Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


-amaliy ish. Ishlab chiqilgan tadbirlarni hisobga olib yo‘l transport hodisalari nisbiy sonini prognozlash



Yüklə 360,66 Kb.
səhifə5/19
tarix24.12.2023
ölçüsü360,66 Kb.
#192796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Dilshod Amaliy mashg\'ulot qayta ishlash uchun — копия

3-amaliy ish. Ishlab chiqilgan tadbirlarni hisobga olib yo‘l transport hodisalari nisbiy sonini prognozlash.


Ishning maqsadi: Mavjud shahar yo‘llaridagi xavfsizlikni xisobga olib Ishlab chiqilgan tadbirlarni hisobga olib yo‘l transport hodisalari nisbiy sonini prognozlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Nazariy qism
Yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga yo‘lning geometrik parametrlarini va uning transport – ekspluatatsion sifatlarini, yo‘l harakatini boshqarish hamda yo‘llarni tartibga solishni takomillashtirish orqali erishiladi. Yo‘l harakati xavf-sizligini oshirish chora–tadbirlari to‘rtta asosiy guruhga bo‘linadi.
1. Bo‘ylama va ko‘ndalang profillarda yo‘llarning geometrik elementlarini takomillashtirish, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va estakadalarning o‘lchamlarini qatnov qismining kengligiga tenglashtirish; ko‘rishning oshirish.
2. Yo‘lning qatnov qismining transport va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini yaxshilash (sirtni g‘adir–budurligini ta’minlash, qoplamalarning kerakli ravonligini ta’minlash, yo‘l yoqalarini tekislash va mustahkamlash, qatnov qismining chekka tasmalarini qurish).
3 Yo‘llarning jixozlanishini takomillashtirish (yo‘l belgilari va to‘siqlarini o‘rnatish, kesishmalarni turli sathlarda qurish, o‘tish–tezlik tasmalarini, chorrahalar va tutashmalarni obodonlashtirish, tog‘ yo‘llarida favqulotda chiqio‘ yo‘laklarini qurish, avtomobil turar joyi, avtobus to‘xtash joylarida va pavilonlarda, dam olish joylarida, piyodalar o‘tish joylarida, piyodalar va velosiped yo‘llarida, xavfli uchastkalarni yoritish va hk.)
4. Axoli yashyash punkitlari va shaxarni aylanib o‘tish yo‘llarini qurish
Yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha chora–tadbirlarni amalga oshirish natijasida oldini olish mumkin bo‘lgan yo‘l–transport hodisalari sonini aniqlash uchun D. S. Baker (Aqsh) quydagi formulani taklif etgan
(3.1)
bu yerda , – tadbirlarni amalga oshirishdan keyingi va undan oldingi mos ravishda YTH larining nisbiy soni;
R – birlikni bir qismi ifodalangan avariyalikni kamaytirish.
Yo‘lning bir qismida yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha bir necha chora – tadbirlarni amalga oshirishda ularni amalga oshirishning birgalikdagi ta’siri quyidagi formula bilan hisoblanadi:
(3.2)
Bu erda P – Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha chora – tadbirlar joriy etilgandan so‘ng avtohalokatlar sonining kamayishi ko‘rsatkichi, birlikning bir qismi;
, , ,… – bir vaqtning o‘zida bitta hududda bir qator tadbirlarni o‘tkazayotganda har bir hodisadan alohida – alohida voqealar sonini kamaytirish, birlikning bir qismi.
Shunga o‘xshash formula Kiev yo‘l instituti tomonidan taklif etiladi, hisoblash natijalari D.Beyker formulasi bilan mos keladi.
Moskva yo‘l institutining "shkala" formulasi mualliflarining fikricha, yuqoridagi usullarning kamchiligi butun majmuaning (A–B–C–D) xisobga olmaganligidadir. Ta’kidlanishicha, taklif etilgan usullar yordamida yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha shunday chora–tadbirlar majmualarini tanlash mumkinki, joriy etilgandan so‘ng amalda avariyalar bo‘lmaydi. "Shkala" usuli (MADI) mualliflari quyidagi formulani taklif qildilar:
(3.3)
Bu erda 1 mln. avtomobil / km. ga to‘g‘ri keladigan yo‘l–transport hodisalari soni, sodir bo‘lishiga yo‘l sharoiti ta’sir etmaydi, ya’ni ma’lumotnoma yo‘l uchastkalarida ikki tamali yo‘llar uchun = 0.27, tekis va adirlikli maydonlardagi yo‘llar uchun = 0.17, tog‘ yo‘llari uchun Zo = 0.23 va shahar ko‘chalari uchun = 2.0; – hodisa natijasida avariyalar sonini kamaytirish, birdan ulushi.
Agar bitta xududda bir qator tadbirlar o‘tkazish kerak bo‘lsa, har bir ish turi uchun avariyalarning nisbiy soni formulalar bo‘yicha ketma–ket belgilanadi


.................................................................................................
(3.4)

Bu erda , – avariyalarning soni 1 million / km ga to‘g‘ri keladi, birinchi, ikkinchi o‘rinlardan keyin. . ., –chi tadbirlar; , ,… – baxtsiz hodisalar sonining kamayishi, birlik ulushi. Bu usulning kamchiligi shundaki, bir uchastkada bir necha faoliyatni joriy etishning birgalikdagi ta’siri hisobga olinmaydi (avariyalar sonining kamayishi har bir hodisa uchun alohida hisoblanadi). Yuqoridagilarni hisobga olgan holda quyidagi formula taklif etiladi:


, (3.5)
Bu erda: .ning qiymati 0,5 YTH, million.avt / km ga teng deb qabul qilinadi. Bu raqam nisbatan xavfsiz va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun ma’lumot sifatida olinadi. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida, A. Sattorovning izlanishlariga ko‘ra, magistral yo‘llar uchun = 0,2, ikkita bo‘lakli yo‘llarning mos keladigan uchastkalari uchun = 0,35, boshqa holatlarda (tog‘ yo‘llaridan tashqari) = 0,5.
Izlanayotgan yilida yo‘l–transport hodisalarining prognoz qilingan soni t bo‘ladi
(3.6)
Bu yerda – mavjud xarakat jadalligi, – t–yildagi prognoz qilinayotgan xarakat jadalligi.

Yüklə 360,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin