264
Ishni bajarish tartibi
1.Talabalar o`qituvchi tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida 1 ta
gidrotsilirdr uchun kerakli parametrlarni hisoblab oladi.
2.Talaba bajargan ishlari bo`yicha o`qituvchiga
yozma hisobot tayyorlab
topshiradi.
Takrorlash uchun savollar:
1.
Gidrotsilindrning vazifasi nima?
2.
Gidrotsilindrning ishchi elementini ayting.
3.
Gidravlik tsilindrdagi porshenning ishlash printsipini tushuntiring.
4.
Suyuqlik tomonidan porshen bo`lig`ida porshenga ta`sir qilganda
paydo bo`ladigan kuch
F
qanday hisoblanadi?
AMALIY MASHG`ULOT №9
Mexatronikada uzatish moslamalari hisoblash
Mashg`ulot maqsadi:
Talabalarda tishli uzatish moslamalari uchun kerakli
parametrlarni aniqlash amaliy ko`nimalarni shakllantirish.
Nazariy ma`lumotlar
Detal - mashinaning ayrim bo`laklarga ajralmaydigan qismi bo`lib,
oddiy
(bolt, gayka, val, shkiv, shponka) va murakkab (korpuslar va boshqa) detallarga
bo`lish mumkin.
Uzel - yig`ma birikmadan tashkil topgan detallar yig`indisi bo`lib,
biror
funktsional ishni bajarish xususiyatiga ega. Uzellar oddiy, masalan,
dumalash
podshipniklari, muftalar va murakkab, masalan, reduktorlarga bo`linadi.
Murakkab uzellar ichida oddiy qismlar joylashgan bo`lishi mumkin, bularni
265
uzel bo`laklari deyiladi, ya`ni:
-
mexanik uzatmalar;
-
podshipniklar;
-
vallar, o`qlar;
-
muftalar;
-
mashina detallarining qo`zg`aluvchan va qo`zg`almas birikmalari:
rezbali, parchin mixli, payvandli.
Mexanik uzatmalar:
Asosiy vazifalari: tezlikni o`zgartirish, harakat yo`nalishini o`zgartirish,
harakat turini o`zgartirish (aylanmani ilgarilanmaga va teskarisi, uzluksizni
uzlukliga), bitta dvigatel bilan bir nechta mexanizmlarni harakatga keltirish.
Uzatmalarni ilashish turiga qarab 2 ta guruhga bo`lish mumkin:
•
egiluvchan uzatish moslamalari – tasmali, trosli, zanjirli uzatmalar;
•
bevosita kontaktli uzatish moslamalari – tishli,
chervyakli, reykali,
friktsion.
Tishli uzatmalarning kinematik va geometrik parametrlari. [ГОСT 16530-
83, ГОСT 16531-83] bo`yicha tishli uzatmalar parametrlarini belgilari 9.1-rasmda
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: