’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə54/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Nafsi mutma'inna — sokin muvozanatga erishgan, xotirjam, gunohlardan tiyilgan nafs. Qur'oni karimning "Al-Fajr" surasida eslanadi.

  • Nafsi mulhama — ilhomlangan nafs tarbiyasining bu darajasiga erishgan insonlar o’zgalarga beminnat yordam ko’rsatishga moyil bo’ladilar, savob uchun vaqtini, molini, mehnatini ayamaydilar.

  • Nafsi marziya — rozi bo’lgan nafs, Alloh taqdir etgan yaxshi-yomon ishlarga sabr qiluvchi,turmush og’irliklariga bardoshli, odamlarning noo’rin munosabatlaridan xafa bo’lib, gina qilmaydigan insonlar nafsi.

  • Nafsi sofiya — dunyo orzu-havaslaridan. obro'-e'tiborga intilish tamoyillaridan butkul forig’lik darajasiga erishgan nafs, oriflik maqomiga yetishgan piri murshidlar, valiylar nafsi

  • Nafsi komila — payg’ambarlar nafsi. Oddiy kishilar nafs tarbiyasi bilan bu darajaga yetishi qiyin, ammo komil nafs egasi bo’lishga intilish ma'naviyat nishonasidir'.

  • "O’simlik ruhi" - milliy ma'naviyatimiz an'analarida ruhshunoslik ilmiga oid timsol-tushuncha, barcha biologik mavjudotlar (nabotot, ya'ni o’simliklar, hayvonot va insonlar) uchun umumiy bo’lgan oziqlanish va o’sish xususiyati, "quyi olamdan" (Azizuddin Nasafiyning "Zubdat ul-haqoyiq" risolasi asosida).

  • "Hayvon ruhi" — milliy ma'naviyatimiz an'analarida ruhshunoslik ilmiga oid timsol-tushuncha, tirik mavjudotlar (hayvonlar va insonlar) uchun umumiy bo’lgan erkin harakatlanish va nafs (ya'ni, moddiy mayllar)ga ega bo’lish xususiyati, "quyi olamdan" (Azizuddin Nasafiyning "Zubdat ul-haqoyiq" risolasi asosida).

  • "Inson ruhi" — milliy ma'naviyatimiz an'analarida ruhshunoslik ilmiga oid timsol-tushuncha, barcha inson zoti uchun umumiy bo’lgan tafakkur (fikrlash, aql ishlata bilish) va nutq (fikrini erkin bayon eta bilish) xususiyati, (Azizuddin Nasafiyning "Zubdat ul-haqoyiq" risolasi asosida).

  • "Muqaddas ruh" — milliy ma'naviyatimiz an'analarida ruhshunoslik ilmiga oid timsol-tushuncha, haqiqiy imon egalari, payg’ambarlar va valiylar (orif insonlar) rahiyatiga aloqador g’ayb olami bilan tutashlikni anglatuvchi atama, "yuqori olamdan" (Azizuddin Nasafiyning "Zubdat ul-haqoyiq" risolasida "osmoniy farishtalar jinsidan" deb ta'riflanadi).

  • Axloq — har bir shaxs ma'naviyatining uning xulqida, o’zga insonlarga munosabatida aks etishi, yuzaga chiqishi. Ma'naviyat va siyosat sohalarining kesishuvida namoyon bo’ladi.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin