’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə43/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Islom ma'rifatchiligi bosqichi — milliy ma'naviyatimizning islom mintaqa madaniyati doirasidagi takomilining ikkinchi bosqichi va yetakchi tamoyillaridan biri, X—XI asrlarda o’zining eng yuksak takomilini namoyon qilgan va Tavhid haqiqatini mantiqiy tafakkur darajasida anglab yetishga erishilgan bu tamoyilni Ilm ma'rifati deb ta'riflash joizdir. "Islom ma'rifatchiligi" insoniyat anglab yetgan barcha mavjud bilimlar mohiyatan Tavhid e’tiqodiga muvofiq ekanligini ilm va mantiqiy tahlil vositasida isbot qilishga qaratilgan turli yo’nalishdagi qomusiy allomalar guruhining umumiy faoliyatini anglatadi.

  • Kalom (ilmi) — naqliy va aqliy bilimlar uyg’unligiga tayangan xos islom falsafasi va ilohiyot ilmi. Kalom ilmining dastlabki yirik oqimi bo’lgan mo’tazila din aqidalarini aql tarozisida o’lchab talqin etishga asoslangan edi, bu oqim vakillari islomning eng muhim ikki masalasi - Adolat va Tavhid tushunchalari talqinida shu darajada ilgari ketdilarki, ular izidan islom ma'rifatchiligining buyuk talqini kelishi davrning mantiqiy taqozosi bo’lib qoldi. Xalifa Ma'mun (813— 833) davrida islomning mo’tazila talqini rasmiy ta'limotga aylandi va hatto mo’tazilaning Qur'onning yaratilganligi haqidagi qarashiga qo’shilmagan ruhoniylar tazyiq ostiga olina boshlandi. Bu holat to 849-yilda xalifa Mutavakkil (847—866) bunday bahslarni taqiqlash haqida farmon chiqarguncha davom etdi. X asrga kelib, kalom ilmining ashariya va moturidiya oqimlari shakllandi. Kalom falsafasi Tavhid ta'limotini minta-qadagi barcha eski aqidalar majmuyidan har tomonlama ustunligini aql va mantiq qudrati bilan isbotlab bergach, islomning ma'naviy mavqeyi beqiyos yuksalib ketdi, shu bilan birga Qur'oni karim oyatlarida ta'kidlangan tarixiy tadrijiylik qoidasi chuqurroq idrok etila boshlandi. Allohning oxirgi kitobi keltirgan ma'naviy boylikni teran anglab yetish uchun islomgacha yaratilgan butun madaniy merosni chuqur o’rganish va to’g’ri talqinda o’zlashtirish lozimligi ma'lum bo’lib qoldi.

  • Falsafa — Borliq haqiqatini (Borliqning mohiyati, unda insonning o’rni va vazifasi kabi eng umumiy muammolarni) mantiqiy tafakkur asosida anglab yetish va anglatishga urinish, aniqroq aytganda, Borliq haqiqatini turlicha xususiy timsol-tushunchalar asosida modellashtirishga urinish. Islom mintaqa madaniyati doirasida qadim yunon falsafiy maktabi an'analarini tavhid ta'limoti doirasida rivojlantirgan Forobiy, Ibn Sino kabi allomalarimiz merosi shu nom bilan atalgan.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin