Ўзбекистон республикаси


Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə5/35
tarix24.05.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#59234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Мамарузиева Хилола

Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv ishi kirish, ikkita bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatilaridan iborat.
I BOB. “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN DASTURLASH ASOSLARI MODULINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI


1.1. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasining ustuvor yo‘nalishlari


Mamlakatda mustahkam ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash axborot jamiyatini shakllantirish jarayonini amalga oshirish, axborot texnologiyalarini samarali joriy etish va foydalanishni talab etadi.
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalari, shu jumladan jamiyat hayotiga axborot texnologiyalarini joriy etish ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, uning bir necha barobar o‘sishiga imkon yaratadi. Barcha turdagi axborot resurslari: dasturiy mahsulotlar, ma'lumotlar banki va bazasi, axborotlashtirish jarayonida ishlab chiqarilgan boshqa tovarlar axborot texnologiyalarining ajralmas qismi hisoblanadi.
Insoniyat taraqqiyot yutuqlaridan, yangi texnologiyalar va tayyor mahsulotlardan bu yangiliklar qanday dunyoga kelganini o‘ylab o‘tirmasdan foydalanishga ko‘nikkan. Bu mahsulotlardan biz foydalanishimiz uchun dasturchilar qanchalik uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganini doim ham o‘ylayvermaymiz. Axir mazkur yo‘nalishlardagi mashaqqatli izlanishlarning poydevori ilmiy tadqiqotlar hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar aynan uning asosida quriladi. Shuning uchun ham axborotlashtirish darajasi rivojlangan davlatlar, yuqori texnologiyalar sohasidagi zamonaviy ishlab chiqaruvchi gigantlar ilmiy va amaliy tadqiqotlarga katta e'tibor qaratadi. Bisotida kuchli ilmiy jamoa va laboratoriyaga egalari bu tadqiqotlarga har yili milliardlab dollar mablag‘ sarflaydi va yuzlab, minglab patentlarni qo‘lga kiritadi.
Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va milliy bozorini rivojlantirish bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, mazkur sohaning normativ-huquqiy bazasi, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy, kadrlar va boshqa jihatlarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ta'kidlash lozimki, mazkur yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-texnik salohiyatni shakllantirish muhim faktorlardan biri hisoblanadi.
Xorijning rivojlangan mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, istalgan mamlakatning asosiy boyligi - ilmiy-texnik va intellektual salohiyatdan iborat. Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida iqtisodiyotni taraqqiy toptirish yo‘lida intellektual va ilmiy-texnik salohiyatning birlashtirilishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi dasturiy mahsulotlar sanoatini rivojlantirish uchun yetarli darajada malakali ilmiy-texnik va texnologik ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Mahalliy dasturiy mahsulotlar sanoati uchun, shuni ta'kidlash lozimki, mazkur segmentning o‘ziga xosligi malakali mutaxassislarga katta talab borligi bilan farqlanadi. Davlat va xususiy tarmoqlarning ushbu vazifani yechishga katta e'tibor berayotganiga qaramay, bu muammo O‘zbekistonda alohida dolzarblik kasb etganicha qolmoqda.
Dasturiy ta'minot sohasida mutaxassislarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratilapti. Misol uchun, bir necha universitetlarda ushbu yo‘nalishda bakalavr va magistrlarni tayyorlashga qaratilgan kafedralar faoliyat olib bormoqda. Biroq, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘nalishida ilmiy-amaliy tadqiqotlar hajmi va darajasi resurslardan yetarli darajada foydalanilmayotganini ko‘rsatadi. Shu sababli dasturiy mahsulotlar bozorini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun, birinchi navbatda, ilmiy-texnik va texnologik-ishlab chiqarish sektorlari rivojlantirilishiga qaratilgan qulay sharoitlar va samarali mexanizmni yaratish, shuningdek, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy qilishni rivojlantirish yo‘nalishiga moliyaviy institutlarni jalb qilish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari, ilmiy-texnik loyihalar, dasturiy mahsulotlar yo‘nalishidagi innovatsion takliflardan samarali foydalanish va amaliyotga joriy qilishni ta'minlash, bevosita dasturiy ta'minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi maxsus tadqiqot, ilmiy-texnik markazlarni shakllantirish lozim2.
Davlatimizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya asosida mutaxassislar tayyorlashning takomillashgan tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va kadrlar tayyorlash milliy dasturini zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ilg‘or tajribalarga tayangan holda, uzluksiz ta’lim tizimini barcha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim jarayonini ta’minlovchi omil hamda ilmiy - uslubiy texnologiya sifatida amalga oshirishdir.
Pedagog o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimidan qat’iy nazar, ta’lim jarayoniga qadam qo‘yar ekan, pedagogik - psixologik bilimlar, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish-o‘rgatish uslublari yig‘indisi bo‘lgan zarur pedagogik ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishi kerak3.
Hozirgi dolzarb muammolardan biri yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamon talabi darajasida tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish, pedagog va muhandis- pedagoglarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish bo‘lib qolmoqda.
«Texnologiya» atamasi yunoncha so‘z bo‘lib, «techne» - mahorat, san’at va «logos» - tushuncha, o‘rganishni anglatadi. Demak, texnologiya - hunar, san’at ma’nosini bildiradi va jarayonlarni amalga oshirish usullari hamda vositalari haqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek obyektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar tushuniladi3
.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan ta’riflar xilma-xil bo‘lib, ular quyidagicha ta’riflanadi:

  • Pedagogik texnologiya - bu, ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta’sirini inobatga olib o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli usulidir (Yunesko).

  • Pedagogik texnologiya - bu, o‘qituvchi amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan pedagogik tizim loyihasidir (V.P.Bespalko).

  • Pedagogik texnologiya, pedagogik maqsadlarning ro‘yobga chiqishi uchun foydalaniladigan shaxsiy, uskunaviy vositalarning tizimi majmuasini va faoliyat ko‘rsatish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).

  • Pedagogik texnologiya - ta’limda rejalashtirilgan maqsadlarga erishish jarayonining tavsifidir (I.P.Volkov).

  • Pedagogik texnologiya - bu, o‘qituvchining ta’lim-tarbiya vositalari yordamida talabalarga muayyan sharoitda va ma’lum ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini jadal shakllantirish jarayonidir (N.S.Saidaxmedov).

Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirsak pedagogik texnologiya mazmuni, pedagogning kasbiy faoliyatida eng zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalangan holda o‘qitish samaradorligini oshirish, talabalarning bilim olish sifatini yaxshilash, talab etilgan bilim darajasiga erishi uchun ta’lim jarayonini oldindan loyihalashtirishdan iborat deb tushunish mumkin. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi talaba shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
O‘quv amaliyotida pedagogik texnologiya tushunchasi quyidagi uch darajaga bo‘linadi:

  1. umumpedagogik texnologiya - ta’lim tizimining aniq qismi, ta’lim muassasasi, ta’lim bosqichining ma’lum davri uchun ta’lim jarayonini tavsiflaydi;

  2. xususiy predmetli(uslubiy) daraja - bir fan, guruh, o‘qituvchi doirasida o‘qitish mazmuni va ta’lim - tarbiyani amalga oshirishga xizmat qiladigan usul va vositalar majmuasi;

  3. lokal(modulli) daraja - ta’lim-tarbiya jarayoni qismlarining texnologiyasi (faoliyat turlari texnologiyasi, dars texnologiyasi, yangi tushunchalarni hosil qilish, takrorlash, nazorat qilish texnologiyasi, tarbiya turlari texnologiyasi va hokazolar).

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlovchi pedagogga qo‘yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi. Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan talablarning majmui pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq asosiy talablar quyidagilardan iboratdir:
- Ta’lim berish mahorati;
- Tarbiyalay olish mahorati;
- O‘quv - tarbiya jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxsiyat fazilati;
- Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila bilish mahorati.
Umumlashtirilgan model doirasidagi malakaviy zamon talablari pedagog «Qiyofa»sini ifodalaydi. Malakaviy talablar pedagogning umumlashtirilgan modelida kelib chiqadigan alohida yo‘nalishlar bo‘yicha quyida tabaqalashtirilgan tayyorgarlik yo‘nalishlari berilgan.
Axborotli texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha pedagogga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

  • axborotlardan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;

  • fan, texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlarni;

  • axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolarini;

  • sun’iy intelektning axborot tizimlari va bilim berish usullarini;

  • axborotlashning texnik vositalari va telekommunikasiya vositalarini;

  • universal va muammoli-mo‘ljalli axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • o‘qitiladigan fanga ta’lluqli bo‘lgan universal va muammoli-mo‘ljalli axborot texnologiyalarni;

  • ta’limda multimediya texnologiyasini;

  • axborotni modellashtirish asoslarini;

  • o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashgan tizimini;

  • o‘quv materiallari haqida axborotli ma’lumot tizimini bilishi va qo‘llay olishi;

  • o‘qitiladigan fan bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;

  • global internet kompyuter tarmog‘idan samarali foydalanish;

  • o‘quv jarayonida amaliy dastur paketlarini qo‘llash;

  • o‘quv jarayonida elektron pochtadan unumli foydalanish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart.

Pedagogik texnologiya doirasida yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish quyidagi darajalardan iborat:

  1. Boshlang‘ich daraja - talabaning eshitganlari ularga berilgan namunalar, ko‘rsatmalar algoritm asosida topshiriqlarni bajarish ko‘nikmasini ifodalaydi.

  2. Algoritmik daraja - bilim va ko‘nikmalar mazmunini tatbiq qila olish mahorati, berilgan algoritm bo‘yicha topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish ko‘nikmasini ifodalaydi.

  3. Evristik daraja - berilgan o‘quv vazifalarini yechish uchun o‘zgarishlar kiritish asosida yangi algoritmlar tuzish, o‘quv muammosini hal etish uchun yangi axborotlarni mustaqil tarzda izlab topish malakasini aniqlaydi.

  4. Ijodiy daraja - avval o‘rganilgan algoritmlardan butunlay farq qiluvchi, sifat jihatidan yangi algoritmlar tuza olish malakasi bilan ifodalanadi.

Pedagogik texnologiyalar sohasidagi yangi izlanishlar bilan tanishish, o‘qitishning faol usullarini bilish va qo‘llay olish har bir pedagog va muhandis- pedagogning oldiga qo‘yayotgan zamon talablarining asosiylaridandir. Keyingi davrda matbuotda e’lon qilingan axborotlarni tahlil etgan holda quyidagi ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan interfaol usullar haqida tushunchalar beriladi [19].

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin