Zbekiston respublikasi


Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar



Yüklə 10,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/219
tarix17.09.2023
ölçüsü10,93 Mb.
#144789
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   219
K. Gafurov - Mexatronika 1-qism

Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 
1.
Friktsion uzatmaga tushuncha bering. 
2.
Rostlanadigan friktsion uzatmalar nima? 
3.
Friktsion uzatmalarning afzalliklarini ayting? 
4.
Tasmali uzatmaga tushuncha bering. 
5.
Tasmali uzatmaning klassifikatsiyasini ayting 
6.
Tasmali uzatmalarni hisoblash qanday amalga oshiriladi? 
7.
Zanjirli uzatmalarga tushuncha bering. 


228 
8.
Ishlatiladigan zanjir turiga qarab ular qanaqa guruhlarga bo`linadi? 
O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar 

Asosiy tayanch so`z va iboralar. 

Asosiy tayanch tushunchalar. 

Mavzu bo`yicha asosiy formulalar, rasm va illyusrtatsiyalar. 
§3.6.MEXATRONIKADA TORMOZLARNI VA HARAKAT 
YO`NALTIRUVCHILARNI QO`LLASH 
3.6.1.
 
Tormozli qurilmalarning vazifasi va turlari 
Tormozli qurilmalar
deb mexatronik modullar harakatchan zvenolarining 
tezligini pasaytirsh, ularni to`xtatish va qo`zg`almas holatda ma`lum vaqt ichida 
saqlash (fiksatsiyalash) funksiyalarini bajaruvchi qurilmalariga aytiladi. 
Tormozlashda harakatchan massalarning tezlanish olayotgandagi kinetik 
energiyasi qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan boshqa energiyaga (potentsial va 
issiqlik energiyalariga) o`tadi. Tormozli qurilmalar tormozlash uchastkasida 
manfiy ish bajaruvchi va harakat yo`nalishiga qarshi bo`lgan qo`shimcha kuch va 
qarshilik momentini hosil qiladilar.
Tormozlashda mexatronik modul zvenolarining kinetik energiyasi qisman 
yoki to`liq o`zgartiriladi (yutiladi yoki tarqatiladi). Bunda to`xtatish nuqtasiga 
yaqinlashgan sari harakatchan massalarning tezligi asta sekin kamaytiriladi, 
ularga ta`sir qiluvchi dinamik yuklama va zarbalar kamaytiriladi, bu ishchi 
organlarning tebranishi va sakrashi yo`qolishini ta`minlaydi. 
Mexatronik modullar tormozli qurilmalariga quyidagi asosiy talab 
qo`yiladi: 
berilgan tormozlash qonunini ta`minlash; pozitsiyalash nuqtalarida 
harakatchan elementlarni fiksatsiyalash va to`xtatishni zarbasiz amalga oshirish; 
yuqori 
ishonchlilik 
va 
konsruktsiyasining 
uzoq 
muddatga 
chidashi; 


229 
konstrutsiyasining soddaligi va kompaktligi; ishlash sharoiti o`zgarganda 
xarakteristikalarining stabilligi; temperatura, namlik, tormozlash massasi, tezlikning 
o`zgarishlariga kichik sezgirligi; rostlashning mumkinligi; ishlatish va ta’mirlash 
qulayligi; narxining arzonligi; minimal gabarit va massasi. 
Unda qo`llaniladigan kuchga qarab tormozli qurilmalar 
mexanik, elektrik, 
gidravlik, pnevmatik va kombinatsiyalashganlarga
bo`linadi. 
Asosan mexanik va elektrik tormozli qurilmalar mexatronik modullarda 
kengroq ishlatiladi, shuning uchun ikkalasini batafsil ko`rib chiqamiz.
Mexanik tormozli qurilmalar 
prujinali, rezinali, inertsion 
va
friktsion
tormozli qurilmalarga bo`linadi. 
Elektrik tormozli qurilmalar 
elektrmagnitli, induktiv 
va
gisterezisli
hamda 
kukunli tormoz
uskunalariga bo`linadi.

Yüklə 10,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   219




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin