’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə63/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Ijtimoiy-siyosiy bilimlar — insonlararo munosabatlarga oid bilimlar. Bu sohada qoniqarli xulosalarga erishish uchun ham ilohiy, ham irfoniy, ham aqliy, ham naqliy bilimlarga tayanib ish yuritish kerak bo’ladi. Birortasi hisobga olinmasa, xatoga yo'1 qo’yish ehtimoli ko’payadi. Chunki aslida bu •■sohadagi tushunchalar tarixan shakllanadi. Ularni anglab yetish uchun mintaqa va millat tarixini, uning madaniy merosini chuqur o’rganish zarur.

  • San’at - Borliq haqiqatini anglab yetish va anglatishning mustaqil yo’li, taxayyul o’yinlari vositasida Borliq haqiqatini model-lashtirishga urinish. San'at ma'lum ma'noda insoniyatning bolalik odatidan rivojlanib chiqqan. Bola o’ynaydi, o’yin orqali hayotiy ko’nikmalar hosil qilib boradi. San'at turlari ham o’ynab turib o’rgatadi, uning timsollari hayot ibratlaridir. Bolaning o’yini — beg’araz. Kattalarning o’yiniga esa doimo g’araz xavf solib turadi. Ammo haqiqiy san'atkor o’z ishiga beg’araz yondoshsagina, u hayot haqiqatini uyg’un aks ettira oladi.

  • Taxayyul — (qadim Yunon terminologiyasida "imaginatsiya", ruscha "вoo6paжение"), Borliq haqiqatini anglab yetish va anglatishda asotir tafakkur, falsafiy va badiiy tafakkurning asosiy vositasi bo’lib, ijodkor shaxsning Borliq haqidagi o’z tasavvurlarini xayoliy timsollarda modellashtirishini bildiradi. Uning mohiyati taniqli rus olimi Y. Golosovkerning "Jioгика мифа" kitobida batafsil izohlab berilgan.

  • O’yin — jonli mavjudotlar, (inson va hayvonlar) tabiatiga xos ixtiyoriy harakat tizimi bo’lib, faol dam olish va hayotiy ehtiyojlarga moslashish usuli. Bola o’ynaydi, o’yin orqali bola hayotni o’rganadi. Sport, adabiyot va san'atning barcha turlariga ham ma'lum darajada ana shu tamoyil xos bo’lib, inson zoti ular orqali "o’ynab turib" jismoniy va ma'naviy kamol topib boradi

  • San'atshunoslik - san'atning turli yo’nalishlarini o’rganuvchi fan bo’lib, bugungi kunda musiqashunoslik, teatrshunoslik, kinoshunoslik, kabi turli yo’nalishlarga tarmoqlanib ketgan. Borliq haqiqatini turli badiiy tasvir vositalari asosida modellashtirishning o’ziga xos yo’llarini o’rganishi jihatidan ma'naviyat sohasiga aloqador fanlardan hisoblanadi.

  • Badiiy adabiyot — san'atning bir turi, inson ruhini Borliq haqiqati bilan uyg’unlashtirishga intiluvchi asosiy vositalardan bo’lib, milliy ma'naviyatimiz an'analarida ibrat maktabi, mehr parvarishidir. Mumtoz adabiyot o’z mohiyatiga ko’ra Borliq haqiqatining botiniy sirlarini zohiriy timsollar vositasida majoziy ifodalash qudratiga ega.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin