Iqtisodiy adolat — bozor iqtisodi qonuniyatlariga (mulk shakllarini erkin tanlash huquqi, talab va taklif erkinligi, erkin raqobat tamoyillariga) rioya qilish.
Iqtisodiy munosabatlar — har bir insonning o’z moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida o’zga insonlar bilan turli munosabatlarga kirishuvi.
Shaxsning iqtisodiy mustaqillik mas'uliyati — har bir balog’at yoshidagi inson o’zi va o’z qo'l ostidagilar moddiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda va halol yo'l bilan ta'minlash zaruratini to’g’ri anglab yetib shunga yarasha harakatda bo'lishi. Inson — hayvon emas, ammo farishta ham emas. Unga faqat biologik mavjudot deb qarash yetarli bo’lmasa-da, ammo moddiy mavjudligini ta'minlash ehtiyoji va o’zidan so’ng zurriyot qoldirish vazifasi har bir insonda mavjud ekanligini ham inkor etib bo’lmaydi. Inson o’z moddiy mavjudligini umr bo’yi, uzluksiz ta'minlab borishga majbur, busiz u o’zga hech qanday vazifani bajara olish imkonini topmaydi.
Qiymat — har bir narsa-hodisaning iqtisodiy o’lchovlarda ifo-dalangan salmog’i.
Baho — har bir narsa, hodisaning muayyan zamon va makon o’zgarishi bilan o’zgarib turuvchi qiymati.
Ibtidoiy (natural) xo’jalik — insonlar jamoasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosiy tarixiy shakllaridan biri, har bir insonning o’z moddiy ehtiyojlarni qondirish uchun tabiat bilan bevosita amaliy mu-nosabatlarga kirishib, o’z aqli, malakasi, mehnati yordamida o’zi va oilasi uchun rizq topishi.
Bozor iqtisodi — mulk turlarining xilma-xilligi, erkin talab va taklif asosida o’zaro mahsulot almashuviga tayanuvchi tizim.
Total (yalpi) davlat iqtisodi - insonlar jamoasidagi iqtisodiy munosabatlarning tarixiy shakllaridan biri, barcha mulk davlatga qarashli bo’lib, barcha ishlab chiqarish va taqsimot davlat ixtiyorida bo’lishi. Bunday tuzumda ilojsiz ravishda total siyosiy va mafkuraviy istibdod (diktatura) mavjud bo’ladi. Iqtisodiy rivojlanish asta-sekin susayib boradi.