Xulosa chiqish jarayoniga qoidalar, granlar yoki tarmoqlar ko'rinishidagi murakkab zanjirlarni hosil qiladi. Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish bo'yicha 3 xil bo'ladi ; 1 To'g'ri yo'l bilan xulosa chiqarish. 2 Teskari yo'l bilan xulosa chiqarish. 3 Aralash yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar . Masalan, to'g'ri yo'l bilan xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar yordamida kasallik alomatlariga ko'ra kasallik aniqlanadi. Teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi farazlardan (taxmin qilingan kasallikdan) bu farazni isbotlovchi yoki isbotlay olmaydigan dastalabki ma'lumotlarga asta boramiz. Yuqorida ko'rib chiqilgan misollar xulosani to'g'ri yo'l bilan chiqaruvchi usuliga mos keladi. Mashhur chet el ekspert tizimlaridan Dendral tizimi (to'g'ri yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) hamda MYCIN (teskari yo'l bilan xulosa chiqaruvchi) tizimlarda ikkita jiddiy kamchilik bor. Birinchidan, o'xshash qoidalar to'plamiga aniqlik kirita oladigan hamda
qoidalar to'plamiga o'zgartirish kiritishda qoidalar o'rtasida o'zaro munosabatlarni aniqlashda zarur bo'ladigan qoidalar modulini qoidalarga asoslangan ekspert tizimlarning bilimlar bazasini tashkil etishga to'sqinlik qiladi. Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsliligi ko'p hollarda bilimlarning har xil turlarini bir sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va oqibatda tizimdagi bilimlarning vazifasini zaiflashtiradi. Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida tasvirlashning imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi. FREYMLI MODELLAR Freym — bu qandaydir standart holat uchun mo'ljallangan ma'lumotlarni deklarativ keltirilishidir. Freymlarni tarmoq ko'rinishida ko'rsatish mumkin. Unda yuqori tabaqalar ularning ma'nosini namoyish etadi va har qanday sharoitda chin qiymatga ega bo'ladi. Pastki tabaqa muayyan informatsiyaga ega bo'lgan slotlar bilan to'ldiriladi. Freymlarni quyidagi konstruksiya bilan ifodalash mumkin: F=[,...] F-freym nomi r-slot nomi vi - slotning qiymati. Freymlar tizimlarida informatsion qidiruv tizimlari bilan bog'langan. Agar, sharoit muammoga, bir freym javob bera olmasa, u holda bunday tarmoq boshqa freymni o'z ichiga olib 2-freym, bu muammoga javob beradi. Freymlarning asosiy xossalarini ko'rib chiqamiz:
a) bazali tip. Berilgan predmetni juda zarur obyektlarini o'z ichiga oladigan freym. Lekin holatini o'zgartirganda yana yangi freymlarni qurishga to'g'ri keladi.
b) iyerarxik strukturaga ega bo'lgan freymlar sitemasi. Iyerarxik strukturaning ayrimligi atributlar haqidagi informatsiya yuqori bosqichda joylashgan bo'lib, past tabaqadagi hamma freymlar bilan bog'liq bo'ladi.
d) freymli tizimlarda xulosalar chiqarish.
Freymlar — ekspert tizimlarning bilimini ko'rsatishning keng tarqalgan formalaridan biridir. Freym o'zini slot yacheykalari to'plamidan iborat struktura kabi ko'rsatish mumkin. Har bir slot nomdan o'rniga biriktirilgan nomdan iborat. Qiymat ma'lumotlar, protseduralar hamda boshqa Komp’yuter ga yuboriladigan ma'lumotlardan iborat bo'lishi yoki bo'sh bo'lishi mumkin.