Ta’lim natijalarini reyting asosida baholash. Kredit tizimi o‘z navbatida reyting ballari asoslanadi. Yevropa kredit jamlash tizimida balli reyting tizimi qabul qilingan. U ikki tuzilmaga bo‘linadi:
O‘rganilgan kurs bo‘yicha o‘qituvchining bahosi. U 70 balldan oshmasligi kerak.
Yakuniy imtihon ballari . U maksimal 30 ballni tashkil etadi.
Jamlangan ballar o‘zlashtirish ko‘rsatkichi sifatida qabul qilinadi.
Lekin tajribalar shuni ko‘satdiki, barcha fanlarning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda reyting ballari turlicha taqsimlanishi mumkin. Turli faoliyat turlariga turlicha ballarni taqsimlash lozim (auditoriya soatlari, nazaorat ishlari, kurs ishlari,labarotoriya ishlari, amaliy faoliyat,manbaaalarni o‘rganish, ilmiy tadqiqot ishlari va b.).
Nazoratning tezkor usullari. Texnologik yondashuv doimiy tezkor nazoratni talab etadi, shu sababli nazorat jarayonini olib borish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar test nazoratini ta’lim amaliyotiga kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Pedagog testlar reyting tizimida o‘z o‘rniga ega.
Pedagogik test bu - talabaning tayyorgarlik darajasini sifatli va samarali o‘lchovchi, murakkablashib boruvchi maxsus topshiriqlar tizimining shaklidir.
Test topshiriqlari kamida quyidagi talabalarga javob bergan holda tuzilishi lozim:
-axborot materialining mazmuniga to‘g‘ri kelishi;
-test tuzish qoidalariga rioya qilgan holda tuzilgan bo‘lishi;
-amaliyotda aprobatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi;
-talabalar uchun tushunarli bo‘lishi lozim.
Testlarni aprobatsiyadan o‘tkazilayotganda uchta kriteriy hisobga olinishi lozim:
Ishonchlilik - (bir xil sharoitlarda natijalarning qaytarilishi).
Validlik (testlarning tanlab olingan ma’lum maqsadga qaratilganligi).
Obyektivligi (sharoit va talablarning bir xil qo‘yilishi).
Xulosa qilib shuni aytish joizki, modulni nazoratlar banki nazoratning turli shakllaridan foydalangan holda tezkor o‘tkazish imkonini beruvchi va maqsadga yo‘nalgan bo‘lishi lozim.
II BOB. DASTURLASH TILI O‘QUV MODULI ISHLANMASI.