Toshkentni ko‘rmoq, qoidani yaxshi bilmoq kabilarda
-ni affiksini tushirib qoldirish mumkin
emas. Quyidagi misolda
-ni afiiksining qo‘llanishi yoki qo‘llanmasligi
bilan bog‘liq holda m a’noda farq bo‘lishini kuzataylik:
Juda ajoyibdir inson udumi, U suvni juda ham, juda ham suyar. Deylik, biror joyda nihol ko ‘rdimi, Albatta, tagiga suv quyar. Yoki:
Xo ‘sh, undan keyin Inson suvdan yana qanday zovq tuyar? Bekor qolganida ba 'zida sekin Bir-birin tagiga suv quyar. (Abdulla Oripov)
Kelishik affikslari biror jumlada lakror ishlatilsa, stilistik aniqlikka
zarar yetadi. Masalan:
0 ‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetining talabasi Norova Xosiyatning daftari. Bu jumlada
-ning affiksi bir
marta ishlatilishi kerak. Shunda jumla slilistik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi:
CTzDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Norova Xosiyatning daftari. Kelishiklar ichida tushum va qaratqich belgili va belgisiz
qo'llanisliiga ko‘ra rang-barang stilistik xususiyat kasb etadi. Masalan:
gulning bargi — gul bargi. Otabekning xati — Otabek xati. Bu m isollarda
-ning ning ishlalilganligi ta ’kid m a ’nosini
ifodalagan. Bu affiks ishlatilmaganida esa umumiylik anglashiladi.
She'riy nutqda qaratqich va tushum kclishiklari bir xil shaklda
bo‘lib qolishi mumkin. M ana shu o ‘rinda qaysi kelishik qo‘llangani
grammatik aloqaga ko‘ra aniqlanadi. Masalan:
Yer kurrasin boshin tang'idik Va tarixning tomirlariga quydik erigan temir. (G ‘afur G ‘ulom) Bu she’rda
kurrasin, boshin so‘zlari bir xil shakldadir. Lekin
ular lurli kelishikka mansub. Bu misrada so‘zlaming bunday ishlatilishi
she’riy ko‘tarinkilikni ta ’minlashni nazarda tutadi. Misralardagi