9 .2 . Pensiya tayiniash uchun murojaat qilish
va talab etiladigan hujjatlar
Yoshga doir pensiya tayinlanishini so‘rab pensiya yoshiga
to ‘lmasdan aw al ham murojaat etish mumkin, lekin bu maz-
kur pensiyani bir oydan so‘ng olish huquqiga ega boMinadi.
Pensiya tayinlash to ‘g‘risidagi arizaga barcha zarur hujjatlar
ilova qilinmagan hollarda Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi
tu m an (sh ah ar) b o ‘limi q o 'sh im c h a yana qan d ay hujjatlar
taqdim etilishi lozimligini korxona, tashkilot ma'muriyatiga yoki
arizachiga ma'lum qiladi. Agar ular qo‘shimcha hujjatlar taqdim
etilishi lozimligi to ‘g‘risida bildirish xati olingan kundan boshlab
3 oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash to ‘g‘risidagi
ariza qabul qilingan kun yoki ariza yuborilgan joydagi pochta
shtempelida ko'rsatilgan sana pensiya tayinlash to ‘g‘risidagi ariza
qabul qilingan kun hisoblanadi.
Yoshga doir pensiya tayinlash to ‘g‘risidagi arizaga quyidagilar
ilova qilinishi kerak:
a) mehnat stajini (umumiy va maxsus) tasdiqlaydigan huj-
jatlar; 1
1 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. 2011-yil. 37-son, 377-
modda.
76
www.ziyouz.com kutubxonasi
b) ish haqi to ‘g ‘risidagi m a'lum otnom a.
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
a) bola tug‘i)ganligi va u sakkiz yoshgacha tarbiya qilinganligi
haqidagi hujjat;
b) arizachining farzandi bolalikdan nogiron yoki nogiron
bola ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
d) arizachi urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi huj-
jatlar;
e) davolash muassasasining arizachi gipofizar mittilik kasa-
liga chalingan (liliput)ligi va gavda tuzilishida mutanosiblik buzil-
gan, pakana ekanligi to ‘g‘risidagi hujjati.
Urush nogironlariga „Fuqarolam ing davlat pensiya ta ’minoti
to ‘g‘risida“gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining
„a“ bandiga muvofiq pensiya tayinlanganda va ularning pensiya-
lariga Qonunning 28-moddasi „a“ , „b“ , „v“ bandlariga muvofiq
ustamalar hisoblanganda Budjetdan tashqari Pensiya jamg'arm asi
tum an (shahar) bo ‘limi arizaga tibbiy-mehnat ekspert komissi-
yasi (TM EK )dan olingan tekshiruv dalolatnom asidan ko'chir-
mani ilova qiladi.
M ehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida I va 11
guruh nogironi bo‘lgan vaqt ish stajiga qo‘shiladigan hollarda
arizaga TM EK tekshirish dalolatnomalaridan ko‘chirmalar ilova
qilinadi.
Nogironlik pensiyasini tayinlash to ‘g‘risidagi arizaga quyida-
gilar ilova qilinishi kerak:
a) mehnat stajini (umumiy va maxsus) tasdiqlovchi hujjatlar;
b) ish haqi to ‘g‘risidagi m a'lum otnom a.
Agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘l-
gan bo‘lsa, unda baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma (yoki boshqa
rasmiy hujjat) taqdim etiladi.
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
a) arizachining yolg‘iz va o ‘zgalar yordamiga muhtoj deb tan
olinganligi to ‘g‘risidagi hujjat;
b) arizachining urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi
hujjat.
Ijtimoiy ta'm inot bo‘limi arizaga tibbiy-xizmat ekspert ko-
missiyasi (TM EK )dan olingan tekshiruv dalolatnomasidan ko‘-
chirmani ilova qiladi.
77
www.ziyouz.com kutubxonasi
Boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini tayinlash to ‘g‘risidagi
arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
a) pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshini tasdiqlovchi
tug'ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport;
b) oila a ’zosining vafot etgan boquvchiga qarindoshligi
munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
d) fuqarolik holati aktlarini qayd qilish bo'lim ining boquv-
chining vafot etganligi to ‘g‘risidagi guvohnom asi yoki uning
bedarak yo‘qolganligini tasdiqlovchi hujjat;
e) oila boquvchisining yoshi to ‘g‘risidagi hujjat (agar vafot
etganlik haqidagi guvohnomada yoshi ko'rsatilmagan bo‘Isa);
f) boquvchining m ehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar;
g) boquvchining ish haqi to ‘g‘risida maMumotnoma.
Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:
a) boquvchining qaram og‘ida b o ‘lgan uning oila a ’zolari
tarkibi to ‘g‘risida mahalla, qishloq (shaharcha), ovul (uy-joy or-
ganlari) fuqarolari yig‘inining maM um otnom asi yoki boshqa
hujjatlar;
b) oilan in g 16 yoshdan 18 yoshgacha b o 'lg an a 'z o la ri
um um ta'lim maktablari, kasb-hunar bilim yurtlari, o 'rta maxsus
va oliy o ‘quv yurtlarining o ‘quvchilari ekanligini tasdiqlovchi
m a'lum otnom alar;
d) m ahalla, qishloq (shaharcha), ovul (uy-joy organlari)
fuqarolari yig‘iniga vafot etganning ota-onasi, turmush o ‘rtog‘i,
buvasi, buvisi, yoki 3 yoshga to ‘lmagan farzandlari, aka-ukalari,
opa-singillari, nabiralariga qarash uchun ishlam ayotganligini
tasdiqlovchi m a'lum otnom a topshiriladi.
Agar boquvchining o'lim i m ehnatda mayiblanish oqibatida
sodir bo'lgan bo ‘lsa, baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma (yoki
boshqa rasmiy hujjat) ham taqdim etiladi.
B udjetdan tashqari Pensiya ja m g ‘arm asi tu m an (shahar)
bo ‘limiga oilaning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish
huquqi balog‘at yoshidagi oila a'zolariga ulam ing nogironliklari
oq ib atid a berilayotganligini tasdiqlovchi T M E K d an olingan
tekshiruv dalolatnomalaridan ko‘chirmalar ilova qilinadi.
Boquvchining mehnatda yoki kasb kasalligi oqibatida I va II
guruh nogironi bo'lgan vaqti mehnat stajiga qo‘shilgan hollarda
arizaga TM EK ning tekshiruv dalolatnom asidan ko‘chirm alar
ilova qilinadi.
78
www.ziyouz.com kutubxonasi
Basharti vasiylik ostidagi shaxsga pensiya tayinlanishi xususida
vasiy m urojaat qilayotgan bo‘lsa, u holda vasiyning arizasiga
vasiylikni belgilovchi organning vasiy etib tayinlash haqidagi
qarori ilova qilinadi. O ta-o n alar va vasiylar yashash joylari
to'g'risida hujjatlar topshiradilar.
M ehnat stajini (umumiy va maxsus) tasdiqlash uchun qabul
qilinadigan hujjatlar pensiya tayinlash uchun m ehnat stajini
tasdiqlash tartibi qonuniga ko‘ra belgilanadi.
Pensiyani hisoblab chiqish uchun taqdim etiladigan ish haqi
to ‘g‘risidagi m a'lum otnom a shakli va uni to ‘ldirishga oid qoidalar
0 ‘zbekiston Respublikasi M ehnat va aholini ijtimoiy Muhofaza
qilish vazirligi tom onidan tasdiqlanadi.
Ish haqini guvohlar k o ‘rsatm asi asosida aniqlashga yo‘l
qo'yilmaydi. Lavozim maoshlari shtat jadvalidan ko'chirm alar va
jam oat tashkilotlari a'zolik chiptalari haqiqiy ish haqini tasdiq-
laydigan hujjat o'rnini bosa olmaydi.
Ish haqi to ‘g ‘risidagi m a'lu m o tlar butunlay yoki qisman
y o ‘q b o 'lsa , pensiyani h iso b -k ito b qilish u ch u n pensiyani
tayinlash kunida rasman belgilangan eng kam ish haqi miqdori
olinadi
Q aram o g ‘ida m ehnatga layoqatsiz oila a'zo lari borligini
tasdiqlovchi hujjat sifatida m ahalla, qishloq (shaharcha), ovul
(uy-joy organlari) fuqarolar yig‘inining m a'lum otnom asi qabul
qilinadi. M azkur m a’lum otnom ada har bir oila a'zosining ismi-
sharifi, otasining ismi, marhum boquvchiga qarindoshlik aloqasi,
ular uning qaramog‘ida bo'lganligi ko‘rsatiladi.
K o‘rsatib o ‘tilgan hujjat yo‘q bo‘lsa va uni olishning imkoni
bo'lmasa qaram og‘ida boMganlik masalasi sud qarori bilan hal
etilishi mumkin.
Arizachining urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi huj-
jat sifatida Ikkinchi Jahon urush ishtirokchisi guvohnomasidan
ko‘chirma, baynalmilalchi jangchilarga beriladigan imtiyoz olish
huquqi haqidagi guvohnoma, shuningdek, ular urush ishtirok-
chisiga tenglashtirilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qabul
qilinadi.
Arizachining urush nogironi ekanligini tasdiqlovchi hujjat
sifatida T M E K n in g tekshirish d alo latn o m asid an k o ‘ch irm a,
urush nogironi guvohnom asi, shuningdek, urush nogironiga
tenglashtirilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
79
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bola tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma asosida, o‘n sakkiz
yoshgacha tarbiyalaganlik esa — pasport, vafot etganlik haqidagi
guvohnoma, mahalla, qishloq (shaharcha), ovul (uy-joy organ-
larida) fuqarolari yig‘ini m a'lum otnom asi va boshqa hujyatlar
asosida belgilanadi.
Pensiya tayinlash uchun zaru r hujjatlarning asl nusxasi
ham, ulaming notarial tartibda, arizachini pensiya tayinlashga
taqdim etayotgan korxona muassasa, tashkilot ma'm uriyati yoki
Budjetdan tashqari Pensiya jamg'arm asi tum an (shahar) bo'limi
tasdiqlagan nusxalari ham topshirilishi mumkin.
Mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar faqat asl nusxada top-
shiriladi. Biroq m ehnat stajini tasdiqlovchi hujjat faqat mehnat
daftarchasi bo‘lgan hollarda, undan oxirgi ish joyidagi korxona,
muassasa, tashkilot ma'rnuriyati yoki Budjetdan tashqari Pensiya
jam g ‘armasi tum an (shahar) b o lirn i tom onidan tasdiqlangan
ko'chirma topshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |