‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Bolaning aqliy va jismoniy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Bolaning aqliy va jismoniy
o‘sish jarayoni tabiatdagi o‘sish jarayoniga o‘xshagan bo‘ladi.
Masalan, bog‘bon daraxtlarni parvarish qiladi, uning o‘sish 
xususiyatlarini hisobga oladi. Xuddi shunday o‘qituvchi tarbiyalash 
qonuniyatiga bo‘ysinadi. о‘qitish jarayoni tabiatga o'xshab sekinlik 
bilan amalga oshadi. Tabiiylik printsipida kishini tabiatning bir 
bo‘lagi deb qarashi (xudo tomonidan bunyod etilmagan) tabiat 
qonunlari uning o‘sishiga ta’sir etadi deyishi o‘z davrida ilg‘or 
sanaladi. Lekin kishi ijtimoiy borliq bo‘lib, ijtimoiy qonun ta’sirida 
o‘sadi.
Komenskiy, tarbiyachi boladagi iste’dodni o‘stirishi kerak. 
Agar bola pedagogik ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o‘sadi. 
Kishi dunyoga kelganda kishiga xos iste’dodga ega bo‘Iadi. Xuddi 
olmadagi urug‘ga o'xshab ba’zida ko‘proq, ba’zida kamroq 
bo‘ladi.
Komenskiy tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik masalasida hamma 
narsaning asosi 4 ta deydi. Masalan: Olam 4 narsadan yuzaga 
kelgan, ya’ni; yer, suv, havo, yorug‘lik. Dunyoning rivojlanishi
431


ham 4 qismga bo‘linadi, bular: bahor, yoz, kuz, qish. Insonning 
rivojlanishi ham 4 davrga bo‘linadi; go‘daklik, bolalik, o‘smirlik, 
yetuklik. Shuningdek ta’lim jarayoni ham 4 ga bo‘linadi; 
maktabgacha tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim, oliy ta’lim.
Im um ta’lim g‘oyasi. 
Komenskiy yashagan davrda hammani 
o‘qishga tortish shart emas, qobiliyatli kishigina o‘qishi kerak, 
degan g‘oya mavjud edi. Komenskiy esa o ‘qishga hammaning 
tortilishini, hamma o‘z ona tilida umum boshlang‘ich ta’lim olishi 
kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to‘g‘risida gapirganda ayollami 
ham hisobga oladi. o‘sha davrda xotin-qizlar uchun o‘qish juda 
katta muammo edi, shunga qaramay, u bu masalani ilgari surdi.
Komenskiyning pedagogik nazariyasining yana bir qimmatli 
tomoni 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin