Keysda real vaziyat bayon qilingan. Keysning ob’ekti – Ob-havo harorati (Farg`ona davlat universiteti yon-atrof xududi). Keysda ishlatilgan ma’lumotlar manbai: Kundalik yozib olingan ob-havo harorati va uning tahlili, statistika, dasturiy ta’minot, texnik vositalar. Keysning tipologik xususiyatlariga ko‘ra xarakteristikasi: Mazkur keys kabinetli keys toifasiga kirib, syujetsiz hisoblanadi. Keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga hamda tahlil qilishga qaratilgan.
Bu tashkiliy - institutsional keys, tahliliy yozishma ko‘rinishida tuzilgan. Utuzilmalanmagan, qisqa hajmdagi keys - texnologiya hisoblanadi. O‘quv topshirig‘ini taqdim etish usuli bo‘yicha - keys topshiriq. Didaktik maqsadlarga ko‘ra trening keys hisoblanadi, shuningdek bu keys amaliyot mashg‘uloti davomida belgilangan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan. Ushbu keys daturlash tillari xamda elektron jadvallarda bilan shug‘ullanayotgan oliy ta’lim muassasalari professor - o‘qituvchilari va talabalari “Algoritmlash va dasturlash tillari”, “Kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta’minoti”, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarida foydalanishlari mumkin. Muammoli vaziyatni tahlil qilish va yechish bo‘yicha yo‘riqnoma Baholash mezonlari
1. Berilgan aniq vaziyatni tahlil qilish va ushbu masalani yechish uchun muhim axborotni ajratish.
2. Aniq amallar ketma-ketligini tanlash:
Haftaning eng issiq kuni aniqlash;