’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə61/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Tavhidiy tafakkur - Insoniyatga xos barcha tafakkur turlari yagona Borliq haqiqatining turlicha jilolari ekanini anglab yetib, e'tirof etish, o’zgacha fikrlovchi insonni tushunishga intilish, XXI asr odamining fikrlash tarzi.

  • Jahon madaniyati — turli o’lka va mintaqalarning o’ziga xos madaniyatlari majmuyidan iborat bo’lib, mavhum bir shakldagi umum-insoniy madaniyat hayotda asli mavjud emas. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida avval muayyan kichik jamoalar doirasida shakllangan madaniyat unsurlari bora-bora kengroq miqyos kasb etib, turli elat va millatlar, mintaqalar madaniyati darajasiga ko’tarilib bordi va nihoyat Yangi davrga kelib yaxlit bir voqelik sifatida idrok etila boshladi.

  • Umuminsoniy (ma'naviy) qadriyatlar — ularni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, aslida dastlab har bir millat ma'naviy qadriyatlari o’ziga xos tizim shaklida namoyon bo’ladi, keyinroq har bir xalq, har bir elat o’z tarixiy tajribasi davomida asta-sekin shakllantirib borgan bunday tizimlar turli elat va millatlarning o’zaro munosabatlari tufayli bir-birini tushunish, barcha xalqlar uchun umumiy bo’lgan jihatlarni tadrijiy anglab borish jarayonida asta-sekin umuminsoniy mohiyat kasb etib boradi. Zotan, milliy ma'naviyatimiz zamirini bizni o’zgalardan ajratib turuvchi mohiyatlar emas, balki birlashtiruvchi omillar tashkil etadi.

  • Din —muayyan insonlar guruhining Borliq Haqiqati haqidagi (odatda ilohiy vahiyga asoslangan) tasavvurlari, ularga qat'iy ishonchi, shu ishonchga muvofiq amal qilishga intilishi. Dinning botiniy va zohiriy jihatlari mavjud bo’lib, botiniy jihati imon, zohiriy jihati ibodatlardir. Imon masalasi din va ma'naviyatning umumiy jihati bo’lib, diniy imon ma'naviyatning muayyan jihatiga nisbatan xususiy holdir.

  • Islom dini — Muhammad(s.a.v.) ga vahiy orqali nozil bo’lgan Allohning oxirgi kitobi Qur'oni karimda va Payg’ambarimizdan yetib kelgan sahih hadislarda o’z ifodasini topgan e'tiqod tizimi.

  • Musulmonchilik — Allohning borligi va birligi hamda Muhammad (s.a.v.) uning oxirgi haq payg’ambari ekanligiga imon keltirgan barcha insonlarning islom dini haqidagi tasavvurlari. Islom madaniyati tarixida islom aqidalarini tushunishdagi turlicha qarashlarning mavjud ekanligi islom va musulmonchilik o’zaro bog’liq bo’lgan turli voqeliklarni anglatishini ko’rsatadi.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin