Ўзбекистон республикаси


Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə8/35
tarix24.05.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#59234
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Мамарузиева Хилола

Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi. O‘qituvchi talabalar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin talabalar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin guruh talabalari kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan bo‘linishlari kerak. O‘qituvchi tomonidan talabalarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan muammoni yechishda o‘qituvchi talabalarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib turadi. Mavzu so‘ngida muhokama qilinadi.
Talaba kichik guruhlarda ishlaganida, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
Munozara texnologiyasi. Munozara uslubida o‘qituvchi talabalar orasidan yetakchi talabani tanlaydi. Yetakchi esa munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi. Yetakchi talaba munozara ishtirokchilariga muammo bo‘yicha «Aqliy hujum» masalasini beradi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi. Yetakchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g‘oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlaydi. Bu bosqichda yetakchi guruh qatnashchilarini har bir a’zosi o‘z fikrini bildirishi uchun sharoit yaratib beradi. Yetakchi ikkinchi bosqichga o‘tishdan oldin qisqa tanaffus e’lon qiladi. Ikkinchi bosqichda «Aqliy hujum» ishtirokchilari bildirgan fikr va g‘oyalarni guruhlashtirib, ularni tahlil qilishga o‘tiladi. Tahlil orqali qo‘yilgan vazifani eng maqbul yyechimini topishga harakat qilinadi.
Nafis arra texnologiyasi. Ushbu uslubda darsda o‘rganiladigan mavzu nomi yozuv taxtasiga yoziladi va qanday savollarga javob topilishi lozim ekanligi tushuntiriladi. Guruh talabalari 5­-6 kichik guruhlarga(boshlag‘ich guruh) bo‘linadi va har bir guruh o‘rganiladigan material bo‘yicha alohida ma’lum mavzularni oladi. Har bir guruh o‘rganiladigan mavzu bo‘yicha oldindan tayyorlangan kerakli materiallar papkasi bilan ta’minlanadi. Boshlang‘ich guruhlar 10-12 daqiqa davomida taqdim qilingan materialni o‘rganadi va muhokama qiladi. Natijada o‘qituvchi o‘ziga berilgan mavzuni yaxshi biladigan 5-6 guruh ekspertlariga ega bo‘ladi. Keyingi bosqichda har bir guruhdagi ishtirokchiga ma’lum tartib raqami beriladi va tartib raqamlari bir xil bo‘lgan talabalardan yangi (ekspertlar) guruhlari tuziladi. Mavzu muhokamasining 15-20 daqiqasi davomida yangi ekspertlar guruhini har bir a’zosi oldingi guruhga berilgan mavzu mazmunini tushuntirib beradi. Natijada umumiy mavzuni yaxlitligi bo‘yicha o‘zlashtirish ta’minlanadi. Ekspertlar guruhining har bir a’zosi olingan axborotni ma’lum bir vaziyatda qo‘llay olishini ta’minlash uchun mavzu bo‘yicha biror muammoli vaziyat guruhlarga beriladi va har bir guruh ushbu muammoni to‘g‘ri yyechimini topishi lozim. Muammo har bir ekspert guruhida muhokamadan o‘tkazilgach guruhlarning sardorlari muammo bilan guruhni tanishtiradi va uning yyechimini ko‘rsatib beradi. Mashg‘ulot so‘ngida talabalar bilimini tekshirib ko‘rish va baholash uchun o‘rganilgan material bo‘yicha ekspress test o‘tkaziladi. Nafis arra usuli yordamida talabalar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lishi, jamoa bilan ishlash malakasini olishi, axborot bilan almashish hamda jamoa bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin