296
§4.2. MEXATRONIK HARAKAT MODULLARI
4.2.1.
Mexatronik harakat moduli tarkibi
Yangi elektron texnologiyalarning rivojlanishi miniatyurali (kichkina)
datchiklar va signallarni qayta ishlovchi elektron bloklarni yaratish imkonini berdi.
Harakat modullari tarkibiga ana shu kichkina datchiklarni va elektron
bloklarni kiritish bilan ularni mexatron harakat modullari (MHM)ga
aylantirish
mumkin.
Mexatron modullar “funktsional” kubiklar bo`lib, ulardan murakkab
mexatron tizimlar qurish mumkin.
Avtomatlashtirilgan texnologik operatsiyalarning
xususiyatlari ijrochi
harakatlarning hosil qilinadigan kuchlanish, aniqlik va tezliklarga o`ziga xos talablar
qo`yadi. Mexatron modullar o`lchamlarining minimal bo`lish talabi ularni
texnologik mashinalarga o`rnatish kerakligidan kelib chiqadi.
Ularga misol qilib har xil dvigatellar va harakat o`zgartiruvchilar asosida
qurilgan
qurilmalarni, reduktorsiz mexatron modullarni,
reduktorsiz aylanuvchi
stollarni aytish mumkin.
Hozir qo`lostida bor bo`lgan seriyali ishlab chiqarayotgan komponentlardan
mexatron modullarni sintez qilish texnik va iqtisodiy nosamarali yechimlarga olib
keladi. Shuning uchun o`zining xizmat vazifalariga mos keladigan maxsus
mexatron harakat modullarini loyihalash ratsional hisoblanadi.
MHM tarkibi 4.2.1-rasmda keltirilgan.