’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə39/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Tarbiyashunoslik (Pedagogika) — ta’lim-tarbiya sohasining dolzarb masalalarini tadqiq etish bilan shug’ullanuvchi maxsus fan bo’lib, ma'naviyat sohasiga aloqador fanlar tizimiga kiradi. Ma'rifat yo’llari (jumladan, ibrat va ilm, riyozat va mehr) orqali ifodalanuvchi o’zlikni anglash ya'ni ko’ngil ko’zgusini sayqallash jarayoni milliy pedagogikamizning asosiy mavzularidandir.

  • Ibrat — milliy ma'naviyatimizga xos ma'rifat yo’llaridan biri, el-yurt ehtiromiga sazovor ulug’ bir insonning yashash tarzi, e’tiborga loyiq xatti-harakatlaridan namuna olib, hayotda ularga rioya qilish. Jumladan, islom ma'naviyatida payg’ambarimiz Muhammad(s.a.v) ibratlari yetakchi ahamiyatga egadir. Shu bilan birga ibrat ma'rifatini ko’r-ko’rona taqliddan farq qilish juda muhim.

  • Riyozat - milliy ma'naviyatimizga xos ma'rifat yo’llaridan biri, muayyan ezgu maqsad yo’lida barcha qiyinchiliklarga bardosh berib, olg’a intilish. Islom mintaqa madaniyati doirasida riyozat ma'rifatini yuksak mukammallik darajasiga olib chiqishda tasavvuf piri murshidlarining xizmati beqiyosdir.

  • Oliy ma'naviy qadriyatlar — inson ruhining Borliq haqiqati bilan uyg’unlashuvining turli darajalarini ifodalovchi timsol-tushunchalar. Shaxs va millat ma'naviy kamolida besh daraja sifatida besh ulug’ ma'naviy qadriyatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular — Vatan, Shaxs, Millat, Adolat, Haqiqat. Bularning har biri bir paytning o’zida ham Millat ma'naviyatining bosh tayanchlari, murakkab ichki mundarijaga ega bo’lgan timsol-tushunchalardir.

  • Vatan (tuyg’usi) — milliy ma'naviyatimizga xos Oliy ma'naviy qadriyat, inson ruhining Borliq haqiqati bilan uyg’unlashuvining avvalgi darajasi, har bir insonning muayyan moddiy makonga ma'naviy munosabati. Bu timsol-tushunchaning ma'no ko’lami yana o’z ichki takomil darajalariga ega (1-ruh uchun badan, 2-xonadon, 3-shahar, qishloq, 4-mamlakat, 5-ona sayyora).

  • Shaxs (tuyg’usi) - milliy ma'naviyatimizga xos Oliy ma'naviy qadriyat, inson rahining Borliq haqiqati bilan uyg’unlashuvining ikkinchi darajasi, har bir inson ma'naviy takomilning muayyan bosqichiga ko’tarilib, o’zligini anglay boshlagan holati.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin