‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .2 . CHAESda yuz bergan avariya tufayli zararlanish va



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

8 .2 . CHAESda yuz bergan avariya tufayli zararlanish va
boshqa atom obyektlaridagi falokatlar tufayli nogiron
bo‘lib qolgan fuqarolar, ulam ing oila a’zolariga pensiya
tayinlash va hisoblashning o ‘ziga xos xususiyatlari
CHAES va boshqa atom obyektlarida sodir bo‘lgan halokatlar 
oqibatida ziyon ko‘rgan fuqarolarga yuqorida ko'rsatib o ‘tilgan 
imtiyoz va yengilliklar bilan bir qatorda imtiyozli pensiyalar 
tayinlash ham nazarda tutilgan. Bunda ularga yoshga doir, nogironlik 
va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari tayinlash, hisoblash bir 
qator o ‘ziga xos xususiyatlarga ega ekani e'tiborga loyiqdir.
Awalo, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 1992-yil 6- 
apreldagi „C hernobil halokatidan ziyon ko'rgan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy himoyalash haqida“gi 170-sonli 
qaroriga ko‘ra (1994-yil 11-yanvardagi 7-sonli qaroriga qo'shimcha
71
www.ziyouz.com kutubxonasi


va o 'zg a rtirish lar kiritilgan) im tiyozdan foydalanishga haqli 
b o ‘lgan shaxslar toifalari quyidagicha tabaqalanadilar ham da 
beriladigan imtiyozlar hajmi ulaming qaysi tabaqaga mansubligiga 
bog'liq b o ‘ladi.
1. Chernobil AESdagi halokat tufayli kasallangan va nur- 
lanish kasaliga chalingan, shu tufayli nogiron bo‘lib qolgan fu- 
qarolar.
a) Chemobil AESida ishlagan yoki halokat oqibatlarini tu- 
gatishda ishtirok etganlar;
b) maxsus harbiy yig‘inlarga chaqirilgan va CHAES halokati 
oqibatlarini bartaraf etishga jalb etilgan muddatli yoki muddatsiz 
harbiy xizmatchilar.
2. CHAES halokati oqibatini tugatish uchun xizmat safariga 
yuborilgan, ammo, nurlanish kasaliga chalinmagan, nogiron deb 
topilmagan fuqarolari.
3. CHAES halokati tufayli nurlanish kasaliga chalinib, shu 
tufayli nogiron b o lib , vafot etgan shaxslaming qaramog‘ida b o ‘l- 
gan shaxslar.
Quyida ushbu davlat pensiyalarini tayinlash va hisoblash 
sohasidagi o ‘ziga xos jihatlam ing umumiy tavsifl bayon etiladi.
Yoshga doir pensiyalar.
1986— 1987-yillarda C H A E Sning 
zararlangan zonasida xizm atni o ‘tagan, ishlagan va halokat 
oqibatlarini tugatishda qatnashgan fuqarolarga o ‘ta zararli va o ‘ta 
og‘ir ishlarda ishlaganligi uchun nazarda tutilgan shartlarda Sobiq 
Ittifoq davrida („SSSR fuqarolarining pensiya ta'm inoti to‘g‘risi- 
d a “gi o ‘sha paytda am alda b o ‘lgan qonunga k o 'ra ), y a ’ni 
erkaklarga — 20 yillik m ehnat staji bilan, 50 yoshdan; ayollarga 
esa, 15 yil mehnat staji bilan 45 yoshdan yoshga doir pensiya 
tayinlanadi.
Ularning pensiyasiga hisoblangan pensiyaning 30 foizi miq- 
do rid a q o ‘sh im cha q o ‘shib beriladi. B unda m eh n at stajini 
hisoblash, o ‘rtacha oylik ish haqini aniqlash umumiy qoidalarga 
ko‘ra amalga oshiriladi.
CHAES halokati oqibatlarini bartaraf etishda 1988-yilda ishti- 
rok etgan fuqarolarga:
erkaklarga — 25 yillik ish staji bilan 55 yoshdan, ayollarga — 
20 yil ish staji bilan 50 yoshdan yoshga doir pensiya tayinlanadi. 
Ushbu toifadagi pensiyalarga eng kam pensiyaning 25 foizi 
miqdorida qo'shimcha qo‘shiladi.
72
www.ziyouz.com kutubxonasi


1988-yildan keyin CHAES halokati oqibatlarini tugatishda 
qatnashgan shaxslarga im tiyoz berilm aydi va ularga pensiya 
umumiy asoslarda tayinlanadi.
Nogirvnlik pensiyalari.
Nogironlik pensiyalarini tayinlash shart- 
lari CHAES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan 
shaxsning qaysi toifaga mansubligiga bog‘liq bo'ladi. Bunda fuqaro- 
laiga va harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash shartlari turlicha 
belgilangandir.
Fuqaroga nogironlik pensiyasi fuqarolaming pensiya ta'm inoti 
to ‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, zararlangan zonada olgan ish haqi- 
dan kelib chiqqan holda va zarar qoplangan haqiqiy miqdordan 
kelib chiqib hisoblanadi.
1993-yil 1-iyuldan boshlab C hernobil halokatidan ziyon 
ko‘rgan fuqarolarga va boquvchisini yo'qotgan hollarda ulaming 
oilalariga nogironlik pensiyalarining quyidagi eng ko‘p miqdorlari 
belgilanadi:
I guruh nogironlariga — eng kam ish haqining 10 baravari 
miqdorida;
II guruh nogironlariga — eng kam ish haqining 8 baravari 
miqdorida;
III guruh nogironlariga — eng kam ish haqining 4 baravari 
miqdorida;
boquvchisini yo‘qotgan hollarda mehnatga qobiliyatsiz har 
bir oila a'zosiga — eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida.
Pensiyalarning eng kam miqdorlari ko‘rsatib o'tilgan eng 
ko‘p miqdorlaming tegishlicha 50 foizi darajasida belgilanadi.
1993-yil 1-iyulgacha belgilangan hamda ko‘rsatib o'tilgan eng 
ko‘p miqdorlardan ortiq bo‘lgan pensiyalar qayta hisoblab chi- 
qilmaydi.
Boquvchisini y o ‘qotganlik pensiyalari.
Bu pensiyani tayin- 
lashda ham m arhum boquvchi shaxsning CHAES halokatlari 
oqibatlarini tugatishda qaysi toifaga mansub bo‘lganiga bog‘liq 
bo'ladi.
Fuqarolar toifasiga mansub bo'lgan marhum boquvchi shaxs- 
larning har bir m ehnatga yaroqsiz oila a'zosiga ularning ish 
haqining 40 foizi m iqdorida pensiya tayinlanadi va m arhum
zararlangan zonada ishlagan chog‘dagi ish haqidan kelib chiqib 
hisoblanishi mumkin.
73
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fensiyaning eng ko‘p miqdori boquvchisini yo'qotgan hol- 
larda mehnatga qobiliyatsiz har bir oila a’zosiga — eng kam ish 
haqining 3 baravari miqdorida belgilanadi.
Pensiyalam ing eng kam m iqdorlari ko'rsatib o'tilgan eng 
ko‘p miqdorlaming tegishlicha 50 foizi darajasida belgilanadi.
M uddatli va m uddatsiz harbiy xizm atni o 'tash ch o g ‘ida 
CHAES halokati oqibatlarini b artaraf etishga jalb etilgan va 
harbiy xizm atni o ‘tash ch o g 'id a yoki xizm at bilan b o g ‘liq 
nogironlik natijasida vafot etgan harbiy xizmatchi-boquvchining 
oila a'zolariga harbiy xizm atchilam i pensiya ta'm inoti to ‘g‘risi- 
dagi qonunchilikka binoan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 
tayinlanadi.
KALIT SO'ZLAR.
C h ern o b il ato m elektrostansiyasida yuz bergan 
halo k at. C H A E S h alo k ati o q ib atlarin i b a rta ra f q ilishda q atn ash g a n
xodim lar. C H A E S halokati o qibatlarini b a rta ra f qilishda q atnashgan 
m uddatli harbiy xizm atchilar. C H A E S halokati o qibatlarini b a rta ra f 
etishdagi kasalliklar tufayli nogiron b o ‘lib qolgan shaxslar. C H A E S
halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan fuqarolar pensiya ta'm in o ti.

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin