’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə49/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

"Siddiqlar ishqi" — Alisher Navoiyning ta'rifiga ko’ra moddiy olam orzu-havaslarini butkul tark etgan tasavvuf ahliga xos bo’lib, ular "Oliy haqiqatning tajallisi (nurlanishi) jamolig’a uning (moddiy olam mavjudotlari qiyofasidagi) ko’rinishidan tashqari, bevosita maftun bo’lganlar va o’zlarini shu yo’lga taslim etganlar va ushbu (Oliy haqiqat jamolini bevosita) ko’rishga intilish behushligida idrok qilish qobiliyati ulardan begona bo’lgan. Ularni (Oliy haqiqatni bevosita) ko’rish (istagi) butkul g’arq etgan va ular g’arq bo’lishdan o’tib, halok bo’lish darajasiga yetganlar...», «Agar hodisalar bo’roni osmon gulshanining bir qabatini uchirib ketsa - ular bexabar va agar yulduzlar gulbargini har tomonga sovursa, bularga ta'sir qilmaydi. Ularning hislari Haq jamolini ko’rish tashvishi bilan ishdan chiqqan, shavq-zavqlari esa, unga bo’lgan ishq hujumlari ostida yo’qolib bitgan...» Adibning bunday mubolag’ali ta'riflarida uning «siddiqlar», ya'ni tarkidunyochi tasavvuf ahli qarashlariga munosabati aniq aks etgan bo’lib, bu daraja fidoyi e'tiqodga ehtirom tuyg’ulari bilan bir paytda ularning moddiy dunyo, real insonlar tashvishidan uzoqlashib ketganliklari, «xalq g’amidin g’ami» yo’qligiga muayyan ishoralar ham mavjud.

  • "Xavos" — 1) xos kishilar, Alisher Navoiy nazdida o’zligini anglab yetgan, ya'ni, o’zining Borliq haqiqatiga nisbatini to’g’ri anglab yetib, shunga yarasha hayotiy mezonlarini belgilab olgan, o’z insonlik burchini teran idrok etib, shunga yarasha amal qiluvchi yuksak ma'naviyatli ogoh shaxslar; 2) XIX - XX asrlarga kelib, oddiy xalq tushunchasida yuqori tabaqa vakillari, beklar, aslzodalar,"zodagonlar" ma'nosida ishlatila boshlagan.

  • "Avom" — 1) omi odamlar, Alisher Navoiy nazdida ijtimoiy kelib chiqishi, boyligi va amalidan qat’i nazar, o’zligini anglab yetmagan, ma'naviy saviyasi past bo’lgan insonlar, agar kimki o’zligini anglab yetmagan bo’lsa, o’zini yeb-ichib, "kayfi safo qilib" yurishdan ortiqqa arzitmasa hanuz u haqiqiy shaxs maqomiga ko’tarilmagan, oddiy bir "xudoning maxluqi" darajasida qolib ketgan, bunday insonlarning jamlanmasi esa "xalq" emas, "olomon" atalishga loyiq bo’ladi. Haqiqiy fuqarolik jamiyati, o’zini muayyan millatga mansub deb bilgan shaxslar ogoh odamlardan iborat bo’lmog’i kerak; 2) keyingi davrlarda yuqori tabaqa vakillari orasida "qora xalq", past tabaqa vakillari ma'nosida ishlatila boshlagan.

  • "Ahli qabul" — Alisher Navoiy nazdida Borliq Haqiqatini e'tirof etuvchi, , insof va diyonat,sabr va rizolik, halollik va mehr yo’lini tanlagan imon-e'tiqodli insonlar.

  • "Ahli rad" — Alisher Navoiy nazdida Borliq Haqiqatini tan olishdan bosh tortuvchi, norizolik va badbinlik, xiyonat va xudbinlik, harom va qahr yo’lini tanlaganlar, imonsiz kishilar.


  • Yüklə 2,18 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin