’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti


Botin '— ichki, inson ruhiyatiga oid tashqi sezgi a'zolari bilan bilib bo’lmaydigan jihatlar. "Majoz tariqi"



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə47/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Botin '— ichki, inson ruhiyatiga oid tashqi sezgi a'zolari bilan bilib bo’lmaydigan jihatlar.

  • "Majoz tariqi" — milliy ma'naviyatimizning islom mintaqa naadaniyati doirasidagi takomilining to’rtinchi bosqichi va yetakchi tamoyillaridan biri, "Al-majoz-u qantarat ul-haqiqa" (Majoz haqiqatning ko’prigidir) hadisiga tayanuvchi alohida dunyoqarash tizimi. XIV—XV asrlarda to’kis shakllangan Tavhid haqiqatini anglab yetishning eng yuqori pog’onasini tashkil etuvchi ushbu tamoyil Borliq haqiqatini anglab yetishning badiiy adabiyotga xos maxsus yo’nalishi bo’lib, Alisher Navoiy ijodida o’zining ham nazariy, ham amaliy mukammal ifodasini topdi. Bu tamoyilning ulug’ mutafakkir shoir "pok ishq" deb atagan o’zak timsol-tushunchasini bugungi kun xalqimiz tilidagi aniqifodasidan kelib chiqib mehr ma'rifati deyilsa, xato bo’lmas. "Majoz tariqi" Haqiqat izlovchilarni yana baqodan fanoga yuzlantirdi. O’zligini anglab yetganlar o’z qalbiga sayqal berib, unda Haqiqat nurining aks etishiga erishganlar endi o’zgalar qalbiga ziyo baxsh etishni hayot mazmuniga aylantirmoqlari asosiy maqsad yo’nalishi qilib belgilandi. Alisher Navoiy talqiniga ko’ra yetakchi qoida "Majoz tariqi" namoyandalari Haqiqat asrorini majozdan izladilar, "majoz"da Haqiqat izlarini ko’rdilar va fano orqali baqoga intildilar.

  • Badiiy ijod tariqi - adabiyot nazariyasiga oid muhim tushuncha, badiiy adabiyotning mazmuniy jihati, ya'ni badiiy tafakkur qonun-qoidalariga aloqador bo’lib, arab tilidagi "tariq" so’zi qadim yunon tilidagi "metodos", ya'ni "yo'l", "borliqni anglab yetish va aks ettirishning o’ziga xos yo’li" ma'nosini anglatadi. Alisher Navoiy ushbu atamadan ijodiy foydalanib, islom mintaqa adabiyotida "haqiqat tariqi" va "majoz tariqi" deb atalmish ikki adabiy yo’nalish va badiiy ijod tariqi mavjudligini kashf etdi va ularing har birini qisqacha ta'riflab, XII-XV asrlarda yashab forsiy va turkiy tillarda ijod etgan ulug’ shoirlarning qaysi biri qaysi yo’nalishga mansub ekanligini aniq ko’rsatib berdi. Natijada badiiy ijodga Borliq mohiyatini idrok etish va ijodiy akslantirishning alohida bir yo’nalishi sifatida ongli yondoshuv islom mintaqasida Yevropadan bir necha asr ilgari mukammal shakllandi. Alisher Navoiyning badiiy ijod tariqiga oid nazariy mulohazalari "Mahbub ul-qulub" risolasi "Avvalgi qism"ining "Nazm gulistonining xushnag’ma qushlari zikrida" deb atalgan 16-faslida mukammal bayon qilingan.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin