‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Kreativlik va uning tashxislanishi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

2. Kreativlik va uning tashxislanishi
XX asrning 50 yillarida ingliz-amerika psixologlarining 
izlanishlarida kreativlik deb nomlanadigan 
(creatio
- lotincha 
“yaratish”) alohida qobiliyatlami o‘rganish katta ko'lamda qiziqish 
uyg‘otmoqda. Kreativlikni alohida o‘rganishga an’anaviy mtellekt 
testlari bilan muammoli vaziyatni muvaffaqiyatli yechimi orasida 
aloqaning mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlaming aniqlanishi 
turtki bo'ldi. E’tirof etilishicha, kreativlik ma’lum masalaning 
yechimini topishdagi axborotlami tez sur’atda foydalanish 
qobiliyatiga bog‘liq. Bu qobiliyatni kreativlik deb atadilar va uni 
intellektga bog'liq bo‘lmagan holatda - individning yangi 
tushunchalar yaratuvchi va shakll antiruvchi yangi malakalari 
sifatida o‘rgandilar. Kreativlik shaxsning ijodiy ko‘rsatkichlari 
bilan belgilanadi. Kxeativlikni o‘rganish asosan ikki yo‘nalishda 
olib boriladi;
1-yo‘nalish.
Kreativlikni intellekt bilan bog‘liqligi masaia- 
larini va kreativlik bilan bog£liq ta’limiy jarayonlami belgilashni 
o ‘rganadi.
2-yo‘nalish.
Shaxs va uning psixologik o‘ziga xosligi lieativ- 
likning asosiy aspekti ekanligi. shaxsga va uning motivatsion 
chizgilariga urg‘u berilishi bilan tasniflanadi.
Intellektual faktorlarni ta’limiy yo4nalishlarda qo‘llanilishida, 
kreativlikni o£rganish, baholashda 1950 yillarda J.Gilford va uning 
izdoshlari 16 ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib 
ko‘rsatadilar. Ular orasida: fikming turliligi (ma’lum vaqt orali- 
g‘idagi g‘oyalarning miqdori), fikming (bir g‘oyadan ikkinchisiga 
ko‘cha olishi) originalligi (o'ziga xoslik - umume’tirof etilgan
205


qarashlardan farq qiluvchi g‘ovarii yaratish qobiliyati), qiziquv- 
chanlik (o‘zini o‘rab turgan olamdagi muammolarga ta' sirchanlik), 
gipoteza qilish qobiliyati (reaksiyaning stimuldan mantiqiy 
mustaqilligi), fantastikali (stimul va reaksiya orasidagi mantiqiy 
bog‘liqlikning borliq hayotdan butunlay uzilganligi). Gilford bu 
faktorlami tafakkuming divergentligi degan umumiy nom bilan 
ataydi, u muammo endigina aniqlanayotgan.. uning yechimini 
awaldan belgilangan, aniq yechimi bo‘lmagan vaqtda yuzaga 
keladi, deydi (ma’lumotga tayanuvchi yoki muammoning «mos» 
yechimi, konvergent tafakkurdan farqli ravishda).
Tafakkumi ifodalovchi qobiliyatlami o‘rganish, an’anaviy 
intellektual testlar vositasida kreativlikni maxsus testlar vositasida 
aniqlash jarayonida olimlar qarama-qarshi natijalarga erishdilar. Bu 
natijalar asosida intellekt va kreativlik o‘zaro aloqadorligi haqida 
xulosa chiqarish mumkin emas. Agarda testlar o‘miga kreativlikni 
baholovchi boshqa mezon — bajaruvchi faoliyat yuritgan ish turi 
bo‘yicha erishilgan ijodiy muvaffaqiyatlar bo'yicha baholanganda, 
intellekt va kreativlikni belgilovchi bir xil mazmunga ega natijaga 
erishish mumkin. Ba’zi olimlar kreativlikka intellektning an’anaviy 
testlar yordamida o‘lchab bo‘lmaydigan bir qirrasi sifatida 
yondashadilar. Ular kreativlikni orttirilgan tajribaga, o‘zlashtirilgan 
bilim va malakalar tasnifiga. qurshab turgan muhitning o‘ziga 
xosligiga 
bog‘liqligini 
ko‘rsatadigan 
tajribalar 
natijasiga 
tayanadilar. Barcha mamlakatlarda tabaqalashtirib o‘qitiladigan 
sinf o‘quvchilari kreativlik testlari bo‘yicha o‘zlarining oddiy 
sinflarda o ‘qiydigan tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq natijaga ega 
bo‘lganlar.
Kreativlikni baholashda atrof-muhitmng bog‘liqligi uning 
shakllanishi va rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Awalo qanday 
muhitdan rivojlantiruvchi ta’simi kutish mumkin? Tadqiqotlaming 
natijasiga ko‘ra, muhit, axborotning ko‘pligi va erkinlikni 
ta’minlanganligi bilan ajralib turishi kerak.Tadqiqotlar kreativ- 
likning rivojlanishida shaxsiy qobiliyatning katta ahamiyatga ega 
ekanligini ko‘rsatadi.
Kreativlikni o‘rganishda yakka yondashuvda asosiy e’tibor 
hissiy va motivatsion omillarga qaratiladi. Kreativlik bilan bog‘liq
206


shaxsiy qobiliyatlar munosabatida turli tadqiqotlar natijasida o‘zaro 
moslik mavjud. Kreativ individlami kreativmaslardan ajratib 
ko‘rsatadi. Ba’zilarda shaxsiy o‘ziga ishonch, tajovuzkorlik, o‘z- 
o‘zidan qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va o‘zgalar fikriga 
toqatsizlik aniqlangan. Ba’zi psixologlaming fikricha, kreativ 
bo‘lmagan tipdan farqli ravishda, kreativlikka ega bo‘lgan kishilar 
tipi mavjudligini bildiradi. Shunisi qiziqki, bolalar va yoshlar 
orasida o‘tkazilgan tadqiqotlar yosh va balog‘atga yetgan 
individlarda kreativlik belgilari bir xil bo‘ladi. Shunday xulosa 
chiqarish mumkinki, kreativlik shaxsiy qobiliyatlarga asoslangan 
holda bolalaming juda kichikligidan bashoratlash mumkin. Ijodiy 
muvaffaqiyatlar asabbuzarliklar bilan bog‘liq degan nuqtayi nazar 
ham mavjud. Shu bilan birga bu fikrga qarama-qarshi ravishda 
yuksak kreativ individlarda katta ruhiy kuchga egalik, tashqi 
muhitga, turli nizolarga nisbatan muvozanat mavjudligini 
ta’kidlovchi tadqiqotchilar ham mavjud. Kreativlikni motivatsion 
tasniflashga aloqador yagona qarashlar mavjud emas. Bir nuqtayi 
nazarga asosan kreativ individ o‘z imkoniyatlaridan iloji boricha 
samarali foydalanishga, yangi, o‘zlashtirilmagan yangi faoliyat 
turlarini bajarishda o‘z qobiliyatlarini ishga soladi. Boshqa nuqtayi 
nazarga ko‘ra kreativ bolalar motivatsiyasi tavakkalchilik, o‘z 
imkoniyatlari 
chegaralarini 
aniqlashga 
asoslanadi.Yuqorida 
aytilganlami xulosalab aytish mumkinki, intellektual qobiliyat- 
laming kreativlik deb nomlanadigan alohida tipi bugungi kun 
psixologlari tomonidan keng ko‘lamda o‘rganilmoqda.
Kreativlik va shaxsning ijodiy muvaffaqiyatlari orasida bog‘- 
liqlik mavjud, ammo uning xususiyatlari oxirigacha o‘rganilmagan. 
Kreativlikni intellektning an’anaviy tushunchalaridan ajratib olish 
mumkin emas.Kreativlikning birinchi testlari J.Gilford tomonidan 
XX asrning 50 yillarida yaratilgan.
Bu metodika Janubiy Kalifomiya testlari nomi bilan mashhur 
bo‘lib, Gilford tomonidan divergent deb nomlangan fikrlashning 
o‘ziga xos tipini belgilashda foydalanilgan 14 ta testdan iborat 
bo‘lgan. Ulaming dastlabki 10 tasiga og‘zaki javob, 4 tasiga tasvir 
orqali javob talab etilgan.Verbal vazifalardan namunalar:
207


1. So‘zdan 
foydalanishda 
yengillik. 
Berilgan tovush 
ishtirokida so‘z yozing (“o” - oy, ro‘mol, oddiy, muddao va b.);
2. Assotsiatsiyalardan foydalanishdagi yengillik. Berilgan 
so‘zga mazmunan o‘xshash so‘zlarni yozing (“og‘ir”, “zilday”, 
“vazmin” va boshqalar).
Tasviriy vazifa na’munasi. Bezash. Ma’lum obyektlami de- 
tallar bilan to‘ldirish.Gilford testlari kattalar va yuqori sinf 
o‘quvcMlaxiga mo‘ljallanadi. Ulami standartlashtirish katta bo‘l- 
magan tanlovlarda, ishonchlilik ma’lumotlari bir testdan ikkinchisiga 
o‘tganda o'zgarib turadi va toiiq qoniqarii bo'lmaydi. Psixologlar 
fikricha, ijodiy qobiliyatlami baholashda Gilford testlari samaraliligi 
kam bo‘lishiga, bilimlar natijasini bilish shaxsiy xarakterlarga emas, 
balki bajarish tezligiga asoslangani sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, 
vazifalar ma’lum sondagi javoblami belgilanmagan, bu natijani aniq 
hisoblash imkonini bermaydi. Shu sababli, ba’zi psixodiagnostlar 
kreativ testlar uchun va ulaming natijalarini aniqlashda ishonchli 
mutaxassisiami jalb etishni taklif qiladilar. Hozirgi kunda 
talabalaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda E.P.Goirensning 
kreativlik testlaridan foydalanilmoqda. Gorrens test topshiriqlari 
ijodiy jaravon modeli sifatida ko‘rilib, unda talabalaming bilimi 
natijaga emas, 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin