Ishni bajarish tartibi 1.Talabalar o`qituvchi tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida 1 ta tishli
uzatma uchun kerakli parametrlarni hisoblab oladi.
2.Talaba bajargan ishlari bo`yicha o`qituvchiga yozma hisobot tayyorlab
topshiradi.
Takrorlash uchun savollar: 1.
Detal va uzelga ta’rif bering.
2.
Mexanik uzatmalar asosiy vazifalari nima?
3.
Tishli uzatmaning uzatishlar nisbati nimaga teng?
4.
G`altaklar o`qlari orasidagi masofa
a qanday aniqlanadi ?
268
TAJRIBA MASHG`ULOTI №2 Suzish havzalari modelida texnologik parametrlarni avtomatik boshqarish tizimini ishlab chiqish Mashg`ulotning maqsadi: Talabalarda suzish havzalaridagi suvning harorati va ifloslik darajasini aniqlashda asosiy parametrlarni boshqarish jarayonini ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmalarni shakllantirish. Tajriba mashg`uloti jarayonida talabalar quyidagilarni bilib olishadi:
•
Datchiklarni
Arduino UNO qurilmasiga ulash sxemasini
; •
Arduino UNO mikrokontrolleri bazasida dastur tuzishni.
Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar (2.1-rasm): 1
. Arduino UNO mikrokontrolleri;
2.
DS18B20 turidagi haroratni o`lchovchi datchik;
3.
Maket platasi;
4.
Maket platasi uchun o`tkazgichlar;
5.
USB standart kabeli;
6. Rele;
7.
Filtr.
Nazariy ma`lumotlar Suzish havzalaridagi suvni tozalashning avtomatlashtirilgan tizimi birdaniga
bir necha masalalarni hal qiladi (2.1-rasm). Bu kichik zarrachalarni tozalashdan
tortib, zararsizlantirish, suzuvchilardan qolishi mumkin bo’lgan chiqindilarni yo`q
qilish. Muhimi
pH ko`rsatkichini yaxshilash, bu dezinfektsiya samaradorligiga
bogliq bo`lib hisoblanadi.
pH ning 8 darajadan oshishida suvda xlor kamayganini
bildiradi,
pH 7 dan kamayganda esa suv basseynni qurilishi ishlatilgan materillarga
salbiy ta’sir ko`rsata boshlaydi. Shuning
pH ko`rsatkichini me’yorda saqlash muhim
bo`lib hisoblanadi vas hu bilan birgalikda suvning haroratini yil mavsumlariga qarab
269
o`zgartirish nazarda tutilgan. Shuning uchun sotuvda maxsus qurilmalar mavjud
bo`lib hisoblanadi.