farovonligimiz mehnat tufayli. Tinchlik ho 'lgani uchun baxtiyormiz
— tinchlik b o ‘lganidan baxtiyormiz■
Ba’zi hollarda kclishik aflikslari pleonastik holatda, yani qo‘sha
qo‘llanib, ta ’kidni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Masalan:
—
Mana bunisinikimi? — u barmog'ini nuqib k o ‘rsatdi.
M a’lumki, egalik aflikslari mavjud bo‘lgan so‘z qaratqich kelishigi
affiksili so‘z bilan birikma hosil qiladi. Masalan:
gulning bargi, mening
kitobim.
Bunda aniqlovchi-aniqlanmish munosabati ifodalanadi. Lekin
qaratqich kelishigi afliksi
-niki
bilan ifodalanganda, bu munosabat
buziladi:
barg gulniki, kitob meniki.
Bunday hollarda egalik afliksi ishlatilmaydi va endi aniqlovchi-
aniqlanmish emas, ega-kesim munosabati ifodalanadi, lekin m a'no
qarashlilikni bildiraveradi.
B a'z an q aratq ich -q aralm ish m unosabatida ishlatilayotgan
birikmalarda egalik affiksi tushib qoladi. Masalan:
Bizning xotinlarga hayo fazilat,
Vafo hunaridir, mehnat odati. (G'afur G ‘ulom)
Bu o ‘rinda
xotinlarimizga
deb egalik affiksi bilan qo'llanganda,
poetik stilga xos bo‘lgan ko‘tarinkilik, umumiylik ifodalanmas edi.
Bizjning ulug‘ Vatanda
Qish ham qiladi handa.
Quvonamiz oppoq qor
Gupillatib yoqqanda. (Zafar Diyor)
Bu to ‘rtlikda
Vatan
so‘ziga egalik affiksi qo‘shilganda misradagi
bo‘g‘inlar soni ortib ketardi va qofiya buzilar edi. Shunday bo'lmasligi
uchun egalik affiksi qo'llanmagan.
K o ‘plik affiksi
-lar
ko‘plik m a’nosini ifoda qilishdan tashqari,
ta'kid kabi m a’nolam i bildiradi:
Agar jangda ish bermasang,
Olmasang botir deb nom.
Dushmanni yengib qaytmasang,
Bergan sutlarim harom. (Hamid Olimjon)
Bu misolda
-lar
m a’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Bundan tashqari,
Dostları ilə paylaş: