Toshkent shahri dastlabki davrlardanoq elektron-hisoblash mashinalari sohasidagi markazlarning biriga aylangan edi. 1966 yilda markaziy hisoblash bo’limi negizida «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ochildi. Bu birlashmada hukumat va jamoat tashkilotlarining buyurtmalariga ko’ra ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilar edi.
Freymning sxematik ko'rinishi
Mutaxassislarning fikricha semantik to'rlar boshqa usullardan ancha avval yaratilganligiga qaramay bilimlarni tasvirlashda ko'p qo'llaniladigan usuldir. Semantik to'rlar obyektlar to'plami va ular orasidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Ko'riladigan obyektlar uchun barcha mavjud munosabatlarni yozib chiqish semantik to'rni beradi. Obyektlar to'rning tugunlari bo'lib xizmat qiladi, munosabatlar yoylar yordamida ifodalanadi. Semantik to'rni tuzishda to'rning elementlari aloqalari soniga, uning xossalari va murakkabligiga cheklovlar qo'yilmaydi. Shuning uchun ko'rsatkich sifatida keltiriladigan funksiyalarni ma'lum darajada tartiblash maqsadga muvofiqdir.
Semantik to'rlar — ET da bilimni ko'rsatish formalizmidir. Unda uzoq muddatli xotiraning strukturali modeli sifatida so'z ma'nosini tushunish modeli ko'rsatiladi. Bu modelda uzoq muddatli xotira strukturalarini yozish uchun so'zlar orasidagi semantik munosabatlarni ko'rsatish uch maqsadida turli xil struktura ishlatilgan. Bu model tabiiy bilim va inson tilidan foydalanishni farqlaydi. Shuning uchun asosiy g'oya obyektga tegishli bo'lgan sinf qiymatini, uning aks etishini yozish va obyekt holatlarini ko'rsatuvchi so'zlar aloqasini o'rnatishdir. Namuna sifatida «choynak» konseptual namoyishi uchun oddiy semantik to'rni ko'rish mumkin. Bu to'rda qiymatlar yozilgan sinf, holat va misol deb ataluvchi munosabat operatorlari aniqlanadi.
Semantik to'rni qurishda elementlarni aloqa sonida, holatida va to'rning murakkabligida cheklanishlar bo'lmaydi.
Obyektlar biror munosabat bilan bog'liq bo'lsa, ular yoylar bilan birlashtiriladi. Bu munosabatlar quyidagilar bo'lishi mumkin:
— sinfning elementi bo'lishi mumkin
— u obyektni shu sinfga kirishini anglatishi mumkin.
— Keltirib chiqarish — keltirib chiqarishi sababini ifodalaydi. Keltirilgan misollardan ham ko'rinib turibdiki, bilimlarni
semantik to'rlar orqali ifodalash juda qulay ekan. Biroq, to'rlarni bog'lovchi munosabatlar va bilimlarni turli xilligi sun'iy intellekt masalalarini yechish jarayonini murakkablashtiradi. Shuning uchun bilimlarni tasvirlashda iloji boricha bir xillika erishishga harakat qilinadi.
Adabiyotlar: 1 Aripov M., Muhammadiev M. Informatika, information texnologiyalar. Darslir.T.:TDYuI, 2004y. 2. S.G’ulomov va boshqalar. Axborot tizimlari va texnalogiyalari. Darslik. Toshkent,”Sharq”, 2000 y. 3.M .Aripov ва boshqalar, Axborot texnalogiyalari, O’quv qo’lanma, Toshkent: Nashr, 2009y 4.:/www.informatika.ru 4. Andreeva E.B., Bosova L.L., Falina I.N. Matematichskie asnovi informatiki. M., Binom. Laboratoriya znaniy, 2005.
http://hozir.org
Dostları ilə paylaş: |