Tarmoqlar (Klaster) texnologiyasi. Fikrlarning tarmoqlanishi - bu pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarni biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.
Mavzu yakunlangandan so’ng tayanch iboralarga qaytiladi. Ekranda nazorat uchun savollar va topshiriqlar namoyish etiladi. Savollarga javob beriladi va B/B/B jadvali va “Venn” diagrammasi to’ldiriladi.
Grafik organayzer o‘quvchi (talaba)larda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish (sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.