З.Та ’limning tadqiqiy metodi
0 ‘quvchilar bilish muammosini
anglab, o‘zlari izlanish rejasini belgilaydilar, taxmin (gipoteza)ni
tuzadilar, uni tekshirish yoiini muhokama qiladilar, tajribalami va
dalillami taqqoslaydilar, umumlashtiradilar.
Muammoli bayon qilish jarayonida izlanishni o‘qituvchi olib
boradi, o‘quvchilarga ilmiy isbotlash bo‘yicha fikrlash namunasini
ko‘rsatadi, o‘quvchilar faqat uning mulohazasini kuzatadilar,
muammoni hal qilishga qaratilgan qiziqishni o‘rganadilar. Shu
ningdek, ulaming shaxsida qiziquvchanlik, o‘tkir zehnlilik, musta-
qillik, o‘qishga qiziqish va ijodga intilish kabi fazilatlami
tarbiyalaydi. Boshlang‘ich taiim da muammoli vaziyatning har xil
turlari boiishi mumkin. Boshlangich sinf o^qituvchilari bolalarda
qiziqish va qiziquvchanlikni tarkib toptiradigan topishmoqlarni,
zehnni o‘ tkirlashtiradigan masala va tegishli jumboqlami ko‘p
vaqtlardan buyon qoilaydilar. Bunday hollarda muammoli vaziyat
topishmoqlar mazmunining o‘zida, shuningdek, bolalarda savolni
va shu savolga javob topish istagini vujudga keltiradigan yo‘sinda
tuzilgan masalalarda beriladi. Bunda bola to‘g'ri javob uchun
o‘zidagi bilimlar yetarli ekanini tushunadi. U masalani hal qila
olishni, buning uchun nima haqida gap borayotganini tasavvur
qilish va fikrlashning to‘g‘ri yo‘nalishini topish kerakligini his
etadi. Zehn va topqirlikni o‘stiradigan topishmoqlar hamda
masalalar bolalami mantiqan to‘g‘ri fikriashga, o‘zlari uchun
tushunarli daliliy material yuzasidan fikr yuritishning qiziqarli
tizimini topishga o‘rgatadi.
Ilmiy muammo shaxsdan mazkur sohadagi noma’lum narsa-
lami yoritishni talab qiladi. Shuningdek,
0
‘zining hal qilinishi
uchun fanda ma’lum boimagan anchagina yangi bilimlarning
o‘zlashtirilishini taqozo etadi. Amaliy muammoni hal qilish uchun
amalda kuch sarflanishi, oldingi bilimlar, ko‘nikma va malakalar
yangitdan tashkil etilishi zarur. 0 ‘quv muammosida obyektiv
yangilik boimaydi. 0 ‘qituvchi o'quvchilar oldiga har qanday
o‘quv muammosini emas, balki faqat ular tushuna oladigan va
subyektiv muammo sifatida qabul qilishi mumkin boigan
muammolami qo'yishi kerak.
Dostları ilə paylaş: