*zbekiston respublikasi


 O’quv faoliyati motivlari to’g’risida mulohazalar



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/47
tarix05.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#108437
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

5.4. O’quv faoliyati motivlari to’g’risida mulohazalar 
Psixologik ma'lumotlarga ko’ra, har qanday faoliyat muayyan motivlar 
ta'sirida vujudga keladi va yetarli hart-haroitlar yaratilgandagina amalga oshadi. 
Shuning uchun ham ta'lim jarayonida o’zlashtirish, egallash va o’rganishni amalga 
oshirishni ta'minlash uchun o’quvchilarda o’quv motivlari mavjud bo’lishi hart. 
Bilish motivlari shaxsning (sub'ektning) gnoseologik maqsad sari, ya'ni bilish 
maqsadini qaror toptirishga, bilim va ko’nikmalarni egallashga yo’naltiriladi. 
Odatda bunday turdosh va jinsdosh motivlar nazariy ma'lumotlarning 
ko’rsatishicha, tashqi va ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga 
keltiradi. 
Tashqi motivlar jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy 
tazyiq, ezgu niyat, orzu-istak kabi qo’zg’atuvchilar ta'sirida vujudga keladi. 
Bularning barchasi bevosita o’quv maqsadga nisbatan tashqi omillar, sabablar 
bo’lib shisoblanadi. Mazkur holatda bilimlar va malakalar o’ta muhimroq boshqa, 
shukmron (etakchi) maqsadlarni amalga oshirishni ta'minlash vazifasini bajaradi 
(yoqimsiz holat va kechinmalar yoki noxush, noqulay vaziyatdan qochish, ijtimoiy 
yoki shaxsiy muvaffaqiyatga erishish; muvaqqat erishuv muddaosi mavjudligi va 
hokazo). Bu turdagi yoki jinsdagi tashqi motivlar ta'sirida ta'lim jarayonida bilim 
va ko’nikmalarni egallash (o’zlashtirish)da qiyinchiliklar kelib chiqadi va ular 
asosiy maqsadni amalga oshirishga to’sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab 


123 
yoshidagi o’quvchilarning asosiy maqsadi o’qish emas, balki ko’proq o’yin 
faoliyatiga moyillikdir.
Mazkur vaziyatda o’qituvchining o’qishga ularni jalb qilish niyati 
o’quvchilarning o’yin maqsadining ushalishiga shalaqit berishi mumkin, lekin 
izosh talab dalillar yetishmaydi. 
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya'ni ichki motivlar turkumiga individual 
xususiyatli motivlar kiradiki, ular o’quvchi shaxsida o’qishga nisbatan individual 
maqsadni ro’yobga chiqaruvchi qo’zg’alish negizida paydo bo’ladi. Chunonchi, 
bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma'naviy (madaniy) 
darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning yetilishidir. Bunga o’xshash 
motivlarning ta'sirida o’quv jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar (vaziyatlar) 
yuzaga kelmaydi. Albatta bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo’lishiga 
qaramay, ba'zan qiyinchiliklar vujudga kelishi eshtimol, chunki bilimlarni 
o’zlashtirish uchun irodaviy zo’r berishga to’g’ri keladi. Bunday xossalarga ega 
bo’lgan irodaviy zo’r berishlar tashqi shalaqit beruvchi qo’zg’atuvchilar 
(qo’zg’ovchilar) kuchi va imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo’ladi. 
Pedagogik psixologiya nuqtai nazardan ushbu jarayonga yondashilganda to’laqonli 
vaziyatgina optimal (oqilona) deyiladi. 
Ta'lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o’qituvchining muhim 
vazifasi shisoblanib, uning faoliyati ichki anglanilgan motivlar o’quvchilar xulq-
atvorini shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shaxsini 
shakllantirishga, ularda maqsad qo’ya olish, qiziqish uyg’otish va ideallarni tarkib 
toptirishga qaratilgan bo’ladi. 
Aniq narsalar, hodisalar va xatti-harakatlar insonning faolligi muayyan 
manbalar bilan uzviy bog’lanishga ega bo’lsa, uyg’unlashib borsa faoliyat 
motivlari darajasiga o’sib o’tadi. Psixologiyada manbalar o’z moshiyatiga ko’ra 
turkumlarga ajratib talqin qilinadi.
A) Inson eshtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki manbalar. Organizmning 
tabiiy eshtiyojlarini namoyon qiluvchi tug’ma xususiyatli va jamoada 
shakllanuvchi ijtimoiy eshtiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega 
bo’lishi mumkin.
Tug’ma eshtiyojlar orasida o’qishga nisbatan ma'no kasb etuvchi aloshida 
ahamiyatga ega bo’lgan faollikka nisbatan eshtiyoj va axborot, ma'lumot, xabarlar 
olishga eshtiyoj muhim rol o’ynaydi. 
Motivga genetik yondashilganda shu narsani aloshida ta'kidlab o’tish 
lozimki, bola tug’ilgandan e'tiboran bevosita faollik ko’rsatishga moyillik shukm 
suradi: u kuladi (noverbal muomala shakli), qimirlaydi (fazoda o’rin almashish), 
qo’l va oyoqlarini harakatlantiradi (moslashish), o’ynaydi (mushit-bola 
munosabati), gaplashadi (shaxslararo munosabatga kirishish), savollar beradi 
(dialogik muloqot va boshqalar). Bunga o’xshash xatti-harakatlarning o’zi ularni 
qoniqtiradi, voqelikni insonning axborotlarga nisbatan eshtiyojini tajribalarda 
ko’rsatish mumkin: agar tekshiriluvchini ma'lum vaqtga tashqi olamdan ajratib 
qo’yilsa, natijada uning irodasida, shissiyotida, intellektida buzilish sodir bo’lishi, 


124 
zerikishi, irodaviy akt tizimi yo’qolishi, fikr yuritish jarayoni parchalanishi, 
illyuzion, gallyusional holatlar uchrashi mumkin. 
Ijtimoiy turmush haroitida faollik va informasion taqchillik odamlarni salbiy 
shis-tuyg’u va kechinmalarga olib keladi, faoliyat tuzilishi va uning dinamikasiga 
putur yetkaziladi. Ijtimoiy turmushda shakllanuvchi eshtiyojlar orasida o’quv 
faoliyatida muhim rol o’ynovchi va uni kuchaytiruvchi ijobiy xususiyatli sosial va 
gnostik eshtiyojlar aloshida ahamiyat kasb etadi, shaxsni kamol toptirish 
jarayonida shukmron voqelikni egallaydi.
Ularning turkumiga bilimlarga nisbatan eshtiyoj, jamiyatga foyda keltirishga 
intilish, umumbahariy yutuqlarga erishishga intilish kabilar kiritiladi. B) Inson 
shayoti va faoliyatining ijtimoiy haroitlarida aniqlanuvchi tashqi manbalar. Bunday 
manbalarni talabchanlik, orzu (kutish) va imkoniyatlar tashkil qiladi. Jumladan, 
talabchanlik insonga faoliyat va xulq-atvorning muayyan turini hamda shakli 
(ko’rinishi)ni taqozo etadi. Mazkur holatni quyidagi mulohazalar yordamida 
izoshlash mumkin: ota-ona boladan ovqatni qoshiqda yeyishni, stulda to’g’ri 
o’tirishni, "rashmat" deyishni talab qilsa, maktab o’quvchidan ma'lum belgilangan 
vaqtda darsga yetib kelishni, o’qituvchilarga quloq solishni, berilgan vazifalarni 
bajarishni qat'iy belgilaydi. Jamiyat esa xulq, fe'l-atvor orqali ma'lum axloqiy 
normalar va qoidalarga rioya qilishni, shaxslararo muomalaga kirishish shakllari 
(vositalari)ni egallashni hamda aniq vazifalarni bajarishga amal qilishlarini o’z 
fuqarolariga o’rgatadi. 
Psixologiya fanining atamalari moshiyatida orzu yoki kutish jamiyatning 
shaxsga nisbatan munosabatining ifodalanish mexanizmi yotadi. Etnopsixologik 
stereotiplarda uyg’unlashgan xulq-atvor belgilari va faoliyatning shakllari o’ziga 
xoslikka ega. Odatda odamlar bir yoshli bola tik yurishi kerak, deb shisoblaydilar 
va ular bu tushfani boladan kutganligi tufayli unga aloshida munosabatda 
bo’ladilar. Psixologiyada kutish tushunchasi talabdan farqli o’laroq, faoliyat 
yuzaga kelishi uchun umumiy mushit yaratadi. 
Imkoniyatlar to’g’risida fikr yuritilganda ma'lum faoliyatning kishilar irodasi 
bilan bog’liq (iroda akti, sifati, prinsipi) ob'ektiv hart-haroitlarni o’zida aks ettiradi. 
Agarda odamlarning shaxsiy kutubxonasi boy bo’lsa, ularning o’qish imkoniyati 
yuqori darajaga ko’tariladi.
Kishilarning xulq-atvori psixologik nuqtai nazardan tashlil qilinganda, 
ko’pincha ularning ob'ektiv imkoniyatlaridan chiqib, unga yondashiniladi.
Agarda bola qo’liga tasodifan biologiya kitobi tushib qolsa, uning shu 
predmetga nisbatan qiziqishi ortishi kuzatiladi. 
V) Shaxsiy manbalar - odamlar qiziqishlari, intilishlari, ustanovkalari va 
dunyoqarashlari jamiyat bilan munosabatini aks ettirishdan iboratdir. Inson 
faolligining manbai - qadriyat orqali ifodalanib, shaxs statusi (roli)da egallana 
boriladi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin