Axloqiy fazilatlar — shaxs ma'naviyati turli qirralarining inson amaliy faoliyatida doimiy asosda namoyon bo’lishi, inson qalbidagi ma'naviyat nurining jilolari.
Axloqiy qusurlar — insonning ko’ngil ko’zgusidagi zang va chirklarning o’zgalar nigohiga namoyon bo’lishi.
Axloqshunoslik (Etika) - Ma'naviyat sohasiga aloqador fanlar tizimiga mansub bo’lib, inson xulqi, uning axloqiy fazilatlari va qusurlarining xolis tahlili bu fanning asosiy mavzusi (predmetini) tashkil etadi.
Adolat tarozisi — ijtimoiy-ma'naviy ahamiyatga ega bo’lgan timsol-tushuncha bo’lib, har bir zamon va makonda o’ziga xos ko’rsatkichlarni namoyon etadi va har bir insonning barcha fazilat va nuqsonlarini, iste'dod va kamchiliklarini aniq «vaznini» belgilab, o’shanga yarasha har bir shaxsning ijtimoiy qiymatini o’lchash va baholashga xizmat qiladi
Milliy adolat– o’z millatiga mehr tuyg’usi o’zga millat namoyandasiga nisbatan noxolis yondoshuvga sabab (bahona) bo’lmasligi.
Diniy adolat — o’z e'tiqodiga sodiqlik tufayli o’zga e'tiqod egasiga noxolis munosabat izhor etmaslik.
Siyosiy adolat— siyosiy hokimiyatning yagona manbayi xalq irodasi deb tan olinishi va Qonun ustuvorligi tamoyiliga qat’iy rioya qilinishi.
Ijtimoiy adolat — barcha ijtimoiy toifalarning jamiyatda o’z o’rni mavjudligini va qonun oldida ularning o’zaro teng huquqlarga ega ekanligini e'tirof etish.
Dehqon — xususiy yer-mulk egasi bo’lgan mehnatkash toifa (fermer chorvador, bog’bon). Ijtimoiy vazifasi: millatning boquvchisi, birlamchi moddiy ne'matlar yetishtiruvchi. Bosh ma'naviy fazilati: tabiatga mehr.
Ziyoli — ma'naviyat sohasida yetakchi ijtimoiy toifa (san'atkor, olim, muallim), muayyan sohaning oliy toifali mutaxassisi (vrach, muhandis, agronom) Ijtimoiy vazifasi. Millat tarbiyasi, ma'naviy qadriyatlarni shakllantirish, turli sohalarning ilmiy asoslarini ishlab chiqish. Bosh ma'naviy fazilati: Borliq haqiqatini anglash va anglatishga intilish. O’tmishda ahli ilm, darveshlar, ahli hunar shoir va voizlar shu toifaga mansub bo’lganlar.
Hunarmand-kosib — xususiy mulk egasi bo’lgan mehnatkash toifa vakili, qo’li gul usta. ijtimoiy vazifasi: sanoat sohasida mustaqil ishlab chiqaravchi. Bosh ma'naviy fazilati: mahorat. O’tmishda"ahli futuvva" ayni shulardan bo’lgan.
Ishchi — yollanma mehnat asosida ish bajaruvchi ijtimoiy toifa. Ijtimoiy vazifasi: mijozlarga xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etish. Bosh ma'naviy fazilati: mehnatkashlik.
Xizmatchi — yollanma mehnat asosida turli xizmatlar bajaruvchi ijtimoiy toifa Ijtimoiy vazifasi: turli tashkilot va muassasalarda tashkiliy ishlarni amalga oshirish. Bosh ma'naviy fazilati: hozirjavoblik.
Siyosiy arbob — davlat va boshqa siyosiy tashkilotlarning mas'ul rahbarlik lavozimidagi asosan, ziyolilar toifasiga mansub guruh vakili. Ijtimoiy vazifasi: siyosiy boshqaruv orqali mamlakatning siyosiy mustaqilligi va ijtimoiy barqarorligini ta'minlash. Bosh ma'naviy fazilati: millat taqdiri oldidagi mas'uliyatni his etish.
Harbiy — mamlakat qurolli kuchlari, ichki ishlar va xavfsizlik sohasida xizmat qiluvchilar. Ijtimoiy vazifasi: Millat himoyachisi, tinchiik paytida ham favqulodda holatlarga doimiy jangovar hozirlik saqlash, insonlar hayotiga xavf tug’diruvchi jinoyatlarning oldini olish. Bosh ma'naviy fazilati: fidoyilik.