‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

balki ijod
jarayoniga qaratilgan.
1966 yilda angliyalik olimlar tomonidan Verbal shakldagi test 
ishlab chiqilgan. Bu test 5 yoshli bolalardan boshlab kattalarga 
mo‘ljallangan. U 7 ta topshiriqdan iborat. Dastlabki uchta topshiriq 
bir rasmga bog'liq savollardan iborat: rasmga ko‘proq savollar 
tuzish, tasvirlangan narsalaming nima uchun chizilganligi va oqi- 
batlari haqida iloji boricha ko‘proq sabablami ko‘rsatish so‘raladi.
1-topshiriq - “Rasm chizib bering”. Vazifa bajaruvchi qog‘oz 
varag‘iga rangli qog‘ozlardan qirqib olingan noto£g‘ri shakldagi 
qog‘ozni yopishtirish va uning asosida o‘ziga xos rasm chizish 
so‘raladi.
2-topslidriq — “Rasm chizishni tugallang” - test daftarlarida 
berilgan tugallanmagan shakllar rasmi asosida noodatiy sujet, rasm 
va predmetni chizib berish so‘raladi.
3-topshiriqda parallel chiziqlar va doiralar asosida iloji boricha 
ko‘proq predmetlami chizib berish so‘raiadi. Har bir subtestning
208


bajarilishi uchun 10 minut vaqt ajratiladi (javoblaming tahlili 
tezkorlik, ko‘p qirralik, egiluvchanlik, o‘ziga xoslik va mukam- 
mallik mezonlari bo‘yicha tahlil qilinadi).
4-topshiriqda berilgan rasmdagi o‘yinchoqlar o‘rnini iloji 
boricha ko‘proq va qiziqroq tarzda almashtirish so‘raladi.
5-topshiriqda tUrmushda ishlatiladigan predinet (masalan, 
bo‘sh quti) dan ko'proq noodatiy va qiziq foydalanish usullarini 
o‘ylab topish so‘raladi,
6-topshiriqda shu predmet haqida noodatiy savoliami o‘ylab 
topish so‘raladi.
7-topshiriq noodatiy vaziyatning yechimlari haqida iloji 
boricha ko‘proq izlanishlar olib borish so£raladi.
1980 yilda Torrens tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar 
uchun yangi kreativlik testlari tuzildi. Bu testning vazifalari shun- 
dan iborat ediki, go‘dak о‘zining ijodiy qobiliyatlarmi biror bir 
xonada erkin harakatlanish asnosida namoyon qiladi. Ijodiy 
fikrlashni reproduktivga qarshi qo‘ygan psixologlaming intilish- 
lariga qaramasdan, amaliyotda kreativlik testlari intellekt testlari 
bilan bir xil prinsiplarda, ya’ni tezlik metodikasi va qat’iy mazmun 
asosida qurilgan. Tadqiqotchilaming fikricha, ulaming asoisiy 
kamchiligi motivlami va individning boshqa ijodiy qobiliyatni 
tashkil etuvchi tavsiflarini hisobga olinmaganligidadir. Ko‘pgina 
psixologlar kreativlikni testlar yordamida aniqlash mumkin emas, 
deb hisoblaydilar. Fan, texnika, san’at va boshqa inson 
faoliyatidagi muvaffaqiyatlarga erishish, turli qobiliyatlaming va 
shaxsiy xususiyatlarining murakkab tuzilmasini (shu jumladan, 
intellektual va maxsus) talab qiladi. Hozirgi davrda mavjud boigan 
kreativ testlarda ijodiy qobiliyatning alohida elementlariga e’tibor 
qaratiladi, ijodiy muvaffaqiyatlami bashoratlashda buning o‘zi 
yetarli emas. Ayrim psixologlar ijodning ayrim qismlarini tahlil 
qilish yo‘li bilan kreativlikni aniqlash mumkin deb hisoblaydilar. 
Kreativlikni tashxislash yo'nalishi deyarli o‘rganilmagan. Bu 
sohada professor D.B.Bogoyavlenskaya (1983 yil) ijodiy qobiliyat 
intellektual tashabbuskor birliklarini yaratdi. U muammoning 
yechimini topishda inson oldiga qo‘yilgan masalani fikrlash 
faoliyati deb ataydi. D.B.Bogoyavlenskaya gipotezasi (taxmini)ga
209


muvofiq bajaruvchiga tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirisiz nazariy 
umumlashtirishlarga va vaziyatni baholashga o‘ta oladigan “kreativ 
doira metodi”ni taklif qiladi. Bu metod doirasida bir necha 
metodikalar islilab chiqilgan. Tashqi mezonlami belgilashda 
muallif sezilarli qiyinchiliklarga duch keldi. Ijodiy muvaffaqiyat bir 
qator kamchiliklarga ega bo‘lgan tajribalar asosida aniqlanadi. 
«Kreativ doira» ning tamoyillari:
1) Tashqi qo‘ zg‘ atuvchidan va baholashni belgilovchi 
stimulidan voz kechrsh.
2) Obyektni tadqiq etishda “chegara”ning bo‘lmasligi -
chegaralanmagan faoliyat.
3) Eksperimentning davomiyligi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin