Naqliy bilimlar - ilohiy kitoblar orqali yoki turli yo’llar bilan (asosan, yozma manbalarda) o’tmish ajdodlardan yetib kelgan bilimlar.
Aqliy bilimlar - inson tafakkuri bilan yetishgan bilimlari.
Mantiqiy bilim — inson bilgan narsalarini fikriy qiyoslash ,va tahlil qilish orqali hosil qilgan bilimlari.
Nazariy bilim - mantiqiy tafakkur natijasida erishilgan bilim.
Modellashtirish — Borliq haqiqatini anglab yetish va o’zgalarga anglatishga urinishning o’ziga xos yo’nalishi, muayyan tushunchalar yoki timsollar tizimi vositasida murakkab voqelikni soddalashtirib, yaxlit shaklda ifodalash.
Tafakkur turlari — Borliq mohiyatini anglab yetishga urinishning turli usullari, asosan tushuncha, tasavvur va timsollarga tayanib olib boriladigan aqliy faoliyat turlari.
Asotir tafakkur — Borliq mohiyatini idrok etishga dastlabki urinish bo’lib, ibtidoiy jamoa, qisman qadimgi dunyo va o’rta asrlar odamining fikrlash tarziga xosdir. Bu davrlarda aksariyat insonlar g’ayb olamiga oid narsa-hodisalar va mavhum tushunchalarni moddiy voqelik ashyolaridan ajratib tasavvur qila olmaydilar, mushriklikning kelib chiqish sababi ham shunda.
Amaliy tafakkur - muayyan hayotiy tajriba asosida amaliy xulosa qilish.
Timsoliy tafakkur — asosiy tafakkur turlaridan, badiiy tafakkurning asosi, o’z fikrini ramz va timsollar vositasida ifodalash.
Tarixiy tafakkur — asosiy tafakkur turlaridan, turli manbalar orqali aniqlangan ma'lumotlarga tayanib xulosalar qilish.
Evristik tafakkur — asosiy tafakkur turlaridan, ilohiy ilhom, ilmiy va badiiy ijod jarayonida tamomila yangicha g’oyalar, yechimlar, timsol va tasavvurlarning yaxlit shakllanishi