Ўзбекистон республикаси


Modulli yondashuv tamoyillari



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə11/35
tarix24.05.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#59234
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Мамарузиева Хилола

Modulli yondashuv tamoyillari:

  • Modullilik

  • Mazmunni strukturalashtirish

  • Dinamik harakatni ta’minlash (soddadan-murakkabga)

  • Faoliyatlilik

  • Egiluvchanlik (gibkost)

  • Natijalarni oldindan aniqlash

  • Maslahatlarning turli-tumanligini ta’minlash.

Modul turlari:

  • Nazariy modullar (Nazariy bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan modullar).

  • Amaliy modullar (Amaliy ko‘nikmalarni va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan modullar).

  • Texnologik yoki aralash modullar (nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan modullar) .

Modulning tarkibiy qismlari.
Modul dastur kompleks didaktik maqsaddan (KDM) va bu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi modul bloklari yig‘indisidan iborat.
Modul dasturini ishlab chiqish uchun asosiy g‘oyalarni ajratib olish va blok-modullarda strukturalashtirish, so‘ngra kompleks didaktik maqsadlarni shakllantirish talab etiladi. Kompleks didaktik maqsadlar modul-bloklarining maqsadlariga, ya’ni integrativ didaktik maqsadlarga (IDM) va xususiy didaktik maqsadlarga (XDM) bo‘linadi, uni esa o‘z navbatida o‘quv elementlari tashkil etadi.
Modul dasturlarning maqsadi albatta malakali mutaxassisni yetishtirishga xizmat qiladi. Modul dasturning maqsadini tuzishda ana shu mutaxassisga qanday talabalar tizimi qo‘yilayotgan ekanini aniqlab olishdan boshlanadi. Bugungi kunda Rossiyada mutaxassisga qo‘yiladigan umumiy talabalar tizimi o‘rganilib ularni uch asosiy guruhga ajratilmoqda. Mutaxassisni kompententligini aniqlovchi kriteriylarni quyidagi kategoriyalarga bo‘lish mumkin


Instrumental kompententsiyalar:
-analiz va sintez qobiliyatiga ega bo‘lish;
-rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati;
-umumiy bazaviy bilimlarga ega ekanligi;
-mutaxassislik bo‘yicha bazaviy bilimlarni egallaganligi;
-ona tilida bemalol muloqatga kirisha olish;
-axborot texnologiyalaridan foydalana olish malakalari;
-axborot materiali bilan ishlash qobiliyati;
-muammolarni yechish qobiliyati;
-qarorlar qabul qilish qobiliyati.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin