Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarga dasturlash tillari va asoslari uzoq yillardan beri o‘qitilishiga qaramay, u yoki bu dasturlash tilini, ayniqsa, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarini (Pascal, Java, C++, va h.k.) o‘qitish metodikasining usullari, vositalari o’rganish va foydalanish hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikamizda informatika, axborot texnologiyalari va dasturlash asoslarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan A.A.Abduqodirov, M.M.Aripov, U.E.Adamboyev, R.Boqiyev, F.M.Zakirova, M.H.Lutfullayev, Sh.A.Nazirov, Sh.F.Madraximov, A.Toyloqov, U.Yu.Yuldashev va boshqalarning o‘quv-uslubiy ishlarini ta’kidlab o‘tish mumkin. Tadqiqot ishlarida obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘qitish metodikasiga katta e’tibor qaratilgan. Jumladan, Sh.A.Nazirov va M.M.Musaevlarning kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan “Delphi tilida dasturlash asoslari” o‘quv qo‘llanmasi 9 bobdan iborat bo‘lib, Delphi dasturlash tilining buyruqlar tizimi, vizual komponentalar, ma’lumotlar bazasi bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarni qamrab olgan. M.Ashurov, I.Mirmaxmudov, Sh.Sapaevlarning “Zamonaviy dasturlash tillari fanidan laboratoriya ishlari” risolasi Delphi dasturlash tili asoslarini o‘zlashtirishga qaratilgan 13 ta mavzu bo‘yicha bajarish ketma-ketligi aniq va lo‘nda ko‘rsatilgan laboratoriya ishlarini o‘z ichiga olgan.
Bitiruv ishi mavzusiga aloqador bo‘lgan bir qator ishlar: B.V.Sobol, M.P.Lapchik, A.V.Mogilyov, S.V.Simonovich kabi olimlar tomonidan talabalami informatika va dasturlash fanini o‘qitish uchun zarur bo‘lgan bir qator o‘quv va uslubiy adabiyotlar yaratilgan.
R.R.Ibrayevning ilmiy ishi injenerlik mutaxassislari uchun informatika fanini obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari asosida o‘qitish masalasiga bag‘ishlangan. Unda obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari informatika fanining bir bo‘lagi sifatida qaraladi va ularni o‘qitish metodikasining usullari va vositalariga to‘xtalib o‘tilgan.
Ushbu bitiruv ishidapedagogika oliy o‘quv yurtlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda yuqorida tilga olingan ishlarni o‘rganish va takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.