soat
2.
Dasturiy materialning mazmuni 
(DM i F + propedevtika TRIZ)
DMM-1
20
3.
Psixologik dam olish (autotrening, 
o‘yin yoki jismoniy daqiqasi)
PDO
5
4.
Boshqotirma
В
10
Tanaffus
5.
Intellektual mashqlar
IM
10
1 aka- 
demik 
soat
6.
Kompyuter intellektual yordam
KIYO
10
7.
Rezyume
R
5
Kreativ darsning ma’lumot kartasi quyidagi yo‘nalishlardan 
iborat:
1-yo‘nalish. Motivlash.
211


Bu bo‘limda go‘dakni surpriz qarshi oladi. U tafakkurini u yoki 
bu darajada hayratlantiradigan nima bilandir to‘qnashadi.
2-yo‘naIish. 
Dasturiy materialning mazmimi. Darsning bu 
qismida ta’lim mazmuni berilgan mavzu bo‘yicha aniq dars 
materiali ikki qismda beriladi.
Axborot kartasi (kreativ darsning tuzilishi)
M
-►j DM
PD
В
Tanaffus
IM
DM
KIY
R
Kreativ dars komponentlarining tizimli bog‘lanishi
Motivlash 
(ichki rag‘bat) 
(mo'jizalar 
bilan
Psixologik dars 
olish (o‘yin) yoki 
jismoniy daqiqa
Boshqo­
tirma
Intellektual
mashqlar
Fikrlashni intellektual 
va kompyuter 
yordamida qoilab- 
quvvatiasii
1 - 
’ '
’ Г 
IF
Dasturiy materialning mazmuni
(ITF va T - Ijodiy tafakkur va fantaziyaga tayyorgarlik)
Motivlash (ichki
Mazrnun
Dam olish
rag‘bat) (mo'jizalar
qismi 
j
(psixologik
bilan uchrashuv) 
- « H C
J P m

m
yengillik)
-*
Boshqotima
Intellektual
Kompyuter 
0
‘ymi
Yakun
mashqlar
*
Ш
mm*
m
__ _—
—►
(Rezyume)
9
 
Ш
Tanaffiis - 10 daqiqa
3-yo‘nalish. Psixologik dam olish.
.Darsning bu qismi jismoniy daqiqada sport, raqaxnli, jismoniy 
mashqlaming o‘yin shaklida yoki bosh miya yarim sharlarining 
uyg‘unligini ta’minlovchi mashqlardan tashkil topdi.
4-yo‘naIish.
Boshqotirma.
212


Darsning bu qismi ijodiy faoliyatga, motivlashtirishga, 
topqirlikni, ijodiy tafakkurni, go‘dakning ijobiy qobiliyatini 
rivojlantirishga xizmat qiladi.
5-yo‘nalish. Intellektual mashqlar.
Darsning bu qismi ijodiy faoliyatni, tafakkumi va fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
6-yo‘nalish. Fikrlashning kompyuterli intellektual tayanchi.
Ta’limning bu shakli ijodiy fikrlashning chuqur rivojlanishiga
yo‘naltiriIgan bo‘lib, o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini kompyuter 
muhiti, multimediyalar, interaktiv ta’sir va boshqalar yordamida 
qo‘shimcha 
imkoniyatlar 
bilan 
darsda 
foydalanilgan 
boshqotirmalaming davomi sifatida foydalaniladi.
7-yo‘nalish. Rezyume
4.Kreativ dars yo‘ naJishlarining mazmuni va psixologik asosi
1-yo‘naIish. Motivlashtirish (hayratlanish, surpriz).
“Hayratlanish - donishmandlikning boshlanishidir” (Suqrot).
Axborotlardan toliqishning oldini olish va o‘quvchilami 
intellektual faolligini oshirish maqsadidagi izlanishlar yo‘Iidagi 
muqobil usullaridan biri “hayratlanish” yoki boshqacha aytganda, 
“mo‘jiza effekti”. Hayratlanarli predmetlar bilan to‘qnashuv tizimi, 
ulami 
yaratilish 
haqidagi 
izlanishlari 
kichik 
maktab 
o‘quvchilarining qiziqish va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi. 
Motivlashtirish dars jarayonida predmetlar timsolida, masalan, 
go‘dak tafakkurini jumboqliligi, siri va favqulodda go‘zalligi bilan 
olib boriladi. В unday predmetlar turlicha bo‘lish.i mumkin. 
Jumladan, oynasi orasiga 
0
‘rgimchak kirib qolgan soat, ichiga 
yelkanli kema joylashtirilgan butilka va h.k. Bolalar qiziqishini 
oshiruvchi oddiy fokuslar. Masalan: quti ichida bir ko'rinib, bir 
ko‘rinmaydigan sichqoncha va b.
Bunday jihozlar unutilgan qadimiy o‘yinchoqlar vazifasini ham 
bajarishi mumkin. Yog‘ochdan yasalgan cho'qiyotgan tovuq, 
pianino chalayotgan ayiq, ayiq bilan о‘tin arralayotgan dehqon. 
Bolalarda sovun ko‘piklarida hosil bo‘ladigan shakllar ham hayrat 
va qiziqish uyg‘otadi. Sovun pufagini hosil qiluvchi qismi bo'lgan
213


oddiy ruchka yoki sovim pufagidan chiroyli shakllar yasovchi 
to‘pponcha - avtomat o'yinchog‘i. Obyektning tortishish mar- 
kaziga asoslangan o‘yinchoqlar: yiqilmas matryoshkalar, magnit 
tortishiga asoslangan kamondan o‘q otish o‘yinchoqlari o‘quv- 
chilaxda kuchli qiziqish uyg‘otadi. Bundan tashqari, o'yinchoq- 
boshqotirmalar ham qiziqarlidir.
2-yo‘nalish. Dastuming mazmuni.
Dastuming mazmuni boshqa yo‘nalishlami tizimli umumlash- 
tirish asosida bir butunlikda ijodiy tafakkurning va fantaziyasining 
rivojlanishiga hamda tasviriy masalalaming nazariy yechimi degan 
jiddiy muammom (G.S.Altmuller) yechishga xizmat qiladi. Bu 
yerda shuni hisobga olish kerakki, qiyin masalalami yechishda 
yuqori natijalarga erishish uchun 3 ta muhim omil mavjud: 
Qobiliyat, imkoniyat, individualliklami og‘zaki, matematik va 
texnik hisoblash, o‘zlashtirish qobiliyati, abstrakt va murakkab 
fikrlash natijasidir. Bunday qobiliyatlar boshqa kishilar tomonidan 
ijobiy e’tirof etilishi muhimdir. Imkoniyatlar go‘dakni intellektual 
faol va o‘z muammolarini mustaqil hal etishdan manfaatdor 
bo‘lgan, atrofdagi eng yaxshi, o‘z-o‘ziga ishonch tug‘diradigan 
boshlang‘ich tajribalami o‘zida mujassamlashtiradi. Individuallik 
dastlabki ikki omilning ta’sirini kuchaytirishga, shu bilan birga 
qobiliyatlar shakllanishini qiyinlashtirishga ta’sir qiladi. Ijodkor 
shaxsning shakllanishida uni qurshab turgan muhit ijobiy sharoitni 
yaratishi lozim.
3-yo‘naiish. Psixologik dam olish.
Psixologik dam olish sifatida qo‘llaniladi. Bosh miya yarim 
sharlarini garmonik rivojlanishiga ta’sir etuvchi jismoniy mashqlar 
(Shuni esda tutish lozimki, o‘ng va chap qe/llar imkoniyatini 
rivojlantirish muhimdir. Psixologlaming ta’kidlashicha, o‘ng va 
chap qo‘lda birday harakatlanish xotira, fikrlash va nutqning 
rivojlanishi, yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.)
0 ‘yinlar, sport-hissiyotli, teatrlashgan, taqlid etuvchi raqslar. 
Sport hissiyotga asoslangan “Jangler”, “Arqon tortuvchilar” kabi 
o‘yinlami shu turkumga kiritish mumkin. Quvnoq bolalar kuylariga 
raqsga tushish, go‘dakka harakat va teatrlashtirilgan taqlidchan 
“Tabassum o‘yini” va shu kabilar o‘ziga xos kulgi terapiyasidir.
214


Topshiriqlar turlari xilma-xil bo‘lib, o‘qituvchining ixtiyoriga 
qarab yangilari bilan to‘ldirib boriladi. “Pantomima” o‘yinlarida
2 tomonlama dam olishga erishiladi: tegishli guruh muskullari dam 
oladi va o£yin ijobiy hissiyotlar hisobiga reaksiya amalga oshadi. 
Pantomimo bilan shug‘ullanish ijodkorlik rivojlamshining 
boshlanishi bo‘libgina qolmay, go‘dakni o‘z-o‘ziga ishonchini 
orttiruvchi ijobiy hissiyotdir.Psixologik va fiziologik kuzatislilar 
aqliy va hissiy toliqish bilan, vegetativ qo‘zg‘alishlar bilan skelet 
muskullaridan toliqishning uzviy bog‘lanishini ko‘rsatmoqda. 
Hammaga ma’iumki, muntazam jismoniy mashqlar ishchanlik va 
sog‘lomlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Bosh miyaning optimal funksional holatini ta’minlash, bundan 
tashqari, miyadan chiqayotgan nerv impulslarining to‘lqinini 
boshqarishga ham bog‘liq. 0 ‘z-o‘zini boshqarish tizimi yordamida 
markaziy qo‘zg‘alishni periferikka ko‘chirish, eng avvalo, skelet 
muskullarini va shu bilan birga asabiy zo‘riqishning oldini olishni 
ta’minlaydi.
Ta’kidlash kerakki, tetik holatda fikriy qabul qilish (ijobiy 
hissiy reaksiyalar ta’sirida yuzaga kelgan) kelgusida quyidagi 
siljishlarga olib kelishi mumkin: o‘z-o‘ziga ta’sir etish orqali oldin 
boshdan kechirilgan emotsional holatlar tiklanishi mumkin. Olz- 
o‘ziga ta’sir faqatgina oliy nerv faoliyatining xarakteriga ta’sir etib 
qolmasdan, organizmning hujayralargacha bo‘lgan mexanizmini 
boshqarishga ta’sir ko‘rsatadi. Autogen mashqlaming psixologik 
nazorat mashqlari - “Tinch maskan”, “To‘liq potensial”, “Lazzatlar 
ro‘yxati” kabilar muskul va psixologik reaksiya jarayonida o‘z- 
o‘ziga ta’sir etuvchi holatlarda yordam beruvchi formula va 
timsollardir. 0 ‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatishga 
o‘qish va ijodiy faoliyati, munosabat va xulqi jarayonida o‘z ustida 
nazorat o‘matuvchi muhim omil sifatida qarash kerak.
4-ya‘nalish. Boshqotirmalar.
Zamonaviy kreativ darsning muhim elementlaridan bin sifatida 
o‘quvchilar ijodiy faoliyati tabiiy obyektlar tizimida o‘tkir aql va 
topqirlik mujassamlashgan boshqotirmalar muhim ahamiyatga ega. 
Boshqotirmalar o‘quvchi oldiga yechimini topish jarayoni fikmi 
noan’anaviy birikishga olib keladigan muammo zararsiz materiallar
215


(yog‘och, qog‘oz, metall, plastmassa)dan yasalgan buyumlardan 
foydalanish mumkin. Taklif etiladigan boshqotirmalar ko‘p sonli 
obyektlar ichida cJdaktik prinsiplarga mos ravishda tanlab oiinadi. 
Quyidagi talablar qo‘yiladi:
• Boshqotirmaga asoslangan g‘oyaningjozibadorligi.
• 0 ‘quvchilar qiziqislilariga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik 
quwati.
• Maktabda o ‘qitiladigan predmetlar bilan bog‘liqlik (fizik, 
kimyoiy, biologik va boshqalar.).
• Go‘dakning obyekt bilan estetik uyg‘unligi.
• Go‘dakning 
qiziqishlari 
va yoshiga bog‘liq 
ijodiy 
imkoniyatlari.
• Natijani topishda asta-sekin yuksalish.
Boshqotirmalaming bunday tizimi biz tomonimizdan dunyo
tajribasida birinchi marta dars tizimining yaxlit bir bo‘lagi sifatida 
tavsiya etilmoqda.Biz tomonimizdan saralangan boshqotirmalar 
tizimi kreativ ta'lim tizimining yangi didaktik vositasidir. Uning 
bosh funksiyasi ijodiy fikrlashni, topqirlikni, fikrlash to‘siqIarini 
yengish, ijodiy tafakkumi rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari, 
bu tizim kuzatuvchanlikni, qiziquvchanlik va ijodkorlik faoliyatini 
natijasi sifatida intellektual faollikni rivojlantiradi. Boshqo- 
tirmalami yechish insonning doimiy o‘yinga bo‘lgan ehtiyojini 
qondiradi. 0 ‘yin ijodiy faoliyatning o‘ziga xos tayyorgarlik turi 
bo‘lib, boshlang‘ich maktab o‘quvchisining kreativ sifatlarini 
rivojlantiradi. Ehtiyojning kitobjavoni matematik boshqotirma va 
o‘yinlar bilan to‘la bo‘lganligi ham bejiz emas. “Alisa mo‘jizalar 
mamlakatida”, “Alisa ko‘zgu ortida” kabi umume’tirof etilgan 
ertaklarning muallifi, ajoyib ertakchi, Oksford universitetida 
matematikadan dars oetgan Lyuis Kerrol boshqotirmalarning katta 
ixlosmandi edi. U oddiy qog‘oz varag‘ini buklash orqali g£aroyib 
figuralar (origami)dan juda ko‘p foydalangan. Uning qo‘llarida 
varaqni buklash orqali oddiy geometrik chiziqlardan kutilmaganda 
o‘quvchilar ko‘z o ‘ngida o‘zining mukammalligi bilan miniatura 
asarlaxi, yarim abstrakt haykallar paydo boigan.
216


Boshqotirmalar tizimida yana bir muhim (motivatsion) funk- 
siyasi shundan iboratki, ular o‘quvchilaming o'rganilayotgan 
materialga nisbatan qiziqishini orttiradi, bundan ko‘p samaraliroq 
motivlash shaklini topish mushkuldir. Berilgan masalalami bir 
necha usullarda yechish ham samaralidir. Boshqotirmalar bilan olib 
boriladigan faoliyat fikrlash mahsuldorligini oshirishda qo‘shimcha 
imkoniyatlami ishga soladi. Tafakkurda hayoliy obrazlaming 
mavjudligi, taxminlami tekshirishda kattalar yordamiga tayan- 
maslik o‘quvchida zoriqmasdan belgilar olamidan obrazlarga yoki 
aksinchaga o‘tishga yordam beradi. Yaxlit ta’limiy ish shaklida 
o‘qish, o‘z holicha aqliy rivojlanish amalga oshiriladi.
5-yo‘naIish. Intellektual mashqlar.
Intellektual mashqlar ham boshqotirmalar singari o‘quvchilami 
ijodiy faoliyatga, motivlashtirishga xizmat qiladi. Ijodiy bilimlar 
tizimi (В Т ) intellektual mashqlar izchii kreativ ta’limning didaktik 
prinsiplari asosida tuzilgan. U maxsus bilimlarni talab qilmaydigan, 
faqat fikrlash, topqirlik va mustaqil yechimlami talab qiladigan 
ijodiy topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Bu bilimlarning murak- 
kablashtirilgan tizimi bo‘lib, o‘quvchilar yoshiga mos maqsadga 
yo‘naltirilgan qiziquvchanlikni, ijodiy qobiliyatni, tafakkumi, 
narsalarga o‘zgacha qarashni talab etadi.Ijodiy bilimlar tizimi -
intellektual mashqlar o‘zida asosan quyidagicha topshiriqlarni 
qamrab oladi:
• Taxminiy xulosalar chiqarish: ular o‘quvchilami sabablar va 
oqibatlar haqida fikrlashga majbur qiladi.
• Obyektlarni noodatiy qoilanishi.
• Qonuniyatlami izlab topish (bu topshiriqlar mantiqiy 
fikrlashni, umumlashtirish qobiliyatini rivojlantiradi).
• Kutilmagan vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tanlay olish, bunday 
topshiriqlar go‘dakda mardlikni rivojlantiradi.
• Mavjud obrazlar asosida obrazlar sxemasini tuzish (abstrakt 
tafakkumi, asosiy sifatlami, obyekt tarkibi).
• Obyektni rivojlantiruvchi vazifalar, masalan, o‘yinchoqlami 
(kuzatuvchanlikning mustaqil yechimini topa olish va o‘z fikrini 
himoya qila olish mashqlari).
217


• Topshiriq chegarasidan chiqa olish qobiliyatini rivojiantirish, 
fikrlash inersiyasmi yengib o‘tish.
• Maqsadga yo‘naltirilgan savollar bera olish va javoblar 
asosida prednaetni aniqlash.
• Tafakkumi bosqichma-bosqieh rivojiantirish.
Mazkur dars komponentining psixologik qiymati shundaki, 
aqliy mehnat qoidasi va shakli mustahkamlanadi, fikrlash sama- 
radorligini oshirish, yechimlaming alohida bosqichlarida ijodiy 
jarayonning malakalari shakllanadi.
Intellektual mashqlar bosh funksiyasi murakkab topshiriqlar 
bajarishda axborot tahliliga asoslanishdan iboratdir.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin