‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Tarbiya-i badaniya.
Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining 
salomat va baquvvat bo‘lib tarbiyalanishiga alohida e’tibor beradi: 
“Badan tarbiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta ahamiyat 
berilgan. Insonning butun a’zosi salomat va quwatga ega bo‘hnasa, 
unda inson uzoq yashamaydi. Agar insonning tanasidagi 
a’zolaridan biriga xalal tegsa, u kishi ishdan qoMini tortib, 
boshqalaming muhtojiga aylanadi. Bizning farzandlarimiz ilm 
olish bilan birga, ulaming badan tarbiyasiga ahamiyat berishimiz 
lozimdir”.
Fitrat bolalaming toza havoda bo‘lishlari, atrof, tabiat go‘- 
zalhklaridan estetik zavq ola bilishlariga ahamiyat beradi va deydi: 
“Havo inson uchun ovqatdan ham muhimdir. Besh-olti soat 
ovqatsiz turish mumkin, bir daqiqa havosiz turish mumkin emas. 
Shuning uchun go'daklami hamma vaqt sof havoga, bog‘- 
chorbog‘larga olib chiqish lozimdir. Farangdagi shaharlaming har 
taraflarida bolalar uchun chorbog‘lar, havo maydonchalar yaratil- 
gan. Bulardan tashqari, ulaming maktablarida bolalar tanaffus 
vaqtlarida maxsus maydonchalarda turli o‘yiniar o‘ynaydilar.
Fitrat bolalaming jismoniy tarbiyasida turli harakatli o‘yinlar 
katta o‘rintutishini ham aytib o‘tadi. Ota-onalariga o‘zbolalarining 
shunday o'yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishlarini ta’min etishlarini 
maslahat beradi: Harakat har bir kishi uchun, ayniqsa bolalar uchun 
ham zarurdir. Shuning uchun bolalami jismoniy chiniqtirishda 
ulami ayrim o‘yinlar bilan mashg‘ul qilish foydalidir. Bolalami 
o‘yindan man etishning foydasi yo‘qdir. Ulaming doimo bir joyda 
o‘tirishlari, 
harakat 
qilmasiiklari 
ulami 
badanlarini 
zaif 
bo‘lishlariga olib keladi. Ota-onalar doim o‘z bolalarini o‘yinga 
tashviq va targ‘ib qilishlari lozimdir. Ammo bolalaming o‘yinlari 
odob va axloq doirasidan tashqari chiqmasligi kerak. Fitrat bu 
harakatli o‘yinlar bolaning aqli, farosati, ilmini rivojlanishiga va 
to‘g‘ri axloqiy tarbiya topishiga yordam berishi kerak, deb
425


hisoblaydi. U bu o‘yinlar orqali bolaga hayotni o ‘rgatish, aqliy va 
axloqiy tarbiya ham berish mumkin, asosiysi bolani jismonan 
chiniqtiradi, deb biladi”.
Muallif boialarga shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishni 
o‘rgatishni alohida ta’kidlab o‘tadi: “Ota-onalar va muallimlar bo- 
lalami har kuni yuzlarini sovunlab yuvdirsinlar, og‘iz va tishlarini 
tozalab yuvsinlar, doimo liboslarini nazorat qilsinlar, mumkin 
qadar bolalami chivin va pashshalar bo‘lmagan joylarga o‘tkaz- 
sinlar, chunki bu hasharotlar turli kasalliklami tarqatuvchidirlar”.
Keyinroq Fitrat fikr — aql tarbiyasi to‘g‘risida, ya’ni aql 
rivojlanishida muhokamaning roli haqida gapirib beradi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin