Blis - o‘yin texnologiyasi. Blis - o‘yin texnologiyasi talabalarni harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan fani asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida talabalar o‘zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o‘tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to‘liq sharoit yaratib beradi. Blis-o‘yin texnologiyasi talabalarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar ketma- ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so‘ngra o‘z fikrini boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, o‘zgalar bilan hamfikr bo‘la olishga yordam beradi.
1.2. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasidagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida"gi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorlari asosida ta’lim tizimining 2010 yilga qadar axborotlashtirishni jadallashtirishning ilmiy dasturlari va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning me’yoriy huquqiy asoslari yaratildi hamda axborotli resurslar rivojlanishi uchun iqtisodiy, tashkiliy shart-sharoitlar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, Internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi”.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bir necha turga bo‘lish mumkin:
Muammoli ta’lim texnologiyalari.