’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə60/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Irfoniy tafakkur — murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, ilohiy ilhom, riyozat va ilohiy jazba natijasida hosil qilingan laduniy bilimlami timsol va ishoralar vositasida ifodalash.

  • Falsafiy tafakkur - murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, mantiqiy va evristik tafakkur asosida Borliq haqiqatini modellashtirishga urinish.

  • Ilmiy tafakkur — murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, mantiqiy va evristik tafakkurga hamda maxsus amaliy tajribalarga tayangan holda muayyan nazariy muammoni hal qilishga urinish.

  • Riyoziy (matematik) tafakkur — murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, aniq formulalar, chizmalar, tenglamalar, raqamlar nisbati vositasida o’z fikr va g’oyalarini ifoda etish.

  • Estetik tafakkur — murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, muayyan hayotiy hodisalarga go’zallik va ichki uyg’unlik talablaridan kelib chiqib munosabatda bo’lish.

  • Badiiy tafakkur — ko’proq timsoliy va evristik tafakkur asosiga qurilgan murakkab tarkibli tafakkur turlaridan bo’lib, ijodkorning Borliq haqiqati haqidagi o’z tasavvurlarini. hayotiy yoki xayoliy timsollar tizimi vositasida modellashtirishi. Badiiy timsol haqiqatni o’zida to’liq ifodalashga da'vo qilmaydi, faqat unga ishora qiladi.

  • Nafosatshunoslik (Estetika) — Ma'naviyat sohasiga aloqador fanlar tizimiga mansub bo’lib, badiiy tafakkur qonuniyatlari, go’zallikning mohiyati, moddiy borliq va san'atning turli sohalarida shakl va ma'no uyg’unligi masalalari ushbu fanning asosiy mavzusi (predmeti) ni tashkil qiladi.

  • Axloqiy tafakkur — murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, insonlarning amaliy faoliyatini muayyan ma'naviy-axloqiy tartib-qoidalar nuqtayi nazaridan baholash.

  • Siyosiy tafakkur — murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, ijtimoiy hodisalarga muayyan siyosiy manfaatlar nuqtayi nazaridan yondoshish.

  • Huquqiy tafakkur — murakkab tarkibli tafakkur turlaridan, insonlarning xatti-harakatlariga muayyan qonunlar bilan belgilangan huquqiy normalar nuqtayi nazaridan yondoshish.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin