O\'zbek tili stilistikasi (S.Sultonsaidova, O\'.Sharipova)
Bir sahifa shodlig-u, bir sahifa zahmat. (Abdulla Oripov)
Birinchi she’rdagi misralarda
bir soni
kun so‘zi bilan birikib,
kelajak ma'nosini bildirsa, ikkincliisida
sahifa so‘zi bilan birikib,
qism ma'nosini bildiradi.
Olmoshlar, ayniqsa, stil tanlash va birini ikkinchisi o‘rnida
qo‘llash imkoniyatlariga ega.
Men va
biz olmoshlari bir xil vazifada
ishlatihshi mumkin. So‘zlovchi
men o ‘m ida Wzolmoshini qo‘llashi
yoki
sen o ‘m ida
siz olmoshini ishlatishi mumkin. Masalan:
Sizni odam qilgan biz bo ‘lamiz. Bunda manmanlik yoki kamsitish nazarda tutiladi yoki aksincha,
kamtarlik ma'nosida
men o ‘mida
biz ishlatilislii mumkin. Masalan:
Biz bu muammoni hal etish uchun juda ko ‘p ilmiy manbalarni ko'rib chiqdik. Manmanlik
men olmoshi orqali ham ifodalanishi mumkin:
Mavlon: Yo‘l bo ‘yidagi teraklami k o ‘rdingmi? Dehqonboy: K o ‘rdim. Mavlon: (kerilib) men ekkanman. Tutni k o ‘rdingmi? Dehqonboy: Yaxshi o ‘sibdi. Mavlon: Men ekkanman. (Abdulla Qahhor) Bu misolda
men olmoshining manmanlikni ifodalashi yana bir
so‘z —
kerilib so‘zi orqali aniqlashadi. Bundan tashqari,
«men ekkanmam gapining ikki marta ishlatilishi ham bu m a’noni bo‘rttirib
ko‘rsatadi.
Biz olmoshi odatda, ko‘pchilikni bildiradi. Ba’zi adabiyotlarda
si, bi o‘zak,
-z ko‘plik affiksi sifatida talqin qilinadi;