Ўзбекистон республикаси


Modulli ta’limda maslahatlar tizimi va ta’lim innovatsiyalari



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə14/35
tarix24.05.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#59234
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Мамарузиева Хилола

Modulli ta’limda maslahatlar tizimi va ta’lim innovatsiyalari.
Modulli ta’lim yuqorida aytib o‘tilganidek “subyekt-subyekt” munosabatlariga qurilgan. Shu sababali talabalarning mustaqil faoliyatiga katta e’tibor qaratiladi. Talaba mustaqil faoliyatini samarali bo‘lishi uchun pedagogdan turli xildagi maslahatlar tizimi talab qilinadi. Shu sababli xorij tajribasida pedagogik yordamning turli ko‘rinishlari takomillashib bordi va bugungi kunda pedagogik faoliyatiga ko‘ra bir qancha tushunchalar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi..
Keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida kompleks yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilmoqda. Bugungi kunda aralash ta’lim innovatsiya sifatida kirib kelmoqda.
Deklan Bern "blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi-ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli metodikalardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, individual va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv talabani charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala tanlangan metodikalarning o‘zaro muttanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi.
Aralash ta’lim ko‘proq treninglarni tashkil etishni talab etadi. Treninglarni tashkil etishda quyidagi bosqichlarga e’tibor qaratish lozim:

  1. Tayyorgarlik bosqichi.

  2. Maqsadlarni aniqlab olish bosqichi.

  3. Treningni o‘tkazish bosqichi.

Bugungi kunda blended learning ta’limi deganda kunduzgi an’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limning elementlarini kombinatsiyasi ham tushunilmoqda. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalandi. Aytish joizki, axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi axamiyati beqiyos, tobora uning yangi ko‘rinishlari taklif etilmoqda. Ta’lim tizimiga ushbu texnologiyalarning kirib kelishi tarixiga nazar tashlasak.
Xorijiy mamlakatlarda masofaviy o‘qitish dasturlari asosida faoliyat yurituvchi mashhur universitetlar vujudga keldi. Jumladan, University of South Africa 1946. Fern Universitat in Hagen (Germaniya, 1974). Milliy texnologiya universiteti AQSh 1984 (injener mutaxassisligi bo‘yicha dasturlar asosida masofaviy mashg‘ulotlar olib boriladi)), Xagen ochiq universiteti (Germaniya), INTEC kollej Keyp­taun (YuAR), Ispaniya masofaviy o‘qitish milliy universiteti, Britaniya ochiq universitetining ochiq biznes maktabi, Avstraliya hududiy axborot tarmog‘i va hokazolar. Masofadan o‘qitish ta’limining ommaviylashuvida Internet (“on-line”)ning roli, telekommunikatsiyalarning o‘rni, barcha insonlarning Internetga barobar ochiq tashrifi uchun yo‘lak WWW (Web) texnologiyasini yaratgan olim Tim Berners Lining xizmati beqiyosdir. Hozirgi kunda masofaviy ta’lim AQShda mukammal shakllangan bo‘lib, uning vujudga kelishi 1970-yillar oxiriga borib taqaladi. Dunyoda interaktiv ta’lim olishning ko‘plab bazalari vujudga kelyapti. Jumladan, Britaniya ochiq universitetiga qarashli masofaviy ta’lim umumjahon markazining ma’lumotlar bazasini misol qilib keltirish mumkin. Distant uslubida Xalqaro Kengash faoliyat ko‘rsatyapti, “D - Learning” - masofaviy ta’lim olayotgan tinglovchilarning soni tobora ortib boryapti. O‘tgan asrning 80-yillari oxirida shaxsiy kompyuter imkoniyatlarining oshishi o‘qitish tizimini soddalashtirish va avtomatlashtirish bilan bog‘liq yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Kompyuter o‘rgatuvchi dasturlar har xil o‘yinlar shaklida paydo bo‘ldi.
Masofaviy o‘qish ta’lim berishda ikki asosiy yondashishni izohlab beradi - bular kengaytirish va transformatsiya modellaridir. Kengaytirish modelida o‘qitish texnologiyasi hozirgi an’anaviy usuldan deyarli farq qilmaydi. Transformatsiya modeli o‘qituvchi va tinglovchi hamkorligi uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini o‘zida mujassam qiladi.
Bugun masofaviy ta’limning yana bir turi “webinar” (1998 yilda bu termin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya o‘qitishni web -texnologiya asosida interaktiv holda tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni yetkazadi balki, ular bilan muloqatga kirishish (og‘zaki, yozma) imkonini yaratadi, ya’ni seminar ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini bayon etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda internet tarmog‘i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham subyekt-subyekt paradigmasiga o‘tmoqda.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin