‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Ta’lim mazmuni va uning tuzilishi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

2. Ta’lim mazmuni va uning tuzilishi
Pedagogik nazariyada taiim mazmuniga turlicha talqinlar 
berilgan boiib, ba’zida ushbu talqinlar bir-birini inkor etuvchi 
hollar ham uchrab turadi.
D.Dyui o‘zining “Dunyodan - bolaga, boladan - dunyoga” 
kitobining 
(1921y.)
“Bola va o£quv dasturi” 
{«The Child and
Curriculum
») bobida mazmun va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi 
mimosabatni shunday ta’riflagan: “0 ‘rgatayotgan faningizni 
qismlarga boiing... Uning alohida qismlarini bosqichma-bosqich 
o‘rganishga majburlang va bola fanni toialigicha egallaydi. 
0 ‘qitishning bunday tamoyilini tutganda darsliklar shunday
106


yozilishi kerakki, u mantiqiy qismlarga bo‘linishi va ular mahhim 
ketma-ketlikda joylashishi hamda ushbu qismlami o‘rgatish 
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak... Agar ta’lim 
mazmuni o‘quvchining asta sekin shakllanib va kengayib 
borayotgan tafakkurida ma’lum o‘rin egallashi, keyingi faoliyatida 
foydali bo‘lsa, o‘quvichining “qiziqishini” uyg‘otish uchun xilma- 
xil metodik harakatlarga ehtiyoj qolmaydi”. Ko‘rinib turibdiki, 
ta’lim berishda uning mazmuni metodologiyaga 
(uning ahamiyatini
pasaytirmagan holda)
nisbatan birlamchi o‘rinda turadi. Aynan 
ta’lim mazmuni o‘qitish strategiya, yondashuv, texnologiya va 
metodlami qanday bo‘lishini belgilab beruvchi birlamchi omildir.
Ta’lim mazmuniga ijtimoiy-madaniy jihatdan qaraydigan 
bo‘lsak, u insonni jamiyatdagi hayotga tayyorlash va ijtimoiy 
ahamiyatga ega vazifalarni bajarishga tayyorlovchi, ma’lum 
pedagogik qoidalarga moslashtirilgan bilim, ko‘nikma va 
malakalar, ijodiy faoliyat vosita va usullaridan iborat tizimdir. 
Boshqacha so‘z bilan aytganda, ta’lim mazmuni ~ ilmiy bilim, 
ko‘nikma 
va 
malakalar 
tizimi 
bo‘lib, 
ularni 
egallash 
o‘quvchiiarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining rivojlanishi, 
ulaming dunyoqarashi va ahloq normalarining shakllanishi, 
ijtimoiy hayot va mehnat faoliyatiga tayyorlanishi ta’minlanadi.
Zamonaviy didaktikada ta’lim mazmuni va uning strukturasi 
haqida so‘z borganda turli yondashuvlar mavjud. Uning birinchi 
sababi shundan iboratki, ta’limning maqsadlari hamda uning 
amalga oshiradigan vazifaiari jiddiy tarzda o‘zgarganligidadir. 
Yana bir sababi esa ta’lim - insoniyat tomonidan erishgan fan 
yutuqlari va madaniy me’roslami o‘quvchilar tomonidan egallash 
degan tushuncha о‘quvchiiarning o‘z imkoniyatlarini amalga 
oshirish va ko‘zlagan maqsadlariga erishish bilan to‘qnash 
kelishidir.
Bir tomondan ta’lim mazmuni deganda o‘quvchiga bog‘liq 
bo‘lmagan tashqi ta’sir qiluvchi omil tushunilsa, boshqa jihatdan 
o‘quvchxda ta’lim olish jarayonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, 
uchinchidan esa shaxsiy va ijtimoiy madaniy jihatlar aloqasi 
tushuniladi.
107


Ta’lim mazmuniga nisbatan turli yondashuvlar va qarashlar 
mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar uning manbasi insoniyat 
tomonidan to‘plangan ijtimoiy-madaniy tajriba va merosdir.
T aiim mazmunini belgilash va shakllantirish bir nechta 
bosqich orqali amalga oshiriladi. Bular:
- taiim mazmuni yaxlit holda, o'rganiladigan ijtimoiy tajriba 
elementlari, strukturasi va ijtimoiy funksiyalari umumlashgan 
holda pedagogik talqinda berilib davlat taiim standartlarida aks 
etgan 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin