’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat univerteti



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə9/90
tarix27.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#200707
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90
Ma\'naviyatshunoslik Majmua. (MEJFAK) (1)

Mavzu bo’yicha nazorat savollari:

  1. Demokratik e’tiqod o`zi nima?

  2. Millat tarbiyasi?

  3. Millatparast tushunchasi ?

  4. E’tiqod tushunchasini tashkil etuvchi omillarning ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati?

  5. E’tiqod tuzilmasining boshqa unsurlari?



Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018.

  2. Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. - T.: O‘zbekiston, 2018.

  3. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2010.

  4. Erkaev A. Ma’naviyatshunoslik. 1-kitob. Ma’naviyat ontologiyasi va fenomenologiyasi. – T.: Ma’naviyat, 2018. - 480 b.

  5. Qosimon B. Uyg‘ongan millat ma’rifati. – T.: Ma’naviyat, 2011.

  6. Yusupov E. Xadislarda dunyoviy va diniy g‘oyalarning bog‘liqligi. - «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnali, 1994, 5-son.



3-MAVZU: OMMAVIY MADANIYAT VA ZAMONAVIY
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI.


Reja:

  1. Ommaviy madaniyat: kelib chiqishi va shakllanishi.

  2. Ommaviy madaniyatning xususiyatlari.

  3. Ommaviy madaniyatning ijtimoiy funksiyalari va inson ma’naviyatiga ta’siri.

  4. Yuksak va ommaviy madaniyatlar diffuziyasi va interferensiyasi.



Ommaviy madaniyatiing ijtimoiy funksiyalari. Amerikalik olimlar zamonaviy ommaviy madaniyatning asosiy «oqlovchi»laridir (albatta, amerikaliklar orasida tanqid qiluvchilar ham bor). Ular hatto ommaviy madaniyat aslida amerikancha hodisadir, deyishadi (Z.Bjezinskiy). Yevropalik olimlar go‘yoki ularga qo‘shilgandek bo‘ladi. CHunki AQSHda hech qachon aristokratlar madaniyati bo‘lmagan, elitar madaniyat o‘z ildizlariga ega emas, AQSH mustaqillikka erishgandan boshlab erkin raqobat va iste’molchilik tamoyillari asosida rivojlangan, deb hisoblashadi. Bu fikrlarda jon bor. Zikr etilganlarga yana shuni qo‘shimcha qilish zarurki, Yevropadagi keskin sinfiy kurashlar hamda Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarining vayrongarchiliklari, ularga barham berishga katta vaqt va ulkan mablag‘lar sarflangani, aholining bu davrda qashshoqlanib qolib, xarid qobiliyati pasayib ketgani iste’molchilikka asoslangan ommaviy jamlyat to‘liq shakllanishini AQSHga qaraganda ancha ortga surdi. Aksincha, ommaviy ishlab chiqariladigan narxi arzon amerikancha ko‘ngilochar madaniy mahsulotlarga talabni oshirdi. Bu davrda Yevropaliklar topgan mablag‘ning asosiy qismini shahar va qishloqlarni, zavod va fabrikalarni tiklashga yo‘naltirar, madaniyatga, adabiyot va san’at rivojlanishiga ajratiladigan mablaglar hajmi cheklangan edi. Gollivudd (AQSH kinostudiyalari aksariyati joylashgan shahar) esa yiliga bir necha yuz filmlar (keyinchalik mingdan ortiq)yaratildi.

Urushlardan keyin ruhan majruh va jisman toliqqan, ochyupun,baxtiqaro, yaqinlaridan ayrilgan odamlarga go‘zal orzu-havaslarga to‘la, xayoliy baxt-li turmushni ko‘rsatuvchi, sevgi-muhabbatni kuylovchi asarlar zarur edi. Urush vayrongarchiliklari va asoratlarini bartaraf etish bilan ovora Yevropa bunday mahsulotlarni etarli miqdorda ishlab chiqara olmasdi. Amerika ommaviy madaniyati bechora Yevropaliklar qalbiga go‘yoki «malham» bo‘ldi, dinga o‘xshab ruhiy kompensatorlik vazifasini bajardi, ularni ovutdi, xayolot dunyosiga g‘arq ettirib, turmush tashvishlaridan chalg‘itdi, qalbida umid uchqunlarini chaqnatdi. Asta-sekin aksariyat olimlar, tanqidchilar o‘rtasida ham ommaviy madaniyatga munosabat ijobiy tomonga siljiy boshladi. O‘tgan asrning 70-yillaridan ommaviy madaniyatni oqlash butun G‘arbda, jumladan, Yevropada ham kuchaydi. Bu davrga kelib Yevropa o‘zini allaqachon to‘liq tiklab olgan (50-yillar o‘rtalarida) va ommaviy jamiyatga to‘liq o‘tib bo‘lgan edi.
Ammo Ikkinchi jahon urushidan keyin XX asrning 50-yillaridan Yevropada ommaviy madaniyatini liberal gumanizm nuqtai nazaridan keskin tanqid qilish boshlandi (Fromm, Xorkxaymer, Adorno, Benьyamin, Moran, Veblen, Rismen, Markuze va boshqalar). Bu Yevropa ilmiy an’analariga, aholisi psixologiyasiga mos edi. Chunki Yevropada bir yarim asr ilgari XVIII asr oxirlaridan burjua jamiyatini, u bilan bog‘liq ijtimoiy hodisalarni, inson ekspluatatsiyasini tanqid qilish ilg‘or ziyolilar orasida keng tarqalgan edi. XIX asr davomida badiiy adabiyotda va san’atda, ijtimoiy-siyosiy fanlarda kapitalistik jamiyat illatlari ayovsiz fosh etildi. Hatto XIX asr adabiyotining etakchi badiiy usuli tanqidiy realizm, deb ataladi.
Yevropaning aksariyat ijodkor ziyolilari ishchilar va xalq ommasining inqilobiy kurashiga xayrixoh edi. Ular ezgulik, insonparvarlik va adolat tuyg‘ularidan kelib chiqib, ezilgan va jabrdiyda xalq tomonida turardi.
XIX asr ijodkorlari sotsialistik ta’limotlardan ancha-muncha xabardor edilar. Bu ta’limotlardan ayrim radikal (anarxistik, kommunistik va sotsial-demokratik) xarakterdagilari ularni cho‘chitsada, utopik va mo‘tadil mazmundagilari ularda xayrixohlik uyg‘otgandi.
XX asr o‘rtalariga kelib tanqidiy ruh va munosabat, mafkuraviy plyuralizm, muqobillik va muxoliflik Yevropa ijtimoiy fikrining ajralmas bo‘lagiga aylangan edi. XX asr Yevropalik liberal gumanistlarining ko‘pchiligi, ayniqsa, birinchi avlodi yoshlik yillari marksizmning ma’lum darajada ta’sirida bo‘lib ulgurgan edi. Misol tariqasida Maks Veber kabi atoqli nemis sotsiologini, yoki Frankfurt maktabi vakillarini keltirish mumkin.
Liberal gumanistlar ommaviy madaniyatni aholi ongini boshqarish, shaxsni ma’naviy qaramlikda saqlash, odamlarni o‘zaro begonalashtirish, zulm o‘tkazish vositasi, deya baholadi. Ularni qo‘llab-quvvatlovchilar turli ilmiy yo‘nalishlarga oid olimlar orasida kam emas edi. Xozir ham bu fikrlarni qo‘llab-quvvatlovchi tanqidchilar oz emas. SHu o‘rinda ularning ayrim baholarini eslash maqsadga muvofiq: sarob baxt mafkurasi (Moran), shaxs harakatini tashqaridan boshqarish (Rismen), «bir o‘lchovli inson»ni shakllantirish (Markuze), erzatstuyg‘ularning (yasama, soxta tuyg‘ularning) maftunkor olami (Veblen), bir tusli kiyimdagi, bir-xillashgan va birxillashtiruvchi, tez almashinadigan tuzilma (Kornxauzer), begonalashuvning odmi kompensatsiyasi (Fromm), «ommaviy» insonni standartlashtirish va konformlashtirish, ya’ni mavjud tuzumga nisbatan norozilik tuygusidan mahrum etish (Mills), klipmadaniyat (Toffler).

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin