288
Kerak bo`lganda ushbu motor-reduktorlar
fotoimpulsli datchiklar, rezolverlar va
tormozlar bilan jihozlanadi (shunday qilib ular MHM sinfiga o`tadi).
Motor-reduktor o`zining afzalliklariga asosan hozirgi vaqtda eng ko`p
tarqalgan elektryuritma turiga kiradi. Butun dunyoda hozirgi vaqtda har
yili million
dona motor-reduktorlar ishlab chiqarilyapti.
Dvigatelga har xil turdagi planetar va silindrik reduktorlarni hamda magnitli
va raqamli fotoimpulsli datchiklarni blokli-modulli bog`lash tizimi 4.1.6-rasmda
ko`rsatilgan.
4.1.6-rasm. Dvigatel va reduktorlarni blokli-modulli bog`lash tizimi
Ko`p hollarda motor-reduktorning chiqish vali aylanish tezligi o`zgaruvchan
bo`lishi talab etiladi. Bu shartni bajarishning ikkita yo`li bor:
birinchisi – aylanma
tezlikni rostlaydigan mexanik variatorlardan foydalanish; ikkinchisi – dvigatel
aylanish tezligini o`zgartiruvchi elektron qurilmalardan foydalanish.
Bu ikkita usulning o`ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bor.
Ularni
konstruktiv va texnologik vazifalarni bajarishga qarab ishlatadilar.
Agar chiqish validagi aylantiruvchi momentni kuchaytirish kerak bo`lsa,
unda mexanik variatorli motor-reduktorni ishlatish maqsadga muvofiq bo`lardi.
Agar motor-reduktorning minimal gabaritlari
va massasini saqlab qolish
kerak bo`lsa, yoki tezlikni rostlash diapazonini kattalashtirish kerak bo`lsa, unda
tezlikni chastotali o`zgartirgichlardan foydalanish afzalroq.
289
Motor-reduktorlarda har xil turdagi variatorlar ishlatiladi. Masalan, planetar-
friktsion variatorlar. Unda
mahsulot
“motor-variator-reduktor”
deb ataladi.
4.1.7-rasmda motor-variator-reduktorlarning
umumiy komponovkalash
sxemasi keltirilgan. Dvigatel
1
, variator
2
va reduktor
3
bir-biri bilan flanetslar bilan
vintlar (boltlar)
4
yordamida biriktirilgan.
Dostları ilə paylaş: