29.
Friktsion uzatma nima?
A)
Mexanik energiyani uzatish uchun o`zi orasidagi bosim kuchidan
foydalaniladigan kinematik juftlik
B)
Mexanik energiyani uzatish uchun o`zi orasidagi sirpanish kuchidan
foydalaniladigan kinematik juftlik
C)
Mexanik energiyani uzatish uchun o`zi orasidagi ishqalanish kuchidan
foydalaniladigan kinematik juftlik
D)
Mexanik energiyani uzatish uchun o`zi orasidagi elektrik kuchdan
foydalaniladigan kinematik juftlik
30.
Tormozlashda harakatchan massalarning kinetik energiyasi qaysi
turdagi energiyaga o`tadi?
A)
Potentsial va issiqlik energiyalari
B)
Potentsial energiya
C)
Issiqlik energiyasi
D)
Elektr va potentsial energiyalari
283
IV-MODUL. MEXATRONIKADA HARAKAT MODULLARI
§4.1. MEXATRONIK MODULLAR STRUKTURASI VA
KVALIFIKATSIYASI. HARAKAT MODULLARI
4.1.1.
Harakat modullarining strukturasi va kvalifikatsiyasi (tasnifi)
Mexatronik modullar strukturasi.
Mexatronik modullarni ularni tashkil
qilgan elementlariga qarab 3 ta guruhga ajratish mumkin (4.1.1-rasm).
•
Harakat moduli (HM);
•
Mexatronik harakat moduli (MHM);
•
Intellektual mexatronik modul (IMM).
4.1.1-rasm. Mexatron modullarning strukturasi
Harakat moduli (HM)
— konstruktiv va funksional mustaqil mahsulot bo`lib, unda
boshqariladigan dvigatel va mexanik qurilma konstruktiv birlashtirilgan.
|