’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti


Ommaviy madaniyat to’g’risida Yevropa olimlarining qarashlari



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə11/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Ommaviy madaniyat to’g’risida Yevropa olimlarining qarashlari. Bugun ommaviy madaniyatning globallashuv tendensiyasi kuchayib, butun dunyoda, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda «madaniy mustamlakachilik» funksiyasi ortib bormoqda. Amerikancha ommaviy madaniyatning xalqaro vazifasi sifatida buni Z.Bjezinskiy ham qayd etadi. Olimning fikricha, amerikancha ommaviy madaniyatni jozibador qiladigan omillar uning demokratizmi va ijtimoiy tenglikni ifodalashidir. Bu madaniyatni to‘xtatishning iloji yo‘q, u butun jahon bo‘ylab tarqalmoqda va amerikancha turmush tarzining, demokratik g‘oyalarning ustunligini go‘yoki «tasdiqlamoqda». 3.Bjezinskiy mulohazalaridan ko‘rinib turibdiki, ommaviy madaniyat G‘arb, birinchi navbatda, AQSH manfaatlarini ifodalaydi va o‘ziga xos «madaniy bosqinchilik»ni amalga oshiradi. Amalda shunday bo‘lmokda. Hatto Yevropa mam lakatlari olimlari va siyosatchilari bundan tashvishga tushib qoldi. Yevropa mamlakatlarida namoyish etilayotgan filmlarning uchdan ikki qismi Gollivudda ishlab chiqarilgan. Ba’zi mamlakatlarda amerika filmlari 80-85 foiz ekran vaqtini egallab olgan.
Biroq ommaviy madaniyatga biryoqlama yondashmaslik darkor. Unda kamchiliklardan tashqari, ijobiy jihatlar bor. Hozirgi zamon sharoitida u bir qator ijtimoiy vazifalarni ado etadiki, bu uning madaniy hayotda etakchilik qilishini, asosiy rol o‘ynashini, universal ijtimoiy hodisaga aylanishini belgilaydi.A.Kostinailm-fandagi mavjud fikrlarni umumlashtirib, ommaviy madaniyatning quyidagi funksiyalarini alohida ajratib ko‘rsatadi:

  1. odamlarni jamiyat talablariga, turmush tarziga, mavjud voqelikka moslashtirish, ya’ni adaptatsion funksiya yaratish;

  2. illyuziyalar (xayoliy orzular) makoniniyaratish;

  3. himoyalash va rekreatsion (hordig‘ini chiqarish va o‘yin bilan band qilish) mexanizmini yaratish;

  4. iste’molchilik mafkurasini shakllantirish tizimini yaratish.

Ularning har birini alohida tahlil qilib o‘tirmaymiz, chunki bu ko‘p vaqtni va joyni egallaydi, shu bois alohida suhbatni talab qiladi. Biz ular haqda o‘rniga qarab, qisqacha fikr bildirish bilan cheklanamiz. Qolaversa, ommaviy madaniyatning adaptatsion va illyuziyalar (xayolot) olamini yaratib, kompensatorlik vazifasini bajarishi to‘grisida yuqorida qisman gapirildi. Uquvchining o‘zi ularni hayotiy tajribasi va shaxsiy kuzatishlaridan kelib chiqib yanada to‘ldirishi va rivojlatirishi mumkin.
Ommaviy madaniyatning ko‘plab boshqa, konkret funksiyalari ham bor. Ularning har biri to‘grisida ancha fikr yuritish, turli vaziyatlarda turlicha namoyon bo‘lishi, in-son va jamiyatga ta’sir ko‘rsatishini ochib berish mumkin. Ba’zi hollarda jamiyatda qanday qilib sun’iy ravishda ommaviy psixozlar, har xil ksenofobiyalar OAV va siyosiy texnologiyalar orqali vujudga keltirilishi haqida gapirish mumkin. Lekin biz yuqorida aytilganlar bilan cheklanib, faqat bir narsani qo‘shimcha qilmoqchimiz: za-monaviy axborot texnologiyalari shu darajada rivojlanib ketdiki, hatto xavfsizlik xizmatlari dunyo miqyosid nafaqat davlatlarni hatto aholini ham yoppasiga nazorat qilish, odamlarning xususiy hayoti va muloqotlarini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 2013- yil iyun oyida AQSH maxsus xizmati vakili Edvard Snouden butun dunyoni bu haqda ogohlantirib, AQSH maxsus xizmatlarini bunday ish bilan shug‘ullanayotganini fosh etganini eslash kifoya. Demak, zamonaviy ommaviy madaniyatning odamlar ongi bilan manipulyasiya qilishi, uni boshqarishi yangi texnik imkoniyatlar va vositalar bilan boyimoqda. Ma’lum bo‘lmoqdaki, kutish rejimidagi televizorlari orqali, ya’ni rozetkadan uzilmagan televizorlardan, xonadagi gapso‘zlarni eshitish va ko‘rib turish mumkin ekan.
Zamonaviy sivilizatsiyaning texnik qulayliklaridan voz kechib bo‘lmaganidek, u yaratgan ommaviy madaniyatning ko‘pchilik turlaridan va mahsulotlaridan voz kechib bo‘lmaydi, albatta. Biroq ushbu madaniyatning ba’zi ko‘rinishlari, qimor yoki narkotiklar kabi, insonning ma’naviy dunyosini emirishga qodirligini, ayniqsa, yosh bolalar va o‘smirlar psixologiyasiga juda tez ta’sir ko‘rsatishini unutmasligimiz kerak. Bugun ko‘cha-ko‘yda qulog‘iga «uyali» telefonning «shnur»ini takib olib, musiqa tinglab ketayotgan yoki jamoat transportida, turli rasmiy va norasmiy tadbirlarda smortfoni orqali internetda nimanidir ko‘rayotgan, elektron o‘yin o‘ynayot-gan Yoshlarni har qadamda uchratish mumkin. Kompyuter o‘yinlariga o‘rganib, uning bandisiga aylanib qolganlar bolalar o‘rtasida anchagina topiladi. Chet ellarda hatto kompьyuterga tobelik kasallik sifatida davolanmoqda. Bizda ham musiqa bandiligi, kompyuter bandiligi dardiga duchor bo‘lgan Yoshlar soni yildan-yilga ko‘paymoqda. Hatto dars payti ayrim o‘quvchilar, ba’zi talabalar jimgina qulogiga «shnur» tiqib musiqa tinglayotganiga yoki «uyali» telefoni yordamida elektron o‘yinlar bilan mashg‘ulligiga guvoh bo‘lasiz.
Yozma adabiyot, badiiy saviyasidan qat’i nazar, bir vaqtlar faqat elitar madaniyatga mansub hisoblangan. Bugun esa yozma adabiyotni ham, kinosan’atini ham yuksak va ommaviy madaniyatlarga birdek daxldor ijod turlari deyish mumkin. Har bir badiiy asarning inson ma’naviyatiga ta’siri uning yuksak yoki ommaviy madaniyatga mansubligi bilan belgilanadi.
Aksariyat zamonaviy detektiv, fantastik va sarguzasht janrlarga oid asarlar katta badiiy-estetik qimmatga ega emas. Ular o‘quvchilarning «badiiy axborot»ga nisbatan ma’lum ehtiyojini qondirishga, dam oldirib, vaqtini xushlashga mo‘ljallangan iste’mol tovarlaridir, xolos. Bu ayniqsa, aksariyat kino va telefilmlarga taalluqli. Vampirlar, har xil dahshatli maxluqlar (monstrlar), manyaklar, qotillar, adashib, ekstremal holatlarga tushib qolgan sayohatchilar taqdiri va kurashi, giyohvand moddalar etishtiruvchi guruhlar jinoyati va h.k.larni ko‘rsatuvchi filmlar ommaviy madaniyatning tipik mahsulotlaridir. Ular inson didini, ma’naviy ehtiyojlarini o‘ziga to‘liq buysundirib olishi hech gap emas. Jangari filmlarni, yakkama-yakka kurashlar, ayovsiz mushtlashishlarni ekranda ko‘rib ulg‘aygan ayrim Yoshlar hatto televideniya olib ko‘rsatayotgan boks bo‘yicha jahon va qit’a birinchiligi musobaqalarini, professionallarning chempionlik jangini tomosha qilishdan zerikadi. CHunki real sport musobaqalarida, jangari filmlardagidek, fantastik zarbalar, beshafqatlik, noinsoniy og‘riqqa bardosh berish va boshqa mubolag‘aviy ko‘zbo‘yamachiliklar, g‘ayritabiiylik yo‘q.
Chet ellarda zamonaviy agressiv kompyuter o‘yinlar ta’sirida ruhiyati emirilgan ayrim o‘smirlar maktabda o‘z sinfdoshlari va o‘qituvchilariga avtomatik qu-rollardan o‘t ochib, qotillik qilganliklari to‘g‘risida ma’lumotlar bot-bot tarqalib turadi. Biroq ommaviy madaniyatni faqat jangari filmlar, rok muzika yoki kompyuter o‘yinlarigina tashkil etmaydi. U juda rang-barang va sertarmoq soha. Ko‘pchilikda ommaviy madaniyat agressivlikni emas, balki real hayotga befarqlikni, loqaydlikni, ma’naviy infantillikni tarbiyalaydi, ya’ni ulg‘ayganda ham ularda balog‘atga etmagan yosh bolaga xos ruhiy kamchiliklar saqlanib qolishiga, mas’uliyat va mustaqillik tuyg‘usi yetarlicha shakllanmasligiga sabab bo‘ladi. Bundaylarning hayotiy tutumi «Sen menga tegma, men senga tegmayman. Men bilan ishing bo‘lmasin. Menga shunday hayot yoqadi» kabi tamoyillardan tashkil topgan.
Ommaviy madaniyat ijtimoiy-ma’naviy loqaydlik qatorida milliy urf-odatlar, an’analar, milliy madaniyat, yanada kengroq qaralsa, milliy manfaatlarga nisbatan befarqlikni zimdan shakllantira boradi. Vatanparvarlik, faol fuqarolik, xalqchillik va milliy o‘zlik tuyg‘ulari kishida zaiflashib ketadi. U o‘zini, nari borsa, dunyo fuqarosi, butun insoniyat farzandi deb hisoblay boshlaydi, amalda ko‘pincha bunday o‘yfikrlar ham unga yot bo‘ladi.
U endi infantil, konformist, befarq va loqayd, shijoati, tashabbusi so‘ngan. Hayot oqimi qayoqqa boshlasa, shunga ergashadi. Ijtimoiy holatini o‘zgartirishga intilmaydi, oldiga arzigulik maqsadlarni qo‘ymaydi. SHunday qilib, ommaviy madaniyat insonni haqiqiy, real voqelikdan, hayotning real muammolaridan chalg‘itadi. Hayotini, turmushini sun’iylashtiradi, vertuallashtiradi.Bu shaxslararo munosabatlarga ham taalluqli. Begonalashish kuchayib, do‘stlik, ulfatchilik, jonli muloqot odamlar o‘rtasida, birinchi galda Yoshlar o‘rtasida kamayib borayotir. Muloqot makoni endi internet. O‘zini, o‘zligini namoyon etish internetdagi har xil ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladi. Lekin, adolat yuzasidan qayd etish lozimki, ijtimoiy tarmoqlarni ham biryoqlama baholash nojoiz. Ijtimoiy tarmoqlar ba’zan odamlarning o‘z qarashlarini bayon etish, muloqot doirasini kengaytirish borasida ancha ijobiy mazmun kasb etishi mumkin. Bu ulardan foydalanadigan kishining saviyasiga va ijtimoiy mo‘ljallariga bog‘liq.
Xullas, ommaviy madaniyat ko‘plab kishilar hayotida real voqelikni siqib chiqarib, uni virtual voqelik, virtual muloqot bilan almashtirmokda. Ommaviy madaniyatning inson hayoti va ma’naviyatiga ziddiyatli ta’sirini unutmasligimiz, uning salbiy jihatlarini imkon qadar minimallashtirish choralarini ko‘rmog‘imiz lozim. Yoshlarni kitob o‘qishga qayta o‘rgatmoq, mumtoz va zamonaviy yuksak san’at asarlariga qiziqtirmoq,estetik va axloqiy tarbiya saviyasini ko‘tarmoq kerak.
Bolalar adabiyotiga, umuman, bolalar uchun mo‘ljallangan musiqa, ashula, teatr, kino asarlari yaratishga e’tibor kuchaytirilishi, jamiyatda bunday asarlarni yaratuvchilar uchun puxta o‘ylangan rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqilishi kerak. Zamonaviy ruxdagi milliy kino va teleseriallar yaratish, tariximizni, mumtoz san’atimiz va madaniyatimizni qayta anglab olishga yordam beradigan asarlar to‘g‘risida bosh qotirish lozim. Ikkinchidan, ertalabdan kechgacha, kundan kun, oydan oy faqat ijtimoiy mavzularga oid asarlar televidenya orqali namoyish qilinsa, odamlarning me’dasiga tegib qoladi, odamlar ularni qabul qilmay qo‘yadi. Sovet davrining bu boradagi saboqlarini unutmaslik kerak.
Odamlarga yengil-yelpihajviy asarlar ham, ko‘z yoshini oqizadigan melodramalar ham, sarguzasht va jangari filmlar ham, hatto dahshatli qo‘rqinchli trillerlar ham kerak. Bejiz xalq og‘zaki ijodi asarlarida jinlar, devlar, ajdaholar, yalmog‘izlar, alvastilar obrazlari, ulardan qahramonning qochib qutilishi, qarshi kurashi, g‘alabasi tasvirlanmaydi. Bunday asarlar odamlarga g‘ayritabiiy kuchlardan qo‘rquvni engishda, asablarini va irodasini chiniqtirishda yordam bergan. Hozir ham bunday asarlarga ehtiyoj bor. Endi uni folklor emas, ommaviy madaniyat qondiradi. Odamlar charchagan jismi va asablarini dam oldirishlari, tiklashlari kerak. yengil-yelpi asarlar kattalar uchun ma’lum darajada o‘yin o‘rnini bosadi. Dam berish va o‘yin bilan mashg‘ul etish ommaviymadaniyatning rekreatsion (tiklash) vazifasidir.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin