Bitiruv ishi maqsadi. Dasturlash asoslari moduli bo`yichainnovatsion ta`lim texnologiyalaridan foydalangan holda dars mashg’ulotlarini tashkil etish va o’qitishda yuqori samaradorlikka erishish. Bitiruv ishi vazifalari:
oliyo‘quv yurtlarida dasturlash tillarini o‘qitish sohasidagi muammolarni metodologik tahlil qilish;
Pascal dasturlash tili bo‘yicha adabiyotlar to‘plash, tahlil qilish va ularning imkoniyatlari bilan tanishish;
dasturlash tillarini, jumladan Pascal dasturlash tili misolida asosiy tushuncha va mavzularini aniqlash va ularni o‘qitish metodikasi usullari, vositalarini o’rganish, tahlil qilsh, rivojlantirish va takomillashtirish.
Bitiruv ishi obyekti. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishida “Algoritmlash va dasturlash tillari” fanini o‘qitish jarayoni.
Bitiruv ishi predmeti.Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning usul va vositalari.
Bitiruv ishi metodlari. Muammoga oid ilmiy, uslubiy, pedagogik - psixologik adabiyotlar tahlili; pedagogik kuzatish; test sinovlari; dasturlash tillarini o‘qitishda foydalanish uchun ishlab chiqilgan to‘garak mashg‘ulotlari dasturini, dars ishlanmalarini tajribadan o‘tkazish.
Bitiruv ishi natijalarining amaliy ahamiyati.Bitiruv ishining amaliy ahamiyati quyidagi xollarda namoyon bo‘ladi:
bitiruv ishi mavzusi doirasidagi barcha masalalarda;
dasturlash tillari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilishda;
to‘garak mashg‘ulotlarida rejalashtirishda;
talabalar ilmiy-uslubiy ishlarini tashkil qilishda.